30.3. Ortofosfat kislota asosida ammoniy polifosfatlari ishlab chiqarish uskunalari
Boshlang‘ich xomashyo sifatida ortofosfat kislota ishlatilganda kerakli issiqlik boshlang‘ich reagentlarni qizdirilishi hisobiga, shuningdek kam energiya yo‘qotilishi bilan ishlaydigan tezkor ixcham neytrallash jihozlarida o‘tkazilishi hisobiga amalga oshiriladi (30.2-rasm). Shunday jihozlar sifatida tezkor oqimli reaktorlar ishlatiladi (30.2-rasm). 180-220OC haroratdagi neytrallash jarayonida ammoniy polifosfatlarining degidratatsiyasi talab etilgan konversiya darajagacha sodir bo‘ladi.
Ortofosfat kislota qizdiriladi va birinchi bosqich reaktorga beriladi, u yerda ammoniylashtirishda ajraladigan ammiakning ushlab qolinishi sodir bo‘ladi. Qisman ammoniylangan kislota T-simon reaktorga yuboriladi, u yerda oldindan qizdirilgan gaz holatdagi ammiak bilan ammoniylashtirishning asosiy jarayoni amalga oshiriladi. Suyuqlanma va bug‘-gaz aralashmasi ikkinchi bosqich reaktoriga kelib tushadi, u yerda suyuq va gaz fazalar ajratiladi. Chiqindi gazlari birinchi bosqich reaktorda tozalanadi, suyuqlanma esa kurakchali donadorlagichga beriladi. Donador tayyor mahsulot sovutgichda sovutiladi, maydalanadi, elanadi va omborga yuboriladi.
30.2-rasm. Ortofosfat kislota asosida ammoniy polifosfatlari olish
sxemasi:
1-birinchi bosqich reaktori; 2- ikkinchi bosqich reaktori; 3-T-simon reaktor; 4-donadorlagich; 5-sovutgich; 6-elak; 7-tegirmonю
30.3-rasm. Tezkor oqimli reaktor
Jarayonning texnologik ko‘rsatkichlari: kislota konsentratsiyasi 52% P2O5; kislota harorati 145OC, ammiak harorati 150OC, T-simon reaktordagi harorat 258OC. Mahsulot tarkibida 11,3% N; 58,6% P2O5umum., 30,6% P2O5orto- bo‘ladi.
Tezkor oqimli reaktorning ishlash prinsipi kislota oqimining gaz holatdagi yuqori tezikdagi (100 m/s) ammiak bilan jadal aralashishiga asoslangan. Jihozning afzalligi – uning soddaligi, ta’sirlashish hajmining kichikligi, issiqlik yo‘qotilishining kamligi; kamchiligi – kamera ishchi qismida korroziyali yemirilishidir.
Dostları ilə paylaş: |