O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə10/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

3.2-jadval
Tuproqdan hosildorlik bilan chiqib ketadigan ta’sir etuvchi moddalar (kg/ga hisobida)

Ozuqa elementlari




Hosildorlik


Qishki bug‘doy 30 s/ga


Shakar lavlagi 270 s/ga


Jo‘xori ko‘k poyasi


600 s/ga

N

112

166

150

P2O5


39

42

70

K2O

77

157

200



3.3-jadval
Tuproqqa azot, fosfor va kaliy solish hisobiga hosildorlikning oshirilishi

O‘simlik va mahsulot turi


Ishlatilgan 1 tonna o‘g‘it hisobiga (N, P2O5, K2O)


hosildorlikning o‘sishi, tonna

N

P2O5

K2O


Paxta

10-14

5-6

2

Shakar lavlagi


120-160

50-55

40-50

Bug‘doy

12-15

7-8

3-4



1.3-jadval
O‘g‘it qo‘llash hisobiga hosildorlikning o‘zgarishi (s/ga hisobida)

Mahsulot turi


O‘g‘itsiz


O‘g‘it bilan


Paxta

8-9

27-30

Bug‘doy

7-8

20-40

Shakarqamish


100-120

200-500

Hosildorlikni oshirishdagi omillarni baholashda: AQSH da 50% gacha, Fransiyada 50-70% gacha qo‘shimcha hosil olish o‘g‘itlar hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, hosildorlikning oshirishdagi o‘g‘itlarning ulushi MDH mamlakatlarining qoratuproqli mintaqalarida 40-50% ga, noqoratuproqli mintaqalarida 60-75% ga Markaziy Osiyoda, xususan, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi unumdor tuproqlarda 50-60% ga to‘g‘ri keladi.



O‘g‘itlar klassifikatsiyasi. O‘g‘itlar kelib chiqishiga ko‘ra, noorga- nik – mineral, organik, organo-mineral va bakterial turlariga klassifikatsi- yalanadi. Ular qattiq, suyuq va suspenziyali holatda bo‘lishi mumkin.


    1. Mineral o‘g‘itlar (yoki sun’iy o‘g‘itlar).

Ular sanoat – ishlab chiqarish yo‘li bilan noorganik xomashyolarni kimyoviy yoki mexanik qayta ishlash (masalan, agrokimyoviy rudalar – fosforitlar, kaliyli tuzlar, dolomitlar va hokazolarni maydalash) orqali tayyorlanadigan noorganik mahsulotlardan hosil qilinadi. Xomashyo sifatida xizmat qiladigan havo azotidan yoki tarkibida o‘simliklar uchun ozuqa bo‘ladigan moddalar tutgan ayrim kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarining oraliq mahsulotlaridan olingan moddalar ham mineral o‘g‘itlar qatoriga kiradi. Masalan, ammoniy sulfat – kokslash pechi gazlari yoki kaprolaktam ishlab chiqarishning oraliq mahsulotlaridan olinadi. Fosfor tutgan rudalardan metallarni suyuqlantirib olinishida fosforli o‘g‘itlar sifatida qo‘llaniladigan tomasshlak yoki martenli asosiy dashqollar olinadi. Xomashyoni kimyoviy qayta ishlash natijasida olinadigan mineral o‘g‘itlar ta’sir etuvchi moddalarning yuqori konsentratsiyaliligi bilan ajralib turadi.

Ta’sir etuvchi modda bo‘yicha mineral o‘g‘itlar: azotli, fosforli, kaliyli va mikroelementli (borli, molibdenli va b.) turlarga bo‘linadi.



    1. Organik o‘g‘itlar.

Ulardagi elementlar o‘simlik va hayvonlardan olinadigan chiqindi moddalar tarkibida bo‘ladi. Bunday o‘g‘itlarga birinchi navbatda go‘ng, shuningdek o‘simlik va hayvonlardan kelib chiqadigan chiqindilar (torf, kunjara, baliq va parranda chiqindisi, suyak uni, aholi chiqindisi va turli oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilari) ni qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulotlar ham kiradi, bunga yashil o‘g‘itlarni ham kiritish mumkin.

Organo-mineral o‘g‘itlar tarkibida organik va mineral moddalar bo‘ladi, bunday o‘g‘itlar torf, ko‘mir va boshqalar kabi organik moddalarni ammiak yoki fosfat kislota bilan qayta ishlash orqali olinadi. Ularni shuningdek go‘ng yoki torfni fosforli o‘g‘itlar bilan aralashtirish yo‘li bilan ham olinadi.
Bakterial o‘g‘itlar – tuproqdagi va o‘g‘itlardagi havo azoti yoki minerallashgan organik moddalar bilan oziqlanuvchi mikroorganizmlar tutgan preparatlar kiradi. Bunday o‘g‘itlar qatoriga azotobakterin, tuproq nitragini kiradi.
Mineral o‘g‘itlar agrokimyoviy ta’siri bo‘yicha to‘g‘ri-to‘g‘ri ishlatiladigan, bilvosita foydalaniladigan va o‘simliklar o‘sishini boshqaruvchi preparatlar turlariga bo‘linadi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri ishlatiladigan o‘g‘itlar o‘simliklarning bevosita oziqlanishiga mo‘ljallangan. Ular tarkibida o‘simliklar hayoti uchun muhim bo‘lgan elementlar: azot, fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, temir, shuning-
dek, mikroelementlar (bor, molibden, mis, rux, kobalt) tutadi. To‘g‘ridan to‘g‘ri ishlatiladigan o‘g‘itlar, o‘z navbatida, oddiy (bir yoqlama) va kompleks (ko‘p yoqlama) o‘g‘itlarga bo‘linadi.
Oddiy o‘g‘itlar tarkibida o‘simliklarni oziqlantiruvchi elementlar: azot, fosfor, kaliy, magniy, bor va boshqalardan bittasi bo‘ladi. Ular ham o‘z navbatida azotli, fosforli, kaliyli, mikroelementli o‘g‘itlar turlariga bo‘linadi.
Azotli o‘g‘itlar suvda yaxshi eriydi, ular azot birikmalarining ammiakli, ammoniyli, amidli va bu shaklning turli hosilalari (ammiak- nitratli, ammiak-amidli va h.o.) shakllari bilan farqlanadi. Bundan tashqari, yuvilmaydigan va suvda qiyin eriydigan azotli o‘g‘itlar, masalan karbamid-formaldegidli, izobutilendikarbamid, oksamid va boshqalar ham ishlatiladi.




    1. Yüklə 1,26 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin