3. Yangi iqtisodiyot tushunchasi. Raqamli iqtisodiyot va elektron
savdolar.
Rivojlangan mamlakatlar “yangi iqtisodiyot”ning shakllanishi
Rivojlangan mamlakatlar “yangi iqtisodiyot”ning shakllanishi XX asr oxiri va
XXI asr boshlariga to‘g‘ri keladi. “Yangi iqtisodiyot” bu inson kapitalining moddiy-
ashyoviy resurslar hisoblanagan yer va kapitalga nisbatankatta ulushga ega
bo‘lganligi bilan tavsiflanadigan sohalar majmuijan iboratdir.
Ushbu iqtisodiyot global bozor iqtisodiyotida axborot texnologiyalarning
rivojlanishining
mahsulidir.
“yangi
iqtisodiyot”
ayrim
adabiyotlarda
“axborotlashgan iqtisodiyot”, “bilimlar iqtisodiyoti”, “intensiv iqtisodiyot” deb ham
ataladi.
Yangi iqtisodiyot sohalari
•
ta’lim;
39
•
axborot-kommunikatsiya bozorlari;
•
innovatsiyalarni ishlab chiqish;
•
yuqori texnologiyalar;
•
intellektual xizmatlar.
Yangi iqtisodiyot ba’zida mahsulotni yaratish jarayonida axborotlar va
bilimlarning yetakchi o‘rin tutishini e’tiborga olgan holda “axborotlashgan
iqtisodiyot”, “bilimlar iqtisodiyoti” yoki “intensiv iqtisodiyot”, deb ham ataladi.
Milliy iqtisodiyotning xalqaro axborot va iqtisodiy hamjamiyatga
integratsiyasi samarasi o‘laroq, xalqaro raqobat sharoitlarida uning o‘rnini
mustahkamlash va iqtisodiy munosabatlarini takomillashtirish uchun savdo
amaliyotiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish
hal qiluvchi omilga aylandi. Hozirda globallashgan kompyuter tarmoqlari orqali
savdo aloqalarini amalga oshirish har qanday davlat
va muayyan iqtisodiy sub’ekt savdo strategiyasining asosiy bo‘g‘ini sifatida
shakllandi. Elektron savdolarni xalqaro va milliy miqyosda amalga oshirish
jarayonlarini o‘rgangan holda, ularni muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun
tuzilmaviy, funksional va texnologik shart-sharoitlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, ushbu uchta omilning uyg‘unlashuvi elektron
savdolar infratuzilmasini tashkil etadi. Albatta, biz avvalgi paragrafda elektron
savdolarning me’yoriy-huquqiy asoslarini aloxida ko‘rib chiqqanimizning o‘zi ham
dissertatsiya mavzusi doirasidagi masalalarni yoritishda mantiqiy ketma-ketlik va
bog‘liqlikni ta’minlashga xizmat qildi. Aslida, sohaning me’yoriy – huquqiy bazasi
ham keng ma’noda infratuzilmaning alohida tarmog‘i huquqiy infratuzilmani tashkil
etishini istisno etmagan holda, elektron savdolar infratuzilmasining texnologik
jihatlarini yoritishga harakat qilamiz.
Elektron savdolar infratuzilmasining an’anaviy savdolar infratazilmasidan
eng birlamchi farqi shundan iboratki, an’anaviy savdolarda muayyan makon (joy)
infratuzilmalar asosini tashkil etsa, elektron savdolarda deyarli barcha
infratuzilmalar faoliyati internet tarmog‘iga asoslanadi. Elektron savdolar
infratuzilmasini batafsilroq ko‘rib chiqish uchun uning tarkibi va elementlarini
alohida bayon qilish maqsadga muvofiq. Elektron savdolar infratuzilmasi tarkibida
maxsus dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazasi va ilovalarni boshqarish tizimi,
telekommunikatsiya va aloqa, tovar va xizmatlar oldi-sotdisi xavfsizligi
ta’minlovchi elektron dasturlar, virtual bank xizmatlari, maxsus to‘lov tizimlari va
boshqa infratuzilma turlari muhim o‘rin tutadi (5.1-rasm).
|