O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Mavzu№29: Ammofosfat ishlab chiqarish nazariyasi va texnologiyasi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə110/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Mavzu№29: Ammofosfat ishlab chiqarish nazariyasi va texnologiyasi


REJA:



  1. Tabiiy fosfatlar tarkibidagi minerallarning fosfat kislotasi bilan parchalanishi


  2. Ammofosfat ishlab chiqarish texnologiyasi umumiy bosqichlari


29.1.Tabiiy fosfatlar tarkibidagi minerallarning fosfat kislotasi bilan parchalanishi
Ammofosfat texnologik nuqtai nazardan ammofos va qo‘shaloq superfosfat orasidagi holatni egallaydi va teng ma’noda ikkala mahsulot texnologiyasini ifodalashda ko‘rib chiqilishi mumkin. Xuddi qo‘shaloq superfosfat olishdagi kabi ammofosfat olishda ham fosfat kislotaning kimyoviy energiyasidan qo‘shimcha miqdordagi fosfatli xomashyoni parchalashga sarflanadi va kalsiy fosfatlari hosil qilinadi. Xuddi ammofos olishdagi kabi ta’sirlashmagan erkin fosfat kislota ammiak bilan neytrallanadi va ammoniy fosfatlari hosil qilinadi.

Tabiiy fosfatlar tarkibidagi minerallarning fosfat kislotasi bilan parchalanishi quyidagi asosiy reaksiyalar bo‘yicha sodir bo‘ladi:



Ma’lum xomashyo uchun fosfat kislotaning stexiometrik me’yori – ko‘rsatilgan reaksiyalarni va boshlang‘ich ekstraksion fosfat kislota eritmasidagi neytrallovchi (CaO, MgO, R2O3) va kislotali (H2SO4) qo‘shimchalarning bo‘lishini e’tiborga olgan holda belgilanadi.
Tabiiy fosfatni fosfat kislotali parchalashdan olinadigan bo‘tqa tarkibidagi erkin fosfat kislotani gaz holatidagi ammiak bilan neytrallash jarayonida dastlab monoammoniyfosfat hosil bo‘ladi:
H3PO4 + NH3 = NH4H2PO4
Neytrallash issiqligining ajralishi hisobiga massaning harorati 80- 90OC gacha ko‘tariladi va buning hisobiga ammofosfat bo‘tqasi birmuncha quriydi. Bunda suvda eriydigan P2O5 miqdori kamaymaydi.
Nisbatan kuchliroq ammoniylashtirish natijasida monokalsiyfosfat dikalsiyfosfatga aylanadi:
Ca(H2PO4)2∙H2O + NH3 + H2O = CaHPO4∙2H2O + NH4H2PO4
Ca(H2PO4)2∙H2O + CaSO4 + 2NH3 + 3H2O = 2CaHPO4∙2H2O + (NH4)2SO4
Bunday chuqur ammoniylashtirish natijasida ammofosfatdagi suvda eriydigan P2O5 miqdori anchagina kamayadi, ammo o‘zlashadigan P2O5 miqdori sezilarli o‘zgarmaydi. Ammoniylashtirishni yanada davom ettirish P2O5 retrogradatsiyasiga olib keladi – dikalsiyfosfat o‘simliklarga qiyin o‘zlashadigan trikalsiyfosfat shakliga aylanadi:
3CaHPO4∙2H2O + 2NH3 = Ca3(PO4)2 + (NH4)2HPO4 + 6H2O
NH4H2PO4 + NH3 = (NH4)2HPO4
(NH4)2HPO4 + 3CaHPO4∙2H2O = Ca3(PO4)2 + 2NH4H2PO4 + 6H2O 2CaHPO4∙2H2O + CaSO4 + 2NH3 = Ca3(PO4)2 + (NH4)2SO4 + 4H2O
Ammofosfat texnologiyasining qo‘shaloq superfosfat texnologiyasidan farqi shundaki, bunda ishlatiladigan ikkilamchi fosfat oz miqdorda bo‘ladi, ya’ni qo‘shaloq superfosfat ishlab chiqarishdagi ikkilamchi fosfat bilan kiradigan umumiy miqdorining 25% o‘rniga ammofosfat ishlab chiqarishda 10-15% P2O5 ishlatiladi. Ammofosfat ishlab chiqarishda kislota me’yorining haddan yuqori bo‘lishi, hattoki quyi navlardagi fosfatli xomashyolardan olingan EFK ishlatilganda ham ikkilamchi fosfat parchalanish darajasining yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Superfosfatlar samaradorligi bilan solishtirilganda ammofosfat agrokimyoviy samaradorligining yetarli darajada yuqori bo‘lishi, ayniqsa quyi navli fosfatli xomashyolar ishlatilishi ammofosfat ishlab chiqarish sanoatini tashkil etish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi. Bu mahsulot mavjud ammofos ishlab chiqarish qurilmalarini qisman o‘zgartirish hisobiga olinishi mumkin.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin