O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

Asosiy tayanch tushunchalar 
Foyda qidirish (Profit-seyeking) - bu oxir-oqibat jamiyat uchun foydali 
bo‘lgan foydali pozitsiyani yaratish uchun resurslarni sarflash. Tadqiqot misolida 
ko‘rilgan foyda izlash - bu iqtisodiyotdagi taraqqiyotni harakatga keltiruvchi va 
raqobatni rag‘batlantiruvchi kuchdir. 
Ijara izlash (Rent-seyeking) - bu oxir-oqibatda jamiyatga zarar yetkazadigan 
foydali imkoniyat yaratish uchun resurslarni sarflash. Ijara haqi, advokatlardan 
foydalanish misolida, iqtisodiyotga to‘sqinlik qiladi va raqobatni cheklaydi. 


33 
Lobbichilar - Vashingtonda o’ziga xos vazifasini bajaradilar. Maxsus 
ro’yxatdan o’tgan bu soha egalari AQSH Kongressida lobbichilik qiladilar va 
faoliyatlari yuzasidan hisobot beradilar. Lobbichilik, shuningdek, biror partiya yoki 
guruh manfaati uchun o’sha guruh nomidan federal hukumat, shtat hukumati yoki 
Kongressda vakillik qilish demakdir. 
Takrorlash uchun savollar 
1. 
Lobbichilar kimlar va ularning asosiy maqsadi nima? 
2. 
Libbichilar nuqtai-nazaridan ijarani yaratish deganda nima tushuniladi? 
3. 
Ijara haqqini olish uchun nimalar qilish kerak? 
4. 
Lobbistlarni ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’siri qanday? 
5. 
Nima uchun AQSHda lobbichilar ochiq oydin faoliyat olib boradi? 
6. 
AQSHdan boshqa davllatlarda ham lobbichilik tizimi mavjudmi? 


34 
5-MAVZU: RAQOBATBARDOSH IQTISODIY TIZIMLAR 
1. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari. 
2. 
Rivojlangan 
bozor 
iqtisodiyoti 
mamlakatlarining 
rivojlanish 
ko‘rsatkichlari. 
3. Yangi iqtisodiyot tushunchasi. Raqamli iqtisodiyot va elektron savdolar. 
1. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari. 
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar majmuasi 
iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar 
bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi. 
Iqtisodiy tizim turlari: 
An’anaviy iqtisodiyot 
Uzoq davrlar mobaynida an’anaviy tarzda amal qilib keluvchi urf-odatlar, 
tartiblar, udumlar asosida yuritiluvchi iqtisodiy tizim 
Ma’muriy- buyruqbozlik iqtisodiyoti 
Barcha moddiy resurslarga ijtimoiy (dav-lat) mulkchi-ligining hukm-ronligi, 
xo‘ja-lik yuritishga oid barcha muhim qaror larning markazlashti rilgan tartibda 
ma’muriy organlar tomonidan qabul qilinishiga asoslanuvchi iqtisodiy tizim 
Bozor iqtisodiyoti 
Tovar-pul munosabatlari, raqobat, iqtisodiy faoliyat yuritishda erkin-lik va 
bozor mexanizimlariga asoslan-gan holda yuritiluvchi iqtisodiy tizim 
Aralash iqtisodiyot 
Iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va boshqa- rishda bozor mexanizimi tamoyil
va qonunlarini ma’muriy tartiblash usullari bilan oqilona tartibda uyg‘unlashtirib 
foydalanish-ga asoslangan iqtisodiy tizim 
Yanada batafsilroq to'xtalib o'tsak. 
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar majmuasi 
iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xoʼjalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar 
bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi. 
Iqtisodiy nazariyada koʼpincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bogʼlab turkumlashga harakat 
qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimning uchta 
nusxasiga kiritiladi: anʼanaviy iqtisodiyot, maʼmuriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va 
bozor iqtisodiyoti tizimlari. 
Аnʼanaviy iqtisodiyot – deyarli hamma mamlakatlar bosib oʼtgan tarixiy 
tizimdir. U hozirgi davrda ham baʼzi iqtisodiy jihatdan past rivojlangan 
mamlakatlarda mavjud boʼlib, ularda urf-odatlar, udumlarga, anʼanalarga 
asoslangan iqtisodiy jarayonlar orqali amal qiladi. Аnʼanaviy iqtisodiyotda natural 
yoki mayda tovar xoʼjaligi hukmron boʼladi. Bu yerda ishlab chiqarish, 
ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan oʼrnatiladigan urf-odatlarga 
asoslanadi. Merosxoʼrlik va sulola (tabaqa) shaxslarning iqtisodiy rolida hukmronlik 
qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy turgʼunlik aniq ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va 


