O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Donadorlangan va ammoniylangan superfosfatlar



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə53/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Donadorlangan va ammoniylangan superfosfatlar.

Hozirgi vaqtda donadorlangan shakldagi superfosfat ham ishlab chiqarilmoqda. Quritilgan donador superfosfat yopishqoq emasligi, qotib qolmasligi, tarkibidagi P2O5 ning ko‘pligi, namlikning ozligi va boshqa xossalari bo‘yicha kukunsimon superfosfatdan farqlanadi. Uni xattoki urug‘ bilan birgalikda ekish mumkin, buning natijasida o‘g‘it tuproqda bir tekisda taqsimlanadi va samaradorligi yaxshilanadi. Donachalarning tuproq eritmasida sekin erishi tufayli, undagi suvda eruvchan P2O5 ning juda oz miqdorigina tuproqdagi temir va aluminiy oksidlari bilan ta’sirlashib, qiyin eriydigan birikmalarga aylanadi. Natijada o‘g‘itdan samarali foydalanish imkoniyati yaratiladi, ya’ni o‘g‘itning foydali ta’sir koeffitsienti (FTK) ortadi.

Donadorlangan superfosfat ishlab chiqarish sxemasi 3.13-rasmda tasvirlangan. Superfosfat va neytrallovchi qo‘shimcha ostiga me’yorlashtirgich o‘rnatilgan bunkerlar 1 va 2 dan lentali ta’minlagich 3 orqali o‘qli tegirmon 4 ga tushadi, u yerda maylalanadi va aralashtiriladi.
So‘ngra aralashma elevator 5 ga tushadi, u yerga, shuningdek, donadorlangan superfosfatni elashdan qaytarilgan mayda fraksiya – retur muntazam ravishda kelib tushadi. Elevatorda uzatilgan aralashma transportyor 6 orqali donadorlagig‘ 7 ga kelib tushadi. Bu aylanuvchi barabanda namlangan kukunsimon material donadorlanadi. Materialni 16% gacha namlash uchun kerak bo‘ladigan suv sachratgich forsunka orqali donadorlagich ichiga purkab turiladi. Superfosfat diametri 1,4 m, uzunligi 7,5 m va 0,125 s-1 (7,5 ayl/min) chastotada aylanuvchi barabandan 7 minut vaqt mobaynida o‘tadi. Hosil bo‘lgan nam donador mahsulot diametri 2,2 m, uzunligi 14 m va 0,125 s-1 (7,5 ayl/min) chastotada aylanuvchi quritish barabani 8 ga tushadi, u yerda 3-5% namlikkacha quritiladi. Suvda yaxshi eriydigan monokalsiyfosfatning yomon eriydigan kalsiy di- va metafosfatlarga aylanishini oldini olish maqsadida quritish jarayonida maqsulotning haroratini 95OC dan oshirmaslik kerak. Shuning uchun superfosfat va qizdiruvchi gaz bir xil yo‘nalishda beriladi, ya’ni qaynoq gaz oqimi ko‘proq nam mahsulot bilan to‘qnashadi, natijada maqsulotning qizib ketish xavfi kamaytiriladi.
Quritishda ftor birikmalari (2HF + SiF4 ning taxminan ekvivalent aralashmasi tarzida) uchib chiqadi. Superfosfat quritilishdan oldin qanchalik chuqur neytrallangan bo‘lsa, ftorli birikmalarning ajralishi ham shunchalik kamayadi, chunki superfosfat suyuq fazasidagi erkin fosfat kislotasining kamayishi natijasida SiF4 ning parsial bosimi ham kamayadi. Odatda superfosfatda qolgan ftorning 10-17% i quritishda ajraladi; ftorning ajralish darajasi haroratning ko‘tarilishi va quritish davomiyligining uzayishi bilan ortadi. Donadorlangan sperfosfatdagi ftorning ulushi boshlang‘ich superfosfatdagiga qaraganda 0,1-0,15% ga kamayadi. Quritgichdan chiqadigan gazlar siklonli changtutgich orqali o‘tib, absorberlarda tozalanadi va atmosferaga chiqariladi.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin