O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

3. Budjet cheklovlari. 
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalar 
va maqsadlarni amalga oshirishda davlat budjeti muhim ahamiyat kasb etadi. Biz 
davlat budjetini maxmun mohiyatini anglash orqali qanday budjet cheklovlari 
mavjud bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
Umumdavlat moliyasi davlat budjetini, ijtimoiy sug‘urta fondini hamda davlat 
mol-mulk va shaxsiy sug‘urtasi fondini, soliq tizimini o‘z ichiga oladi. Davlat pul 
mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat budjeti moliya 
tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Davlat budjeti – bu davlat 
daromadlari va xarajatlar hamda ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik 
rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat budjeti orqali 
o‘tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali 
rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun 
sharoit yaratishdir. 
Davlat budjetining ikki tomoni bo‘lib, bir tomonida budjetga kelib tushadigan 
daromadlar tarkibi va ularning manbalari, ikkinchi tomonida esa asosiy 
xarajatlarning tarkibi va miqdori o‘z ifodasini topadi.
O‘zbekistonda davlat budjetining tuzilishi, daromadlari va xarajatlarining 
tarkibi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi 14.1-jadval. 
 
 


139 
14.1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromadlari tarkibi 
(YAIMga nisbatan %da) 
Daromadlar qismi 
tarkibi 
Xarajatlar qismi 
tarkibi 
Shu jumladan: 
Shu jumladan: 
To‘g‘ri soliqlar 
Ijtimoiy sohaga 
Egri soliqlar
Ijtimoiy himoyaga 
Mulk solig‘i va resurs 
to‘lovlari
Iqtisodiyot uchun xarajatlar 
Ijtimoiy 
infratuzilmani 
rivojlantirish uchun soliq
Markazlashtirilgan investitsiyalarni 
moliyalashtirish xarajatlari 
Davlat hokimiyati, boshqaruv va sud 
organlariga xarajatlar 
B
o
s
h
q
a
d
a
r
o
m
a
d
l
a
r
Boshqa xarajatlar 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari. 
Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo‘lishini taqozo 
qiladi. Lekin ko‘pchilik hollarda davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan 
ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida budjet taqchilligi ro‘y beradi. Bu holning 
sabablari ko‘p bo‘lib, ularning ichida davlatning jamiyat hayotining barcha 
sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy 
vazifalarining kengayishi alohida o‘rin tutadi. Budjet taqchilligining o‘sishi yoki 
kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YAIM)ga nisbatida aniq 
namoyon bo‘ladi.
Budjet taqchilligining o‘zgarishi xo‘jalik kon’yunkturasidagi joriy 
tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, 
inqirozlar davrida davlat budjet mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum 
sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 
tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo‘ladi. O‘rnatilgan 
xalqaro standartlarga ko‘ra budjet taqchilligi YAIMning 5% darajasidan oshmasligi 
lozim. Budjet taqchilligi, asosan, davlat qarzi hisobiga qoplanadi. 
Davlat qarzi ichki va tashqi qarzlardan iborat bo‘ladi. Davlat ichki qarzi – bu 
davlatning mamlakat ichida zayomlar va boshqa qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, 
turli nobudjet fondlari (sug‘urta fondi, ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash fondi, pensiya 
fondi) dan qarz olish ko‘rinishidagi qarzlari.
Budjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko‘rinishlaridan 
biri davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor 
sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi. 
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu 
davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish 
jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo‘sh 
turgan pul mablag‘larini jalb qiladi. 


140 
Davlat o‘z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki 
ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga 
pulning tovar hajmining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha miqdorini 
chiqaradi. Mazkur holda, davlat budjetini moliyalashtirish pul muomalasiga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri inflyatsion ta’sir ko‘rsatadi. Pul massasining o‘sishi jamiyat 
haqiqiy boyligining ko‘payishi bilan birga bormaydi. 
Davlat qarzlarining to‘xtovsiz ko‘payib borishi, milliy daromadni foiz 
to‘lovlari shaklida tobora ko‘proq qayta taqsimlanishga olib keladi. 
Katta budjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo‘yicha foiz to‘lovlari o‘sish 
sharoitida davlat qarzlarini to‘lash vaqtini imkon darajada cho‘zishga harakat qiladi. 
Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat o‘zining 
qisqa muddatli majburiyatlarini o‘rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U 
o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini ancha yuqori foiz bo‘yicha yangi, uzoq 
muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olishi mumkin. Bunday turdagi 
tadbirlar qisqa davrli samara berishi va vaqtincha davlatning moliyaviy ahvolini 
engillashtirishi mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz stavkasining oshishi va 
qarzlar umumiy miqdorining o‘sishi bilan bog‘liq. 
Xo‘jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o‘sishi, xalqaro 
kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o‘ziga zarur bo‘lgan moliyaviy 
resurslarni jalb qilish uchun bo‘sh pul mablag‘larining milliy chegaradan 
tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga 
keladi. Davlat tashqi qarzi – xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik 
shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz.
Tashqi qarzning me’yoridan oshib ketishi milliy iqtisodiyotning 
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar tashqi qarz bo‘yicha to‘lovlar mamlakat 
tovar va xizmatlari eksportidan tushumning ahamiyatli qismi, masalan, 20-25% dan 
oshib ketsa, bu holat mamlakatning kredit bo‘yicha reytingini pasaytirib yuboradi. 
Natijada, chetdan yangi qarz mablag‘larini jalb etish mushkullashadi. Shunga ko‘ra, 
davlatlar muntazam ravishda tashqi qarzni tartibga solish chora-tadbirlarini amalga 
oshirib boradilar. Bular qatoriga mamlakat oltin-valyuta zaxirasi hisobidan qarzlarni 
to‘lab borish; kreditorlarning qarz to‘lov muddatlarini o‘zgartirishlari, ayrim 
hollarda ularning ma’lum qismidan voz kechishlariga erishish; qarzlarni 
mamlakatdagi ko‘chmas mulklar, qimmatli qog‘ozlar, kapitalda ishtirok etish va 
boshqa huquqlarni sotish hisobiga to‘lash; xalqaro banklar va boshqa moliyaviy 
tashkilotlardan yordam olish va h.k.
Demak, davlat o‘z faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda ssuda 
kapitallarining ham milliy bozoridan, ham tashqi bozoridan qarz olishi mumkin. 
Xalqaro kreditning tez o‘sishi, kapitalning mamlakatlararo migratsiyasi 
mamlakat va mintaqalar iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligi chuqurlashuvining muqarrar 
natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning 
ehtiyojlarini qondirish, ham davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun jalb qilish 
imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu bilan birga tashqi qarzlarning o‘sishi bir 
qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o‘rinda eng asosiy muammo milliy 
iqtisodiyotning kreditor va debitor mamlakatlar iqtisodiyotiga bog‘liqligining 


141 
kuchayib borishi hisoblanib, bu jarayonni mamlakatdagi ichki moliyaviy dastaklar 
bilan nazorat qilish imkoniyati bo‘lmay qoladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin