O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə54/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

14.5-rasm. Donadorlangan superfosfat ishlab chiqarish sxemasi:
1-superfosfat uchun bunker; 2-neytrallovchi qo‘shimcha uchun bunker; 3-lentali ta’minlagich; 4-valli tegirmon; 5,10-elevatorlar; 6-donadorlagichga uzatish transportyori; 7-donadorlagich; 8-quritish barabani; 9-retur transportyori; 11-elak; 12-tayyor mahsulot transportyori; 13-tegirmon; 14,17-transportyorlar; 15-tayyor mahsulot uchun bunkerlar; 16-tikuv mashiNaCl
Absorberda hosil bo‘ladigan eritma superfosfat changi bilan ifloslangan bo‘ladi. Uni tozalash qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun eritma zararsizlantirishga (bo‘r bilan neytrallashga) yuboriladi yoki uni granulyatorda superfosfatni namlashga qaytariladi.

Quritilgan mahsulot elevator 10 orqali elak 11 ga kelib tushadi, u yerda fraksiyalarga ajratiladi. 4 mm dan yirik bo‘laklar tegirmon 13 ga va maydalangandan so‘ng, transportyor 14 da yana elakka qaytariladi. 2- 4 mm o‘lchamli fraksiya transportyor 12 yordamida tayyor mahsulot bunkerlari 15 ga, mayda fraksiya esa (umumiy miqdorning 20-30% i) retur transportyori 9 yordamida superfosfatning donadorlashdan oldingi massasiga qo‘shish uchun yuboriladi. Donadorlangan superfosfat tayyor mahsulot bunkerlaridan vagonlarga to‘kish orqali yuklanadi yoki qoplarga joylanib, trasportyorlar yordamida va tikuv mashiNaCl 16 da qoplarning og‘zi mahkamlanadi. Qoplangan superfosfat transportyor 17 orqali vagonlarga yuklanadi.


1 tonna donadorlangan superfosfat ishlab chiqarish uchun 1,015-1,025 t oddiy superfosfat sarflanadi.
Fosforitlardan donadorlangan superfosfat olish uning ammoniylashtirish jarayoni bilan birgalikda amalga oshiriladi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonidan superfosfatni namlash va quritish Bosqichlarini chiqarib tashlaydi, shuningdek neytrallash uchun ishlatiladigan ohak sarfini qisqartiradi.
Fosforitlardan olingan superfosfatni ammiak bilan pH = 4 4,5 gacha neytrallash o‘zlashadigan P2O5 ni kamaytirmaydi. Suvda eriydigan P2O5miqdori esa 12-18% ga kamayadi va o‘zlashadigan P2O5 ning 73-82% ini tashkil etadi. Ammoniylashtirishda ajraladigan issiqlik hisobiga mahsulot namligi 4-5% ga kamayadi. Fosforitlardan olingan superfosfatni ammiakli selitra yoki karbamidning ammiakatlari bilan ammoniylashtirish orqali, tarkibida 20-21% ozuqa elementlari, shu jumladan 5-6% azot tutgan yaxshi fizik va agrokimyoviy xossali donadorlangan murakkab o‘g‘itlar olish mumkin.
Etiltirilgan superfosfatni gaz holatdagi ammiak bilan ammoniylashtirish, aylanuvchi gorizontal barabanlar – ammoniylagich- donadorlagichlarda amalga oshiriladi. So‘ngra mahsulot omborga kelib tushadi, u yerda ammoniylangan donador superfosfat 3-4 sutka mobaynida aralashtirib turgan holda 28-320C gacha sovutiladi. Sovutilgan mahsulot qoplanadi. Ammiakdan foydalanish darajasi 93-96% ni tashkil qiladi. Tarkibida 5-8 g/m3 NH3 bo‘lgan ammoniylashtirgichdan chiquvchi gaz suvli absorberga yuboriladi. Hosil bo‘lgan ammiakli suv (2-2,5% NH3) superfosfat ishlab chikarishda ishlatiladigan sulfat kislotani suyultirishda foydalaniladi.
1 t ammoniylangan donador superfosfat olish uchun 1,02 t nordon superfosfat va 190 kg ammiak sarflanadi. Tayyor mahsulot tarkibida (% hisobida): P2O5umum. = 16-16,8; P2O5 o‘zl. = 15-15,5; P2O5 s.e. = 11,5-12; N = 1,5-2,5; P2O5 erkin < 0,5 va 3% namlik bo‘ladi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin