O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə115/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Tayanch so‘zlar:
Reaktor, jihoz afzalligi, issiqlik yo‘qotilishi, kamera, ekstraksion fosfat kislota, ammoniylashtirilish, absolyut, kondensirlangan, ammoniy polifosfat, mustahkam, gigroskopik, donachalar, texnologik ko‘rsatkich, donador.
Nazorat savollari va topshiriqlar
  1. Degidratlangan ammoniy fosfatlari haqida ma’lumot bering


  2. Polifosfat kislotalari asosida ammoniy polifosfatlari olish sxemasini tushuntiring


  3. Ortofosfat kislota asosida ammoniy polifosfatlari ishlab chiqarish jarayonini tushuntiring


  4. Ortofosfat kislota asosida ammoniy polifosfatlari olish sxemasini bayon eting


  5. Tezkor oqimli reaktor Jarayonning texnologik ko‘rsatkichlari ko’rsating





Maruza №32. Murakkab o'g'itlarning turlari va ahamiyati


REJA:



  1. Murakkab o‘g‘itlar haqida tushuncha


  2. Nitroammofosfat va karboammofosfotlar


  3. Karbonat usuli




    1. Murakkab o‘g‘itlar haqida tushuncha

Murakkab o‘g‘itlarga shunday kompleks (ya’ni bir necha ozuqa elementi bo‘lgan) o‘g‘itlar kiradiki, bunda barcha zarrachalar (kristallar va donachalar) deyarli bir xil kimyoviy tarkibga ega bo‘lishi kerak. Bunday o‘g‘itlarga: tarkibida bir necha ozuqa elementi bo‘lgan bitta tuz, masalan KNO3, (NH4)2HPO4 va boshqalar; tarkibiga ikkita (N+P, N+K, P+K) yoki uchta (N+P+K) ozuqa elementi kiruvchi ikki yoki undan ortik tuzlar kompozitsiyasi kiradi. Bunday kompozitsiyalar nitrat, fosfat va sulfat kislotalarning ammiak, tabiiy fosfatlar; kaliy, ammoniy va boshqalarning tuzlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan olinadi.

O‘g‘itdagi ta’sir etuvchi moddalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ular shunchalik axamiyatli bo‘ladi. Turli ekinlar, tuproqlar, iqlim va boshqa sharoitlar uchun azot, fosfor va kaliyning mikdori va nisbati xar xil bo‘lgan murakab o‘g‘itlar talab etiladi. Ular N:P2O:K2O massalari nisbati bilan tavsiflanadi, masalan 1:1,5:0,5. Bunda ta’sir etuvchi moddalarning umumiy mikdori tarzida xam ifodalanishi mumkin, masalan N+P2O5+K2O = 36%; ayrim xollarda P2O:K2O ning massa bo‘yicha protsent nisbati, masalan 12:18:6 yoki 12-18-6 shaklida ifodalanishi mumkin, bu sonlarning umumiy yig‘indisi o‘g‘itdagi ta’sir etuvchi moddalarning umumiy mikdorini ko‘rsatadi.
Uch komponentli 1:1:1; 1:1,5:1; 1:1:0,5; 1:1:1,5; 1:0,67:0,67 va ikki komponentli 1:4;0; 1:1:0; 0:1:1; 0:1;1,5 markali o‘g‘itlar eng ko‘p ishlatiladi.




    1. Yüklə 1,26 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin