O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə123/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Nazorat savollar:
1. Ammoniy sulfatning fizik va agroximik xususiyatlari
2. Koks gazining tarkibi
3. Ammoniy sulfati kanday ishlab chikarishlarda chikindi sifatida olinadi
4. Suyuk azot ugitlarining avzalligi
5. Ammiakatlar nima va kanday olinadi


Adabiyotlar
  1. Mirzakulov X. Ch., Shamsiddinov I.T., To’raev Z. Murakkab o’g’itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblar. Oquv qo’llanma. Toshkent. “Tafakkur Bostoni”. 2013. 216 b.


  2. Ибрагимов Г. И. Эркаев А.У. Якубов Р. Я. Туробжонов С. М. Калий хлорид технологияси. Ўқув қўлланма. Тошкент. 2010. 210 б.


  3. Gafurov Q., Shamsiddinov I.T. Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblar. Darslik. Toshkent. “Fan vatexnologiya”. 2010. 360 b.


  4. Raymond Chang, Jonn W.Thoman, JR, Physical Chemistry for the chemical sciences, 2014, Universiry Science Books.





Мavzu 34: Kaliy nitrat ishlab chiqarish nazariyasi
REJA:


  1. Kaliy nitrat. Xossalari va olinish usullari.


  2. Kaliy nitrat ishlab chiqarishning konversiyali usuli.


  3. Kaliy nitrat ishlab chiqarishning samarador usul lari.


  4. Kaliy xlorid va nitrat kislota yoki azot oksidlaridan kaliy nitrat olish.



34.1. Kaliy nitrat. Xossalari va olinish usullari.
Kaliy nitrat (kaliyli selitra) KNO3 – kristall rangsiz kukun bo‘lib, 337OC da suyuqlanadi. Texnik mahsulot sarg‘ish rangga egadir. Suyuqlanish haroratidan yuqorida KNO2 va O2 ga parchalanadi. 20OC haroratda 100 g suvda 31,5 g, 114OC da esa – 312 g KNO3 eriydi.

Kaliy nitrat – tutunli (qora) porox ishlab chiqarishda, pirotexnikada, oziq-ovqat va shisha sanoatida ishlatiladi. U tarkibida ikkita ozuqa elementi – azot va kaliy (nazariy tarkibi – 13,85% N va 46,5% K2O) bo‘lgan ballastsiz (keraksiz qo‘shimchasi bo‘lmagan) bebaho o‘g‘it hisoblanadi. Bu o‘g‘itning yana bir muhim xususiyati shundaki, u gigroskopikligi kam va fiziologik ishqoriydir. Ammo uni asosan sanoatda ishlatiladi, chunki kaliy nitratdagi azot va kaliyning narxi boshqa o‘g‘itlardagiga nisbatan qimmatdir.


Sanoatda ishlatish uchun bir necha navlardagi kaliy nitrat ishlab chiqariladi. Ular tarkibida 99,9; 99,85 va 99,7% dan kam bo‘lmagan KNO3 va shunga muvofiq ravishda 0,08; 0,1 va 0,2% dan kam bo‘lmagan namlik bo‘ladi. Shuningdek, ular tarkibidagi xloridli, karbonatli, nitritli va boshqa qo‘shimchalar ham me’yorlanadi.
Kaliy nitrat oz bo‘lsada turli biokimyoviy jarayonlar natijasida yuzaga keladigan tabiiy mineral tarzida ham uchraydi. Shulardan biri hind selitrasi hisoblanadi. Uning asosiy tarkibi kaliy nitratdan iboratdir.
Kaliy gidroksid yoki karbonatda nitrat kislotasini neytrallash yoki azot oksidlarini absorbsiyalash usuli bo‘yicha kaliy nitrat olish ishqoriy reagentlarning yetishmasligi va qimmatbaholigi sababli kam qo‘llaniladi. Kaliy xlorid va natriy, ammoniy, kalsiy nitratlardan kaliy nitrat olishning konversiyali usuli sanoatlarda keng tarqalgan. Masalan, KCl va Ca(NO3)2 ishlatilganda jarayonni kation almashinuv usuli bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda kationit davriy ravishda kalsiy nitrat eritmasi bilan (KNO3 eritmasi olishda) va kaliy xlorid eritmasi bilan (kationitning regeneratsi yasida) ishlov berib turiladi. So‘ngra kaliy nitrat eritmasi bug‘latiladi, sovutiladi, KNO3 kristallari sentrifugada ajratiladi va quritiladi.
Kaliy xlorid va nitrat kislota yoki azot oksidlaridan kaliy nitrat olish ham o‘ziga xos xususiyatga egadir.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin