O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus


Nаzоrаt vа muhоkаmа uсhun sаvоllаr



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə152/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Nаzоrаt vа muhоkаmа uсhun sаvоllаr





  1. Ijtimоiy guruhlar va ularning xususiyatlari asoslang

  2. Jamоani tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini аytib bеring

  3. Mehnat nizоlari va ularni bоshqarish ketma-ketligini ko‘rsating



Таvsiya etilayotgan adabiyotlar


  1. Human Resourse Management. Fefteenth Edition/Robert L.Malthis, John H.Jackson Sean R. Valentine. Patricia A. Megllch 2017.2014 Cengage Learning WCN 02.200.206

  2. Абдураҳмонов Қ.Х., ва бошқалар., Инсон тараққиёти.Дарслик. Т-«Фан ва технология».2014.-234 б

  3. Abdurahmanov K.Kh. Management of tourism: Tutorial. - Jakarta.: Gundarama Publisher, 2014.-350 с

  4. Карташова Л.В. Управление человеческими ресурсами: Учебник/ Л. В. Карташова. -М.: ИНФРА-М, 2014.-456 с

  5. Круглова Н.Ю. Основы менеджмента: учебное пособие / Н.Ю. Круглова.-М.: КНОРУС, 2014.-421с

  6. Абдурахманов.К.Х.и другие.Человеческое развитие.

Учебник. “Фан ва технология”, 2012. – 364 с.
      1. BOB. INSON RESURSLARI FAOLIYATINI BAHOLASHNING ZAMONAVIY USLUBLARI


    1. Inson resurslari faoliyatini baholashning mohiyati va uning zamonaviy uslublari

Bozor iqtisodiyoti, demokratlashtirish sharoitlarida Inson resurslarini, ayniqsa, boshqaruv xodimlari va rahbarlari faoliyatini obyektiv baholash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Nufuzli mutaxassislarning yakdil fikriga ko‘ra, baholash boshqaruv Inson resurslarinii faoliyatini tashkil etishning ajralmas tarkibiy xususiyatidir. Bu qator boshqaruv vazifalarini hal etishga ko‘maklashadi. Jumladan, baholash orqali kompaniya yoki firma rahbariyati qaysi xodimning ish haqini oshirish, kimni yuqoriroqlavozimga ko‘tarish, kimnidir esa ishdan bo‘shatish lozimligini aniqlaydi. Zamonaviy baholashning tegishli dasturlari mavjudligi, uning oshkoraligi Inson resurslarini tashabbuskorligini va mas’uliyatini oshirish, yanada yaxshiroq mehnat qilishga rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Obyektiv baholash Inson resurslarinini xizmat lavozimini o‘zgartirish, mukofotlash yoki ishdan bo‘shatish uchun huquqiy asos vazifasini o‘taydi. Ayni vaqtda u xodimlarni ishga yollash, mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish masalalarini hal qilishda qo‘l keladi.
Bugungi kunda boshqaruv xodimlarini kasb va malaka, amaliy va shaxsiy sifatlarini obyektiv ravishda baholash Inson resurslarini bilan ishlashning eng muhim tamoyillaridan biridir. Menejment bo‘yicha mutaxassislarning fikriga ko‘ra, har bir boshqaruv xodimi majburiy hisoblangan qator amaliy sifatlarga ega bo‘lishi shart.
Ularning asosiylari quyidagilardan iboratdir:

  • ishlab chiqarishning texnik va texnologik xususiyatlarini, uni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlarini bilish;

  • rejalashtirish, iqtisodiy tahlil uslublarini bilish;

  • eng kam moliyaviy, moddiy, energetika va mehnat sarfi bilan ishlab chiqarish - xo‘jalik faoliyatida eng yaxshi natijalarga erishish uslub va vositalarini tanlab olish qobiliyati;

  • ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish sohalarida maxsus bilimlarga (nazariy asoslar, ilg‘or uslub va shakllar, zamonaviy

boshqaruv fani tavsiyalari) ega bo‘lish, shuningdek ularni amaliy faoliyatda qo‘llay olish;

  • kadrlarni oqilona tanlash va joy-joyiga qo‘ya olish;

  • jamoa oldida turgan vazifalarni hal etishga safarbar qila olish;

  • intizomni ta’minlash, ish manfaatini himoya qila olish;

  • boshqaruv apparati ishini maqsadga muvofiqrejalashtira olish;

  • xodimlar huquqlari, vakolatlari va mas’uliyatini taqsimlay olish;

  • barcha xizmat va bo‘linmalar faoliyatini korxonaning yagona boshqaruv tizimi sifatida muvofiqlashtirish;

  • shaxsiy faoliyatini rejalashtirish va tashkil eta olish, bu faoliyatda boshqaruvning asosiy tamoyillarini, vaziyatga qarab maqsadga muvofiq va samarali ish uslublarini qo‘llay olish;

  • o‘ziga vaxodimlarga nisbatan yuksak talabchanlikni namoyon eta olish;

  • o‘z meqnat faoliyati va jamoa mehnat faoliyati natijalarini hisobga olish va nazorat qilish;

  • xodimlarni rag‘batlantirish, mas’uliyatni o‘ziga olish;

  • o‘z faoliyatida va xodimlar bilan ishlashda rasmiyatchilikdan qochish.

Mehnat faoliyatini, shu jumladan ish natijalarini zamonaviy baholash tizimi aniq va ishonarli ma’lumotlarga asoslanishi shart.
Boshqaruv xodimlari faoliyatini obyektiv baholash uchun sifat mezonlarini belgilash bilan bir qatorda, miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinishi ham juda muhimdir.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin