O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə50/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Tayanch suzlar

Dozator, parchalash koeffitsienti, fazalar diagrammasi, massa almashinish koeffitsienti, aralashtirish kurilmasi, superfosfat, eruvchan fosfor, absorbsiya, absorberlar, absorbsion minora, ammiak, neytrallash.


Nazorat savollar

Parchalash kamerasining ishlash prinsipi.


2. Fosforitning mikdorini ulchash apparatlari (dozatorlar).
3. Oddiy superfosfatni kamchiliklari nimadan iborat
4. Reaksion kameraning kurilishi
5. Parchalanish koeffitsienti nima
6. Oddiy superfosfatni tarkibi.
Adabiyotlar
  1. Gafurov Q., Shamsiddinov I.T. Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblar. Darslik. Toshkent. “Fan vatexnologiya”. 2010. 360 b.


  2. Mirzakulov X. Ch., Shamsiddinov I.T., To’raev Z. Murakkab o’g’itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblar. Oquv qo’llanma. Toshkent. “Tafakkur Bostoni”. 2013. 216 b.


  3. Ибрагимов Г. И. Эркаев А.У. Якубов Р. Я. Туробжонов С. М. Калий хлорид технологияси. Ўқув қўлланма. Тошкент. 2010. 210 б.


  4. Atkins, Peter W.; de Paula, Julio (2011). Physical Chemistry for the Life Sciences (2nd ed.). W.H. Freeman & Company. ISBN 978-1-4292-3114-5.





Ma’ruza№14. Qizilqum fosforiti asosida oddiy superfosfat ishlab chiqarish texnologiyasi
REJA:



  1. Fosforitlar asosidagi superfosfat ishlab chiqarish


  2. Superfosfat ishlab chiqarish sexida boradigan jarayonlar


  3. Donadorlangan va ammoniylangan superfosfatlar.


14.1. Fosforitlar asosidagi superfosfat ishlab chiqarish
Fosforitlardan superfosfat olish jarayoni – unda dolomit va magnezial silikatlar qo‘shimchalarining bo‘lganligi sababli o‘ziga xos xususiyatga egadir. Magniy birikmalari ishtirok etadigan fosfatlarning sulfat kislota bilan parchalanishi uchta bosqichda amalga oshadi. Birinchi bosqichda quyidagi reaksiyalar sodir bo‘ladi:

Ca5(PO4)3F + 5H2SO4 = 3H3PO4 + 5CaSO4 + HF


CaMg(CO3)2 + 2H2SO4 = MgSO4 + CaSO4 + 2CO2 + 2H2O
Mg2SiO4 + 2H2SO4 = 2MgSO4 + SiO2 + 2H2O
Buning natijasida tarkibida fosfat kislota va magniy sulfat bo‘lgan eritma hosil bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda fosfatni fosfat kislota bilan parchalanadi, ammo eritmada magniy sulfat bo‘lganligi uchun monokalsiyfosfat o‘rniga monomagniyfosfat hosil bo‘ladi:

Ca5(PO4)3F + 7H3PO4 + 5MgSO4 = 5Mg(H2PO4)2 + 5CaSO4 + HF

Ikkinchi bosqich MgSO4 ning Mg(H2PO4)2 ga to‘la aylanishi bilan yakunlanadi. Uchinchi bosqichda esa qolgan fosfatli xomashyo tarkibida monomagniyfosfat tutgan fosfat kislota bilan parchalanadi va

monokalsiyfosfatga aylanadi:


Ca5(PO4)3F + 7H3PO4 = 5Ca(H2PO4)2 + HF
Ikkinchi bosqich oxirida fosfatli kompleks MgO, P2O5 va H2O dan iborat bo‘ladi. MgO – P2O5 - H2O sistemadagi eruvchanlik diagrammasidan (3.9-rasm) ko‘rinadiki, monomagniyfosfatning eruvchanligi CaO–P2O5–H2O sistemadagi monokalsiyfosfatning eruvchanligidan nisbatan katta bo‘ladi. Mono- va dimagniyfosfatlar to‘yingan suvli eritmalarga nisbati bo‘yicha inkongruent bo‘lishiga qaramay, ya’ni qattiq fazaga kislotaliligi kam bo‘lgan fosfatlar holatida o‘tish bilan parchalanadi; magniy fosfatning parchalanish darajasi kalsiy fosfatning parchalanish darajasidan (tuz va suvning nisbati bir xil bo‘lganda) nisbatan kichik o‘ladi. 25-800C harorat va Mg(H2PO4)2:H2O < 0,287 nisbatda monomagniyfosfat parchalanmasdan eriydi; bu nisbat katta bo‘lganda monomagniyfosfat parchalanadi va dimagniyfosfat qattiq fazaga o‘tadi; monokalsiyfosfatning parchalanishi esa Ca(H2PO4)2:H2O > 0,01 dan sodir bo‘la boshlaydi. Xuddi kalsiy tuzlaridagi kabi P2O5 konsentratsiyasi ortishi bilan dimagniyfosfat eruvchanligi ortadi, monomagniyfosfatning eruvchanligi esa kamayadi (-rasm), ammo monokalsiyfosfatdan farqli o‘laroq monomagniyfosfatning suv ta’sirida parchalanish darajasi haroratga deyarli bog‘liq emas.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin