“Xodim” iborasi o‘zbek tilining izohli lug‘atida “biror idora yoki muassasada ishlovchi kishi, xizmatchi” ma’nosida talqin etiladi. Masalan, savdo xodimi, xalq maorifi xodimi, medetsina xodimi, ilmiy xodim va hk.
Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga ikki xil yondoshuv mavjud:
-inson resurslarini boshqarish;
-xodimlarni boshqarish.
“Insonresurslariniboshqarish” tushunchasi boshqarishning strategik jihatlarini, shuningdek ijtimoiy rivojlanish masalalarini o‘z ichiga oladi va ularga ustuvorlik beriladi. “Xodimlarni boshqarish” tushunchasi esa ko‘proq kadrlar bilan tezkor ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondoshuv davlat miqyosida bandlik va uni muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondoshuv bevosita korxona darajasidagi mehnat munosabatlari va ularni muvofiqlashtirishdan kelib chiqadi.
Xodimlarniboshqarish deganda korxonada band bo‘lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal (mo‘‘tadil) faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart- sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi.
Bunday boshqaruv funksional va tashkiliy boshqaruvlarga bo‘linadi.
Funksionalboshqaruv deganda bevosita kadrlar masalasiini yechish bilan bog‘liq masalalar, ya’ni kadrlarni tanlash, ishdan bo‘shatish, malakasini oshirish, ish haqi va hokazolar tushuniladi.
Tashkiliyboshqaruv tushunchasi kadrlar ishi uchun bevosita javob beruvchi barcha shaxs va institutlar, ya’ni rahbarlar, kadrlar bo‘limi, kasaba uyushmalar va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Tizim osti tizimlari va boshqarish obyektlari tarkibini tushuntiring
Xodimlarni boshqarish tamoyillarini asoslang4. Xodimlarni rejalashtirishning qanday jihatlarini bilasiz
Mehnat bozoridagi bog‘liqlik jihatlar va ichki omillarni baholash tahlili o‘tkazish tartibini izohlang