30.2. Polifosfat kislotalar asosida ammoniy polifosfatlari ishlab chiqarish uskunasi.
Xomashyo sifatida ekstraksion va termik polifosfat kislotalar ishlatiladi (30.1-rasm).
Ammoniylashtirish jarayonida ajraladigan ammiakni tutib qolish uchun kislota dastlab skrubberga beriladi. Kislotani ammoniylashtirish ikki bosqichda birin-ketin joylashgan (5) va (7) reaktorlarda o‘tkaziladi. Haroratni belgilangan darajada ushlab turish uchun reaktor (7) ichki sovutgichda aylanadigan suv bilan sovutiladi. Ammoniylashgan suyuqlanma ikki valli kurakchali donadorlagich (9) ga kelib tushadi, u yerga shuningdek, retur ham kiritiladi. Donador tayyor mahsulot sovutgich (10) da sovutiladi, elanadi va belgilangan o‘lchamdagi mahsulot ajratiladi.
30.1-rasm. Polifosfat kislotalari asosida ammoniy polifosfatlari olish sxemasi:
1-polifosfat kislota ombori; 2-nasos; 3-bak; 4-skrubber; 5,7-reaktorlar; 6-ta’minlagich nasos; 8-bunker; 9-donadorlagich; 10-barabanli sovutgich; 11-tegirmon; 12-elakю
30.1-jadval
Ammoniy polifosfatlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
|
Ko‘rsatkich
miqdorlari
|
Kislota konsentratsiyasi, % P2O5
|
70
|
Harorat, OC:
1-reaktorda
2-reaktorda
suyuqlanma donadorlashga kirishda
shixta donadorlashdan chiqishda
mahsulot sovutilgandan so‘ng
|
100-115
180-200
180-200
55-60
30-35
|
Suyuqlanma pH qiymati:
1-reaktorda
2-reaktorda
|
0,8-1,1
7,0-7,5
|
Retur soni
|
1:7
|
30.1-jadvalda ishlab chiqarishning maqbul texnologik parametrlari keltirilgan.
Tayyor mahsulot tarkibida: 60-61% P2O5umum., 24-29% P2O5orto-, 13- 14% N bo‘ladi. P2O5o‘zl. retrogradatsiyasi 1,5%, P2O5s.e. bo‘yicha esa 2% dan oshmaydi.
Dostları ilə paylaş: |