16. 1. Qoratog‘ fosforiti asosidagi qo‘shaloq superfosfat
Tarkibida magniy birikmalari (dolomit) tutgan boyitilmagan (24-25% P2O5) Qoratog‘ fosforitlaridan ekstraksiyalash jarayonida 20-22% P2O5, li fosfat kislota olinadi. Bunday kislotaning aktivligi kam bo‘lganligi uchun unda tabiiy fosfatlarni parchalanish darajasi qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarishdagi texnologik talablar darajasini bermaydi. Bundan tashqari, xosil bo‘ladigan superfosfat suspenziyasi tarkibida suvning solishtirma xajmi ko‘p bo‘lganligi sababli uni bug‘latishga ko‘p energiya talab etiladi, bu esa uziga xos texnologik muammolarni keltirib chiqaradi.
Ma’lumki, qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarishning kamerali usulida 52-54% P2O5 konsentratsiyali, oqimli usulida esa 28-36% P2O5, li ekstraksion fosfat kislota ishlatiladi. Odatdagi usullarda Qoratog‘ fosforitidan olingan ekstraksion fosfat kislotani to‘g‘ridan-to‘g‘ri konsentrlash jarayonida qovushqoqligi keskin ortadi, uning 37-38% P2O5, gacha bug‘latilishidan olingan maxsulot kislotasi uzining salbiy fizik-kimyoviy xossaga ega ekanligini namoyon etadi, ya’ni kislota qovushqoqligi katta bo‘lib, 30-40°C dan past xaroratgacha sovutilishi natijasida u quyilib boradi va oquvchanligini yo‘qotadi. Bu esa undan qo‘shaloq superfosfat turidagi o‘g‘it olish imkoniyatlarini yo‘qotadi.
SHunday bo‘lsada, fosforitlar apatit konsentratiga nisbatan tez va to‘la parchalanadi, chunki ularning strukturasi zich emas va karbonatlarning parchalanishi natijasida xosil bo‘ladigan CO2 xisobiga parchalanmagan fosfatlar sirtidagi quyqali qobiqning buzilishi ta’minlanadi. Xozirgi paytda dolomitli Qoratog‘, Qizilqum va Kingisep fosforitlarini apatitdan olingan ekstraksion fosfat kislotada kamerali (45-50% P2O5 li kislotada) va oqimli (28-36% P2O5 li kislotada) usullar bilan parchalanish jarayonlari urganilib, qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarish usullari xam ishlab chiqilgan.
Dostları ilə paylaş: |