O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


O‘zbekiston fosforitlarining tavsifi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə22/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

O‘zbekiston fosforitlarining tavsifi.

Markaziy Qizilqum fosforitlari hozirgi kunda respublikadagi fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi. Donador fosforitning aniqlangan umumiy zaxirasi 10 mlrd tonnani tashkil qilib, uning faqatgina 10%ini ochiq usulda qazib olish mumkin. Qizilqum havzasidagi Jer (Djeroy), Sardor (Sardara), Toshqo‘ra (Toshkura) (jadval), Qoraqat (Karatau), Jetimtog‘ (Djetimtau) konlari deyarli to‘liq o‘rganilgan. Yirik konlardan hisoblangan Jer-Sardor fosforit zaxirasi 240 mln t (47 mln t P2O5) ga teng. Ushbu konning 100 metrgacha bo‘lgan chuqurlikdagi P2O5 miqdori 100 mln tonnadan ko‘proq ekanligi aniqlangan .

Gorizontlarda joylashgan bir necha fosfatli qatlamlar ichida umumiy qalinligi 1,0-1,3 metr bo‘lgan ustki ikkitasi sanoat ahamiyatiga egadir. Ularni o‘zaro 8-12 metrli kuchsiz fosfatlashgan mergelli qatlamlari ajratib turadi. Qatlamlardagi fosforit tarkibidagi fosfat angidrid miqdori birinchi qatlamda 16-19% ni, ikkinchi qatlamda esa 21-23% ni tashkil qiladi.
6.1.-jadval


Toshqo‘ra fosforitlarining kimyoviy tarkibi

Namunalar


Komponentlar, % hisobida


P2O5


CaO

MgO

CO2


R2O3


SO3


F

H2O

e.q

Boyitilmagan
fosforit uni

17,65
18,03


44,57
42,43


1,73
1,68


15,25
15,18


2,53
2,45


4,42
3,11


2,32
2,10


1,15
1,09


7,84
7,35


Minerallashgan


fosforit

13,94
12,45


43,78
44,50


2,11
2,03


19,10
18,85


3,26
3,18


2,10
1,95


0,42
0,35


1,17
1,16


11,7
8,61


Fosforit changi


18,54
18,05


45,29
41,20


1,81
1,78


15,00
15,16


2,73
2,66


2,81
0,71


0,81
0,76


0,41
0,38


10,2
7,23


Guliob fosforiti


5,05

17,0

0,70

5,28

2,83

1,02

0,90

2,20

0,59

Fosforit rudasi (undagi 20% mergel jinslari hisobiga) tarkibidagi fosfat angidridning ulushi o‘rtacha 16% ni tashkil qiladi. Qizilqum fosfat xomashyosi o‘zining tarkibi bilan Afrika va Arabiston hududida joylashgan yirik konlardagi (Xuribka, Jembel-Onk, Gafsa, Abu-Tartur) fosforit ma’danlariga juda yaqindir. Kimyoviy va fizik-kimyoviy tahlil natijalari Qizilqum fosfat xomashyosi asosan ftorkarbonatapatit va kalsit minerallaridan tashkil topganligini ko‘rsatdi.

Petrografik ma’lumotlar Sardor koni fosforitlari donador organogenoolit qoldiqlaridan tuzilganligini ko‘rsatdi. Ruda fosfatlashgan donalar va organik qoldiqlar hisoblangan oolitli fosfatlar (70% ga yaqin), oz miqdorda loysimon qo‘shimchalari bo‘lgan sementlangan karbonatlar yig‘indisidir. Mineralogik tadqiqot natijalari donador fosforit rudalari tarkibi bir-biriga o‘xshashligini ko‘rsatdi. Jinsni 10% dan 90% gacha fosfat minerallari tashkil qiladi. Qolgan qismi kalsit, montimorillonit, gidroslyuda, poligorskit, gidrogetit, kvars, gips, glaukonit, dala shpatlari, galit minerallaridan iboratdir.


Jinslar tarkibida temir qoldiq holatda 12% gacha bo‘lib, asosan gidroksid, kamdan-kam sulfid holida uchraydi. Magniyning asosiy qismi montmorillonitda, oz miqdorda esa dalomit tarkibida bo‘ladi. Aluminiy miqdori loysimon moddalar ulushiga bog‘liq bo‘lib, ko‘pi bilan 7,2% gacha boradi.
Rudaning o‘rtacha mineralogik tarkibini (%): frankolit – 56,0, kalsit - 26,5, kvars – 7,5-8,0, gidroslyuda minerallari va dala shpatlari – 4,5, gips- 3 -5, getit – 1,0, seolit < 1,0, organik moddalar esa – 0,5 ga yaqin tashkil qiladi.
Fosfat moddasining o‘rtacha kimyoviy tarkibini (%):P2O5 – 32,10; CaO – 48,34; CO2 – 5,0; F – 3,19; MgO – 0,04; Al2O3 – 0,2; Fe2O3 – 0,18; Na2O – 0,10; K2O – 0,05; SO3 – 0,08; SiO2 – 0,05 tashkil qiladi. Uning zichligi 2,96-3,2 g/sm3, sindirish ko‘rsatkichi 1,596-1,621 ga teng. Donador fosforitdagi fosfat moddasi adabiyotlarda «kurksit» deb nomlanadigan karbonatftorapatitga to‘g‘ri keladi. Fosforitning boshqa xomashyolardan asosiy farqi ular tarkibida uch xil shaklda karbonat minerallari bo‘lishidir. Ular fosforit tarkibida «endo» – va «ekzokalsit» shaklida bo‘ladi. Endokalsit – chig‘anoqli fosfatlar ichida fosforit zarralari bilan bog‘lanishidan saqlanib qolgan dastlabki kalsit qoldig‘idir. Ekzokalsit esa kalsitning ikkinchi shakli bo‘lib, fosforitlarning sirtida sust bog‘langan. Uchinchi shaklda karbonat ionlari fosfat donalarining tuzilish halqalarida izomorfik holatda bog‘langan.
Qizilqum fosforitlari yuqori karbonatli hisoblanib, ba’zi namunalarida karbonat angidridning miqdori 27% gacha boradi. Fosforitlarda frankolit miqdori 20-25% dan 84-87% gacha, kalsit esa 5-8% dan 62-65% gacha oraliqda o‘zgaradi va ular ma’danning 75-80% dan 93-95%gachasini tashkil etadi .



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin