Asosiy tayanch tushunchalar Iqtisodiy siyosat – bu iqtisodiyot sub’ektlarining o‘z faoliyatiga oid yo‘l-
yo‘riqlari va sa’y-harakatlarining majmuidir.
Soliqlar – jamiyatda vujudga keltirilgan sof daromadning bir qismini budjetga
jalb qilish shakli.
Soliq stavkasi – soliq summasining soliq olinadigan summaga nisbatining
foizdagi ifodasi.
Fiskal (soliq-budjet) siyosati – davlat tomonidan iqtisodiyotga ta’sir
ko‘rsatish maqsadida soliqqa tortish va davlat sarfi tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha
qo‘llaniluvchi chora-tadbirlar.
Davlat budjeti – davlat daromadlari va xarajatlari hamda ularni moliyaviy
ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi.
Budjet taqchilligi – davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi.
Laffer egri chizig‘i – davlat budjeti daromadlari va soliq stavkasi o‘rtasidagi
bog‘liqlikning tasvirlanishi.
108
Takrorlash uchun savollar 1.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning turlarini, asosiy
vazifalarini ko‘rsating.
2.
Moliyaviy siyosat va fiskal siyosatning umumiy va farqli jihatlarini
tavsiflang.
3.
Davlatning ichki va tashqi qarzlari manbalarini izohlab bering.
4.
Soliq yuki nima? Uning iqtisodiyotga ta’sirini ko‘rsatib bering.
5.
Laffer egri chizig‘ining mazmuni nimadan iborat?
6.
Keyingi
yillarda O‘zbekistonda budjet va soliq tizimini
takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni gapirib bering.
109
12-MAVZU: TAQSIMLASH ChЕGARALARI 1. Soliqqa tortishning roli.
2. Iqtisodiyot resurslarini raqobatdoshlar o‘rtasida taqsimlash mexanizmini
ta’minlash
3. Cheklovlarni aniqlash.