15.1-rasm. Qisman neytrallangan EFK da apatitni eruvchanlik izoxronalari (z-neytrallanish darajasi).
Kamerasiz usullarda fosforitlar 50-100°S xaroratdagi 28-40% P2O5, tutgan fosfat kislota ilan qayta ishlanadi, bu ko‘p darajada jarayonning birichi bosqichi uchun optimal sharoitga muvofiq keladi. Ammo fosfat kislotaning bunday kichik boshlang‘ich konsentratsiyasi parchalanishning ikkinchi bosqichi uchun noqulay bo‘lib, u Ca(H2PO4)2*H2O + CaHPO4bilan yoki CaHPO4 bilan muvozanatdagi eritmalarda amalda sodir bo‘lmaydi. Jarayon reaksion massaniig quritilishida yakunlanadi. Undan suvning yo‘qotilishi sistemaning monokalsiyfosfat ilan muvozanatdagi doirasiga o‘tish va apatitning keyingi parchalanishini ta’minlash imkonini beradi. Quritish jarayonida reaksion massadagi monokalsiyfosfat kristallanadi va suyuq fazaning neytrallanish darajasi kamayadi, uning aktivligi esa ortadi. SHuning uchun birinchi bosqichda parchalanish darajasi kichik bo‘lsada, jarayon oxirida xom ashyoning yuqori parchalanish darajasiga erishiladi.