Asosiy tayanch tushunchalar Moliyaviy munosabatlar – davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxona va
tashkilotlar hamda alohida fuqarolar o‘rtasida pul mablag‘lari fondlarining harakati
bilan bog‘liq holda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui.
Moliya tizimi – moliyaviy munosabatlar va turli darajada ularga xizmat
qiluvchi moliyaviy muassasalar majmuasi.
Davlat budjeti – davlat daromadlari va xarajatlari hamda ularni moliyaviy
ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi.
Budjet taqchilligi – davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi.
Davlat ichki qarzi – davlatning mamlakat ichida qimmatli qog‘ozlarini
chiqarish, turli nobudjet fondlaridan olgan qarzi.
Davlat tashqi qarzi – xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik
shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz.
Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga
tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi.
Takrorlash uchun savollar 1.
Moliya tizimida davlat budjetining o‘rni qanday?
128
2.
Davlat budjeti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda
qanday rol o‘ynaydi? Bunda qanday usullardan foydalaniladi?
3.
Budjet taqchilligi nima? Ijobiy va salbiy budjet taqchilligini
tushuntiring.
4.
Moliyaviy siyosat va fiskal siyosatning umumiy va farqli jihatlarini
tavsiflang.
5.
Davlatning ichki va tashqi qarzlari manbalarini izohlab bering.
6.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda budjet va soliq tizimini
takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni gapirib bering.