35 
yangiliklarni joriy qilish keskin cheklangan, chunki ular koʼpincha anʼanalarga zid 
keladi va ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf tugʼdiradi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan 
diniy va madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi. Bu yerda shuni taʼkidlash lozimki, 
iqtisodiyot muammosini hal qilishning bir xil va umum tan olingan yechimi mavjud 
emas. Xar xil madaniyat va tarixiy oʼtmish, har xil urf-odat va anʼanalar, qarama-
qarshi mafkuraviy qarashlarga ega boʼlgan turli jamiyatlar aniq iqtisodiy 
muammolarni hal qilish uchun turli xil tartiblardan foydalanadi. 
Bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi tizim maʼmuriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti 
hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy, aniqrogʼi, davlat 
mulkchiligining hukmronligi va maʼmuriy organlar tomonidan iqtisodiy 
qarorlarning 
markazlashgan 
tartibda 
qabul 
qilinishi 
bilan 
tavsiflanadi. 
Foydalanadigan resurslarning hajmi, mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab 
chiqarishni tashkil qilish kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar markaziy 
boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi. 
Iqtisodiy taraqqiyotda muhim bosqich hisoblangan tizim bozor iqtisodiyoti 
tizimidir. Bozor iqtisodiyoti tizimi asosan ikki bosqichga egadir. Birinchisi erkin 
raqobatga asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti boʼlib, baʼzi adabiyotlarda uni sof 
kapitalizm deb ham yuritiladi. Ikkinchisi esa hozirgi zamon rivojlangan bozor 
iqtisodiyoti boʼlib, uni aralash iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi. 
Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti resurslarga xususiy 
mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni 
tartiblashda va uygʼunlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan 
tavsiflanadi. Bunday tizimda har bir iqtisodiy subʼektning xatti-harkati uning 
xususiy manfaatiga asoslanadi. Ular oʼzlari qabul qilgan xoʼjalik yechimlari va 
qarorlari asosida daromadlarini eng yuqori darajada yetkazishga intiladilar. Bu 
alohida qabul qilingan qarorlar bozor tizimi yordamida uygʼunlashtiriladi. Raqobat 
sharoitida tovarlarning ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni 
bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning koʼplab mustaqil harakat qiluvchi 
xaridor va sotuvchilari mavjud boʼladi. Bu yerda iqtisodiy jarayonlarga davlatning 
aralashuvi cheklangan tavsifga ega boʼladi. Shu sababli davlatning roli xususiy 
mulkni himoya qilish va erkin bozorning amal qilishiga qulay sharoit yaratuvchi 
huquqiy tartiblar oʼrnatishdan iboratdir.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti. Hozirgi davrda real hayotda bozor 
iqtisodiyoti 
sof 
bozor 
mexanizmi 
va 
rejali 
iqtisodiyot 
unsurlarini 
mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorlikning turli 
yoʼnalishlari mavjud boʼladi, unda rejalashtirish, prognozlash, aholini ijtimoiy 
himoyalash kuchayadi. Masalan, АQSh iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin 
bozor iqtisodiyotidan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda koʼrinadi: 
birinchidan, mulkning bir qismi davlat qoʼlida boʼlib, u iqtisodiyotda faol rolь 
oʼynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va oʼsishi uchun sharoit yaratishda, bozor 
tizimi yetarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan 
ayrim tovarlar va xizmatlar bilan taʼminlashda, daromadlar taqsimlanishini 
oʼzgartirishda va shu kabilarda namoyon boʼladi;


36 
ikkinchidan, sof kapitalizmdan farqli oʼlaroq, АQSh iqtisodiyotida yirik 
korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy 
tashkilotlar mavjud. 
Bu yerda, shuni alohida taʼkidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor 
tizimiga suyanish, ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish har doim ham bir 
vaqtda mavjud boʼlmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya 
iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan, chunki mulkchilik xususiy boʼlib 
qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat ostiga olingan va markazdan 
boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor sotsializmi deb atalgan sobiq sotsialistik 
Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos boʼlgan va bir vaqtda 
iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. 
Shvetsiya iqtisodiyotida ham 90% dan ortiq xoʼjalik faoliyati xususiy firmalarda 
toʼplangan boʼlsada, davlat iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va daromadlarni qayta 
taqsimlashda faol qatnashadi. Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida davlatning 
markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi saqlanib 
qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan qoʼllanilib, barqaror va tez 
surʼatlar bilan iqtisodiy oʼsishga erishmoqda. 
Iqtisodiy rivojlanish modelini tanlash omillari 
1. 
Mamlakatning geografik joylashuvi (orol davlatlar, dengizga 
chiqishning noqulayligi) 
2. 
Milliy madaniyat va mentalitet, an’ana va din (mamlakatdagi aholiga
xos bo‘lgan xayot tarzi)
3. 
Tarixiy omillar (mustamlakadan ozod bo‘lish, Buyuk ipak yo‘li) 
4. 
Tabiiy iqlim sharoiti (fasllarning kelishi, quyoshli kunlar) 
5. 
Boshqa ijtimoiy-iqtisodiy omillar (ijtimoiy resurslar (ilmiy, ijodiy 
salohiyat), iqtisodiy resurslar (tabiiy, mehnat, kapital) 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin