O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov


-rasm. OASI uchun yillik daromad va xarajatlar prognozi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

15.4-rasm. OASI uchun yillik daromad va xarajatlar prognozi
(Daromad 
darajasi, Xarajatlar darajasi) 
Ushbu omillar AQSH ijtimoiy siyosatining kelajakdagi istiqbolini, xavfsizlik 
dasturi, qarilik va boquvchisini yo‘qotish uchun maqsadli Federal fond mablag‘lari, 


159 
vasiylik Kengashi tomonidan bashorat sifatida va nogironlik sug‘urtasini (OASDI) 
prognoz qilishda ko‘rinadi. 15.4-rasmda ko‘rsatilgan Amerika qarilik va 
boquvchisini yo‘qotganlik sug‘urta jamg‘armasi prognoz kamomadi (lekin 
nogironlik sug‘urta Fondini o‘z ichiga olamagan) keltirilgan.
Daromad darajasi ish haqiga hisoblangan soliq to‘lovlaridan tushgan 
daromadni soliq solinadigan ish haqi (haqiqatda o‘rtacha ijtimoiy ta’minot badallari 
uchun soliq stavkasi) nisbati orqali aniqlanadi, xarajat darajasi esa - soliq 
solinadigan ish haqiga dastur xarajatlarining nisbati asosida. Prognozlar ijtimoiy 
ta’minot dasturining tuzilishiga asoslangan, bugungi kunda ham xuddi ana 
o‘shanday bir xil bo‘lib qolgan (soliq stavkasi va imtiyozlar qiymati nuqtai 
nazaridan). Rasmda ko‘rsatilishicha, fond 2018-yilda kamomadga o‘tishi prognoz 
qilinmoqda va ba’zi muhim islohotlar amalga oshirilmasa, kamomadda qoladi. 
Bunday kamchiliklarni oldini olish uchun, bu faktlar hukumatlar tobora ortib 
borayotgan soliq stavkasi bilan pensiya to‘lovlari miqdorini saqlab qolish yoki 
pensiyalar miqdorini pasayishiga qo‘yib berib umuman soliq stavkasini xuddi shu 
darajada ushlab qolish o‘rtasida bir tanlovga kelishi kerak. Masalan, Buyuk 
Britaniya hukumati bu holatga quyidagicha yondoshdi davlat pensiyasi miqdorini 
real qiymatini pasayishiga imkon berdi. 23.2-jadvalda ko‘rsatilganidek, pensiya 
1975 – 2000 yillar orasida o‘rtacha daromaddan deyarli 40 foizdan 26 foizga tushib 
ketdi, kamayish davom etishi kutilmoqda, va u, ayniqsa endi daromad bilan emas 
balki, narxlar bilan indeksatsiya qilinadi. Ushbu qisqartirishlar pensiya hajmini 
yashash minimumidan sezilarli darajada past bo‘lishiga olib keldi. Demak, boshqa 
daromad manbaiga ega bo‘lmagan pensionerlar, ularni daromadlarini yashash 
minimumiga tenglashtirish uchun davlatdan qo‘shimcha yordam olishlari kerak. Bu 
davlat pensiyasini kamayishi hukumat tomonidan xususiy pensiyalardan 
foydalanishni rag‘batlantirish bilan kuzatildi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin