O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Ma’ruza №33. Ammoniy sul'fat olish texnologiyasi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə120/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Ma’ruza №33. Ammoniy sul'fat olish texnologiyasi


REJA:


  1. Ammoniy sulfat ishlab chiqdrishning fizik-kimyoviy asoslari


  2. Koks gazi ammiakidan ammoniy sulfat ishlab chiqarish.


  3. Gipsdan ammoniy sulfat olish


  4. Kaprolaktam chiqindisidan ammoniy sulfat olish


33.1. Ammoniy sulfat ishlab chiqdrishning fizik-kimyoviy asoslari
Ammoniy sulfat (NH4)2CO4 - rangsiz kristall modda (zichligi 1769 kg/m3) bo‘lib, uning tarkibida 21,21% azot bo‘ladi. 3500C dan yuqori xaroratda qizdirilganda ammiak va sulfat kislotaga parchalanadi. 100°C da nordon tuz hosil qilish bilan dissotsiyalanish boshlanadi; (NH4)2CO4 ustidagi NH3 ning bosimi 205°C xaroratda 0,067 kPa ni, 300°C da 6,772 kPa ni tashkil etadi. Ammoniy sulfat suvda yaxshi eriydi. U kristalloridratlar hosil qilmaydi va uning eruvchanligi xarorat ortishi bilan sezilarli o‘zgarmaydi. Ammoniy sulfat gigroskopikligi va yopishqoqligi kam bo‘lgan o‘g‘it xisoblanib, uni ishlatishda qiyinchilik tug‘dirmaydi. Kamchiligi —o‘g‘itning tarkibida azot miqdorining ozligi va fiziologik kislotaliligining yuqoriligidadir. Uning qo‘llanilishi natijasida tuproqda sulfat kislotasining to‘planishi tufayli uni neytrallash uchun davriy ravishda oxaklash zarurati kelib chiqadi.

Sanoatda ammoniy sulfat ishlab chiqarish usulining asosini sulfat kislotasini ammiak bilan neytrallash tashkil etadi. Bu maqsadda tosh ko‘mirni koKClash jarayonida hosil bo‘ladigan gazlar aralashmasidan ajratib olingan ammiak gazi ishlatiladi. Koks gazini ammiak (va shu bilan bir vaqtda piridin asoslari) dan tozalash jarayoni ammoniy sulfat ishlab chiqarish bilan bog‘langan. Sintetik ammiakdan esa boshqa turdagi yuqori konsentratsiyali azotli o‘g‘itlar: ammiakli selitra, karbamid ishlab chiqarishda foydalaniladi. CHet ellarda, qisman ammoniy sulfat, gipsni ammoniy karbonat eritmasi bilan qayta ishlash natijasida konversiyalab ishlab chiqariladi. Bundan tashqari kaprolaktam ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan oqava suvlardan ham ammoniy sulfat ishlab chiqarish usullari ham mavjuddir.


Ammoniy sulfat donadorlangan yoki kristall xolatda ishlab chiqariladi va belgilangan Davlat standartlari talablariga javob berishi lozim (8.1 — jadval). Ammoniy sulfat qog‘oz yoki polietilen qoplarda yoki vagonlarda tashiladi.
33.1 — jadval

Ko‘rsatkichlari




Oliy na v




1-nav



Azot (quruq modda xisobidan, kam emas


21



21



Suv, ko‘p emas:


-donadorlangan mahsulotda
-kristall mahsulotda


0,6
0,2



0,3
-




Sulfat kislota, ko‘p emas:


-donadorlangan mahsulotda
-kristall mahsulotda


0,5 0,03


0,05
-




Disiersligi, ko‘p emas:


-donadorlangan (1-4 mm)
-kristall (+0,5 mm)


90
60



belgilanmagan




Sulfat kislotasini gaz xolatidagi ammiak bilan neytrallash quyidagi reaksiyaga asoslangan:

2NN3 (g) + N2SO4 (s) = (NN4)2S04 (q.) + 274 kj
Bunda ko‘p miqdordagi issiqlik ajralib chiqadi. Hosil bo‘lgan issiqlik (saturator jarayonidagi) va tashqaridan gazlar bilan kiradigan issiqlik (saturatorsiz jarayonidagi) birgalikda sistemadagi suvni bug‘lanishiga sarf bo‘ladi va eritmaning to‘yinishi xisobiga kristall xolatdagi mahsulot hosil bo‘ladi. Qaynoq xoldagi reaksiyada o‘rta tuz eritmasidan mahsulotni kristallantirishni taminlashi muxim ahamiyatga ega. Sulfat kislotasidagi qo‘shimchalar, ayniqsa, temir va alyuminiy sulfatlari ammoniy sulfatning kristallanishin qiynlashtiradi. Kislotani neytrallash paytida qolloid xolatda temir va alyuminiy gidroksidlari cho‘kadi:
(Fe, A1)2 (SO4)3 + 6NH3 + H2O = 2(Fe, A1) (OH)3+ 3(NH4)2SO4

Bunda ammoniy sulfat kristallarining usishi qiyinlashadi. SHu maksadda neytrallash jarayonini davriy reaktorlarda bosqichli o‘tkazish maqsa dga muvofiqdir.





Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin