O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

Элек
тр
он 
сав
до 
инст
рум
ен
тл
ари
 
Электрон маълумотнома-
каталог 


127 
veb-sayt hisoblanadi. Elektron birjada tovarlar assortimenti cheklangan bo‘lib, 
ro‘yxatdan o‘tgan profillar kesimida savdolar amalga oshiriladi. Real vaqt rejimida 
bitimlar tuzish zarurligini inobatga olib, birjada qaror qabul qilish va operatsiyalar 
tezkorligi muhim ahamiyatga ega. Elektron to‘lovlar va yetkazib berish xizmatlari 
elektron birjalar faoliyati doirasiga kirmaydi.
Elektron savdo maydonchasi – birjadan tashqari elektron savdo 
operatsiyalarini amalga oshirish tizimi hisoblanadi. Elektron savdo maydonchasida 
sotib oluvchilar va sotuvchilar o‘rtasida bitimlar tuziladi. Savdo maydonchalari
qoida tariqasida, muayyan tarmoq kesimida faoliyat yuritadi. Elektron birjadan 
farqli ravishda tovarlar assortimenti cheklanmagan.
Elektron savdo markazi – bu bir nechta elektron do‘kon va kataloglarni o‘zida 
birlashtiradigan veb-saytdir. Bunda umumiy platforma orqali elektron do‘konlarda 
savdo qilinadi va himoyalangan to‘lov operatsiyalari amalga oshiriladi. Elektron 
savdo markazi umumiy savdo provayderi (tashkilotchisi) vazifasini bajaradi. Uning 
afzalligi shundaki, iste’molchilar yagona platforma orqali keng assortimentdagi 
bozorlarga kirib boradi. Bundan tashqari, elektron savdo markazi brendi ostida yangi 
elektron do‘konlar mijozlarni jalb qilish imkoniyati oshadi. 
Elektron ma’lumotnoma (katalog) – tovar yetkazib beruvchilar o‘rtasida 
tenderlar o‘tkazish uchun ixtisoslashtirilgan veb-sayt. Bu katalog ko‘rinishida 
bo‘lib, mijoz yetkazib beruvchini tanlagan holda u muzokaralar o‘tkazadi. Yetkazib 
beruvchilarni tanlab olish tovarning xususiyati, narxi, yetkazib berish shartlari
nomenklaturasi va boshqa mezonlari bo‘yicha amalga oshiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin