Mavjud xodimlarni baholashda, eng avvalo ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi omillarga, xususan mehnat bozoridagi vaziyatga e’tiborni nqaratmoq lozim.
Zero, mehnat bozoridagi holat ko‘p jihatdan quyidagilarga bog‘liq:
-aholi soni, yoshi, jinsi salmog‘idagi o‘zgarishlar;
-tarmoq va hududiy bandlikdagi o‘zgarishlarga;
-qo‘shimcha ishchi kuchini yollash darajasiga;
-ishlab chiqarish hajmi, tarkibi va o‘sish sur’atiga;
-mehnat resusrlarini boshqarish usuliga va hk.
3.5.1-rasm. Mehnat bozoridagi bog‘liqlik jihatlar25
Ichki omillarni baholash uchun quyidagi ma’lumotlar tahlilini bajarmoq zarur:
-doimiy band bo‘lgan xodimlar soni, familiyasi, yashash joyi, ishga qabul qilingan vaqti va hk.;
-xodimlarning tarkibi (malakasi, mutaxassisligi, yosh tarkibi, milliy tarkibi, nogironlar, salmog‘i, ishchi va xizmatchilar, ITX va hk.);
-xodimlar qo‘nimsiziligi;
-ish kunining davomliligi (to‘liq yoki qisman bandligi, necha va qaysi smenada ishlashi, ta’tilning davomliligi va hk.);
-ish haqi, uning tarkibi, qo‘shimcha ish haqi, ta’rif yoki ta’rifdan yuqori to‘lova va hk.;