Asosiy tayanch tushunchalar Iqtisodiy tizim – mavjud iqtisodiy munosabatlar majmuasining iqtisodiyotni
tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan
birgalikdagi tizimi.
Milliy hisoblar tizimi – milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda
ulardan foydalanishni tavsiflaydigan o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimi.
Yalpi milliy mahsulot (YAMM) – milliy iqtisodiyotda bir yil davomida
vujudga keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib tushadigan pirovard mahsulot
va xizmatlarning bozor narxlaridagi summasi.
Yalpi ichki mahsulot (YAIM) – yil davomida mamlakat hududida ishlab
chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati.
Sof milliy mahsulot (SMM) – yil davomida jonli mehnatning unumli harakati
bilan yaratilgan yangi mahsulotdir.
Milliy daromad – yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning puldagi ifodasi
bo‘lib, hozirgi hisoblar tizimida SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan
aniqlanadi.
Real YAIM – narxlarning o‘zgarishini hisobga olib, o‘zgarmas yoki qiyosiy
narxlarda hisoblangan YAIM.
Takrorlash uchun savollar 1.
Iqtisodiy adabiyotlarda qanday turdagi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar
farqlanadi?
2.
Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday
tarkibiy qismlari mavjud?
3.
Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi nimada? Ular
iqtisodiyotning qanday ko‘rinishlari uchun xos ekanligini izohlang.
4.
Milliy hisoblar tizimining mohiyati nimada? U o‘z ichiga qanday
ko‘rsatkichlarni oladi.
5.
Makpoiqtisodiy ko‘pcatkichlar nimalar va ular milliy iqtisodiyotda
qanday rol o‘ynaydi?
6.
YAIM va SMM bip-bipidan nima bilan farqlanadi? SMM va milliy
dapomad-chi?
7.
Milliy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering.
8.
YAIM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat.
9.
Nominal va real YAIM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini
ko‘rsating.