O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

10.1-rasm.
Lorens egri chizig’i
 
Real hayotda mutlaq tenglik va mutlaq tengsizlik holatlari mavjud bo‘lmaydi. 
Balki aholining ma’lum guruhlari o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishi notekis 
ravishda boradi. Bunday taqsimlanishini Lorens egri chizig‘i deb nomlanuvchi 0Е 
egri chizig‘i orqali kuzatish mumkin. Aholi guruhlari ulushi va daromad ulushini 
birlashtiruvchi egri chiziqdan ko‘rinadiki, aholining dastlabki 20 foiziga 
daromadlarning juda oz (taxminan 3-4 foizgacha) qismi to‘g‘ri keladi. Keyingi 
guruhlarga to‘g‘ri keluvchi daromad ulushi ortib boradi. Daromadning eng katta 
qismi (deyarli 60 foiz) aholining so‘nggi 20 foiziga to‘g‘ri keladi. Bu guruh 
chegarasi ichida ham daromadlar notekis taqsimlangan, ya’ni dastlabki 10 foiz 
taxminan 20 foiz daromadga ega bo‘lsa, keyingi 10 foizga daromadning deyarli 40 
foizi to‘g‘ri keladi va h.k.
Mutlaq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig‘i o‘rtasidagi tafovut 
daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo‘lsa, ya’ni 
Lorens egri chizig‘i 0Е chizig‘idan qanchalik uzoqda joylashsa, daromadlar 
tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo‘ladi. Agar daromadlarning haqiqiy 
taqsimlanishi mutlaq teng bo‘lsa, bunda Lorens egri chizig‘i va bissektrisa o‘qi bir-
biriga mos kelib, farq yo‘qoladi. 
Daromadlar 
tabaqalanishini 
aniqlashning 
ko‘proq 
qo‘llaniladigan 
ko‘rsatkichlaridan biri ditsel koeffitsiyenti hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 10 foiz eng 
yuqori ta’minlangan aholi o‘rtacha daromadlari va 10foiz eng kam ta’minlanganlar 
o‘rtacha daromadi o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSH va Buyuk 
Britaniyada bu nisbat 13:1ga, Shvetsiyada esa 5,5:1ga teng. 
Yalpi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun 
aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Jini koeffitsiyenti) ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. 
Jini koeffitsiyenti chizmadagi Lorens egri chizig‘i bilan mutlaq tenglik chizig‘i 
o‘rtasidagi yuzaning 0FЕ uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu 
ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha 
kuchli bo‘ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko‘rsatkich 0 


89 
(nol)ga intiladi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Jini indeksi Buyuk 
Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQSHda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy beqarorlik tufayli qarab 
chiqilgan bu ko‘rsatkich o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi. Umumiy daromadning 
tabaqalanishi alohida tarmoqlar va faoliyat sohalarida ish haqi darajasidagi 
farqlarning ortishi bilan birga boradi. Milliy iqtisodiyotda o‘rtacha ish haqining 
tarmoqlar, korxonalar va ishlovchilar toifalari bo‘yicha yuqori tengsizligi tarkib 
topadi. Daromadlar tengsizligida katta farqlar mavjud bo‘lishining asosiy sababi 
bozor tizimiga asoslangan iqtisodiyotning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqadi. 
Respublikamizda ham bozor iqtisodiyotiga o‘tish daromadlar tengsizligi 
muammosini keskinlashtiradi. Bu yerda asosiy rolni mol-mulk (uy-joy, ko‘chmas 
mulk, aksiya va boshqalar)ga ega bo‘lish omili o‘ynay boshlaydi. Daromadlarning 
tabaqalanish jarayoni yetarli darajada tez boradi, minimal darajadan bir necha o‘n 
baravar yuqori daromadga ega bo‘lgan ijtimoiy qatlam shakllanadi. Daromadlarning 
tabaqalanishi mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi. Vaqt o‘tishi bilan oilalarning 
o‘z mol-mulkini meros qilib qoldirishi natijasida daromadlar tabaqalanishining 
kuchayishi ro‘y beradi. Har xil oilalar uchun turlicha iste’mol muhiti yaratiladi. 
Ijtimoiy tenglik va daromadlar taqsimotida adolatni ta’minlashda muhim 
muammolar vujudga keladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi 
umumiy omillar ham mavjud bo‘ladi. Bularning asosiylari quyidagilar: 

kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar; 

ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar; 

tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar; 

ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o‘rnatishga layoqatliligi 
(bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar. 
Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi 
daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun 
ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi. 
Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfert 
to‘lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to‘lovlari eng past 
daromad oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75 foiz) ni tashkil 
qiladi va qashshoqlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin