O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

Asosiy tayanch tushunchalar 
Moliya – pul mablag‘larining harakati, ya’ni ularning shakllanishi, 
taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan 
munosabatlar. 
Moliyaviy munosabatlar – davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxona va 
tashkilotlar hamda alohida fuqarolar o‘rtasida pul mablag‘lari fondlarining harakati 
bilan bog‘liq holda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui. 
Soliqlar – jamiyatda vujudga keltirilgan sof daromadning bir qismini budjetga 
jalb qilish shakli. 
Soliq stavkasi – soliq summasining soliq olinadigan summaga nisbatining 
foizdagi ifodasi. 


120 
 
Takrorlash uchun savollar 
1. 
Jamiyat va davlat moliya tizimlari asosiy bo‘g‘inlarining tavsifini 
bering. Moliya tizimida davlat budjetining o‘rni qanday? 
2. 
Soliqlarning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning turlarini, asosiy 
vazifalarini ko‘rsating. 
3. 
Soliq yuki nima? Uning iqtisodiyotga ta’sirini ko‘rsatib bering. 
4. 
Laffer egri chizig‘ining mazmuni nimadan iborat? 
5. 
Keyingi 
yillarda O‘zbekistonda budjet va soliq tizimini 
takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni gapirib bering.


121 
13-MAVZU: SOLIQ TO‘LASHDAN BO‘YIN TOVLASH 
1.Daromadni soliqdan ozod qilish.
2.Soliqqa tortiladigan iqtisodiy faoliyatni qasddan deklaratsiya qilmaslik. 
3.Iqtisodiyotning raqamlashuvining soliq tushumlariga ta’siri. 
1. 
Daromadni soliqdan ozod qilish. 
O‘zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat jismoniy shaxslarni soliq 
solishdan ozod qilish o‘zini o‘zi band qilgan 60 dan ziyod kasb egalari daromad 
solig‘idan ozod qilinishi haqida ma’lumot berildi. Mazkur imtiyozdan foydalanish 
uchun telefon orqali soliq idoralarini xabardor qilish kifoya. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida o‘zini 
o‘zi band qilgan aholi daromad solig‘idan ozod qilinishi aytildi. 
Pandemiya tufayli kambag‘al aholi va ishsizlar soni oshishi, oilalar daromadi 
kamayishi bois qisqa fursatda yangi ish o‘rinlari yaratish uchun kichik biznes va 
oilaviy tadbirkorlikni faol qo‘llab-quvvatlash zarurligi aytilgan. 
Yig‘ilishda tadbirkorlar huquqlari kafolatlari va mulk daxlsizligini ta’minlash 
masalasiga jiddiy e’tibor qaratildi. 
O‘zini o‘zi band qilayotgan, qo‘lida kasb-hunari bor odamlarga munosib 
sharoit yaratish maqsadida yangi tizim joriy etilishi belgilandi. Ya’ni, sartarosh, 
etikdo‘z, novvoy, temirchi, duradgor, tikuvchi, taksist, tarjimon, dizayner, 
kompyuter dasturchisi kabi o‘zini o‘zi band qilgan 60 dan ziyod kasb egalari 
daromad solig‘idan ozod qilinadi. Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun telefon 
orqali soliq idoralarini xabardor qilish kifoya. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida bunday 
fuqarolarni ro‘yxatga olish va hisobini yuritish bo‘yicha mobil ilova ishlab chiqiladi. 
Soliq kodeksining 180-moddasida daromad solig‘ini to‘lashdan to‘liq yoki 
qisman ozod bo‘lish huquqiga ega jismoniy shaxslar guruhlari belgilangan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin