O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə126/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

34.5-rasm. KCl – NH4NO3KNO3NH4Cl sistema izotermasi (40OC)
Eritmada «a» nuqtaga muvofiq bir mol tuzlar miqdoriga olti mol suv to‘g‘ri keladi, deb faraz qilsak, bu holda eritma to‘yinmagan bo‘ladi. Chunki 40OC bo‘yicha izotermada to‘yingan eritmada 4,5 mol suv bo‘lishi kerak edi. Bunday to‘yinmagan eritmani izotermik bug‘latishdan so‘ng 1 mol tuzlar miqdoriga 4,5 mol suv to‘g‘ri kelgandagina qattiq faza paydo bo‘ladi. Suvni yana bug‘latish natijasida kaliy xlorid cho‘kmaga tushadi va to‘yingan eritma tarkibi «a» nuqtani izoterma kvadrati cho‘qqisi bilan birlashtiruvchi chiziq bo‘ylab o‘zgaradi. Bu esa faqatgina toza holdagi kaliy xloridga muvofiq keladi (so‘ngra bu cho‘qqilar: KCl cho‘qqisi, NH4NO3 cho‘qqisi va hokazo bilan belgilanadi).
34.6-rasm. KCl – NH4NO3 – KNO3 – NH4Cl sistema izotermasi (60OC)
Kaliy xlorid cho‘kishi bilan kechadigan bug‘lanish eritma tarkibi «b» nuqtaga muvofiq kelguncha davom etadi. Bungacha esa cho‘kmada faqat KCl bo‘ladi.

Agar shu haroratda bug‘lanish davom etsa, cho‘kmaga birdaniga ikkita tuz: KCl va NH4Cl tushadi. Eritma tarkibi bu tuzlarning birgalikdagi kristallanish chizig‘i bo‘ylab «F» nuqtagacha o‘zgarib boradi.


Suvni bug‘lanishi davom ettirilsa, cho‘kmaga NH4Cl va KNO3 lar tushadi va eritma tarkibi «FE» chizig‘i bo‘ylab o‘zgaradi. «E» nuqtaga muvofiq keladigan tarkibdagi eritma ionlar nisbatlari o‘zgarmagan holda quriguncha bug‘latilishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan sistemalar izotermasi masshtabida 0; 20; 40; 60 va 100OC haroratlardagi sistema politermasi 2.8-rasmda ifodalangan.


34.4. Kaliy xlorid va nitrat kislota yoki azot oksidlaridan kaliy nitrat olish.
Jihozlarning yuqori darajada korroziyalanishi va qo‘shimcha mahsulotlar – HCl, Cl2, NOCl ni tutib qolish va ishlatilishidagi qiyinchiliklar sababli sanoatda kam qo‘llaniladigan bu usulda kamyob ishqor va ko‘p miqdordagi bug‘ talab etiladi.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin