Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi
qi - bir yilda i mahsulotni ishlab chiqarish rejasi;
Hi- i mahsulotning bir birligiga mazkur guruh xodimining sarflaydigan ish vaqti normasi;
Bi- mazkur guruhdagi bitta xodimga to‘g‘ri kelgan yillik vaqt
fondi.
Korxonaning xodimga bo‘lgan ehtiyojini rejalashtirish mehnat
bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif muvozanatiga bog‘liq.
Agar mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab taklifdan ko‘proq, ya’ni:talabtaklif bo‘lsa, u holda korxonaga ishchi kuchining qo‘shimcha manbaalaridan qo‘shimcha taklif rejalashtiriladi. Bunday manbaa bo‘lib - mehnat nafaqasi oluvchilar, talabalar va o‘quvchilar hisoblanadi. Bunday vaziyatda mehnat birjalarining faoliyatlari kuchaytiriladi va takomillashtiriladi, boshqa hududlardan qo‘shimcha ishchi kuchining oqib kelishi rag‘batlantiriladi, har bir ishsizning shaxsiy hisobi yuritiladi va hk.
Agar mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab taklifdan kam,
ya’ni:
talabtaklif
bo‘lsa, u holda qo‘shimcha ish joylarini tashkil etish, ish
smenasini ko‘paytirish, ish bilan bandlikning noan’anaviy yo‘llaridan foydalanish, boshqa hududlarga ortiqcha ishsizlarni jalb qilish rejalashtiriladi.
Agar ishchi kuchiga bo‘lgan talab taklif bilan teng, ya’ni
talab=taklif
muvozanatda bo‘lsa, u holda korxonada:
ishlab chiqarish vositalarini zamonaviylashtirish va qayta tiklash;
mehnatni rag‘batlantirish va ish haqini samarali tashkil etish kabi tadbirlar rejalashtiriladi.
Erkin bozor sharoitida boshqaruv vazifalarining murakkablashuvi korxona rahbarlariga xodimlarni to‘g‘ri tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalash ishlariga juda katta mas’uliyat bilan yondoshishni talab qiladi.