Tayanch so‘zlar:
Reaktor, jihoz afzalligi, issiqlik yo‘qotilishi, kamera, ekstraksion fosfat kislota, ammoniylashtirilish, absolyut, kondensirlangan, ammoniy polifosfat, mustahkam, gigroskopik, donachalar, texnologik ko‘rsatkich, donador.
Nazorat savollari va topshiriqlar
Degidratlangan ammoniy fosfatlari haqida ma’lumot bering
Polifosfat kislotalari asosida ammoniy polifosfatlari olish sxemasini tushuntiring
Ortofosfat kislota asosida ammoniy polifosfatlari ishlab chiqarish jarayonini tushuntiring
Ortofosfat kislota asosida ammoniy polifosfatlari olish sxemasini bayon eting
Tezkor oqimli reaktor Jarayonning texnologik ko‘rsatkichlari ko’rsating
Maruza №32. Murakkab o'g'itlarning turlari va ahamiyati
REJA:
Murakkab o‘g‘itlar haqida tushuncha
Nitroammofosfat va karboammofosfotlar
Karbonat usuli
Murakkab o‘g‘itlar haqida tushuncha
Murakkab o‘g‘itlarga shunday kompleks (ya’ni bir necha ozuqa elementi bo‘lgan) o‘g‘itlar kiradiki, bunda barcha zarrachalar (kristallar va donachalar) deyarli bir xil kimyoviy tarkibga ega bo‘lishi kerak. Bunday o‘g‘itlarga: tarkibida bir necha ozuqa elementi bo‘lgan bitta tuz, masalan KNO3, (NH4)2HPO4 va boshqalar; tarkibiga ikkita (N+P, N+K, P+K) yoki uchta (N+P+K) ozuqa elementi kiruvchi ikki yoki undan ortik tuzlar kompozitsiyasi kiradi. Bunday kompozitsiyalar nitrat, fosfat va sulfat kislotalarning ammiak, tabiiy fosfatlar; kaliy, ammoniy va boshqalarning tuzlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan olinadi.
O‘g‘itdagi ta’sir etuvchi moddalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ular shunchalik axamiyatli bo‘ladi. Turli ekinlar, tuproqlar, iqlim va boshqa sharoitlar uchun azot, fosfor va kaliyning mikdori va nisbati xar xil bo‘lgan murakab o‘g‘itlar talab etiladi. Ular N:P2O:K2O massalari nisbati bilan tavsiflanadi, masalan 1:1,5:0,5. Bunda ta’sir etuvchi moddalarning umumiy mikdori tarzida xam ifodalanishi mumkin, masalan N+P2O5+K2O = 36%; ayrim xollarda P2O:K2O ning massa bo‘yicha protsent nisbati, masalan 12:18:6 yoki 12-18-6 shaklida ifodalanishi mumkin, bu sonlarning umumiy yig‘indisi o‘g‘itdagi ta’sir etuvchi moddalarning umumiy mikdorini ko‘rsatadi.
Uch komponentli 1:1:1; 1:1,5:1; 1:1:0,5; 1:1:1,5; 1:0,67:0,67 va ikki komponentli 1:4;0; 1:1:0; 0:1:1; 0:1;1,5 markali o‘g‘itlar eng ko‘p ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |