15.1-rasm. O‘zbekistonda davlat pensiyalarning turlari Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga
yetmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab
qoladilar.
O‘gay ota va o‘gay ona, agar vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) 18 yoshga
to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo‘lsalar, haqiqiy ota va ona
singari pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.”
“Bazaviy miqdorini belgilashning asosiy tamoyillaridan pensiya miqdorini ish
stajining muddatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilardan tarkib topadi:
−
pensiyaning tayanch miqdoridan;
−
ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan;
−
pensiyaga qo‘shiladigan ustama haqlari;
Pensiyani hisoblash uchun pensiyalarning quyidagi bazaviy miqdorlari
belgilanadi:
a) yoshga doir pensiyalar uchun - pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan
o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin rasmiy belgilangan yoshga doir eng kam
pensiyaning kamida 100 foizi
b) I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun - pensiyani hisoblash
uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin yoshga doir eng
kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida;
v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga
layoqatsiz a’zosiga - pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish
haqining 30 foizi miqdorida, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 50 foizi
miqdorida;
Davlat pensiya turlari Yoshga doir pensiyasi N o g i r o n l i k pensiyasi B o q u