O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov


 Iqtisodiyotning raqamlashuvining soliq tushumlariga ta’siri



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

 
3. Iqtisodiyotning raqamlashuvining soliq tushumlariga ta’siri 
 
Jahon savdo tashkiloti doirasida “elektron savdo” tushunchasi 
telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda ishlab chiqarish, marketing, 
logistika va tovar (xizmat)larni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish jarayonlari sifatida talqin 
qilinadi . Umuman olganda, elektron savdoni amalga oshirish orqali biznesni 
masofadan boshqarish, tovar va xizmatlarni onlayn xarid qilish va ularni istalgan 
manzilga yetkazib berish, turli virtual to‘lov tizimlaridan foydalanish mumkin 
bo‘ladi. 
Elektron savdoning mohiyatini yanada kengroq anglash uchun uning quyidagi 
shakllarini alohida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq: 
- C2C (Consumer – to – Consumer): elektron savdo maydonchalaridan 
foydalangan holda iste’molchilarning iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlari. 
Bunda internet saytlari sotib oluvchi va sotuvchi o‘rtasida elektron vositachi 
vazifasini bajaradi. Elektron savdoning ushbu shaklida asosan elektronika va 
maishiy texnika vositalari, kiyimlar, oyoq kiyimlar va bolalar tovarlari sotilishi 
amaliyotda ko‘p kuzatiladi. 
- B2C (Business – to – Consumer): iste’molchilar va biznes o‘rtasidagi 
munosabatlar. Bunga internet do‘konlarni yaqqol misol tariqasida keltirish mumkin. 
- B2B (Business – to – Business): biznes sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo 
va iqtisodiy munosabatlar tizimini namoyon qiladi. 
- B2G (Business – to – Government): biznesning davlat bilan o‘zaro 
munosabatlari tizimidan iborat. Davlat xaridlari elektron portallari elektron 
savdoning ushbu shakli amal qilishining namunasidir.


125 
13.1-rasm. Elektron savdo shakllari 
Elektron savdolar ayrim xorijiy adabiyot va huquqiy hujjatlarda elektron 
tender maydonchasi, internet savdo maydonchasi deb ham ataladi. Elektron savdo 
tadbirkorlik faoliyatini elektron tarzda amalga oshirishning virtual axborot 
platformalarini o‘zida namoyon qiladi. Ma’lumki, axborot kommunikatsiya 
texnologiyalari rivojlanishining
eng istiqbolli yutuqlaridan biri bu internet global tarmog‘ining yaratilishi 
bo‘ldi. Shuningdek, elektron tizimlar va tarmoqli texnologiyalar kengayishi 
natijasida iqtisodiy faoliyatning yangi modeli elektronlashgan faoliyat va uning 
asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan elektron tijorat mexanizmlari amaliyotda faol qo‘llanila 
boshlandi. Buning natijasida tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish, sotish va 
taqsimlash jarayonlarini axborot texnologiyalarsiz tasavvur qilish ham mumkin 
bo‘lmagan taraqqiyotning yangi davrida hayot kechirmoqdamiz. Kompyuter 
tarmoqlari orqali tovarlar oldi-sotdisini amalga oshirish va pul mablag‘larini 
o‘tkazish operatsiyalarini elektron savdoning dastlabki ko‘rinishlari bo‘lsa, bugungi 
kunda elektron savdo ko‘lami va geografiyasi jihatdan bir nechta marotaba 
kengaydi. Bugungi kunga kelib elektron savdo nafaqat tovar va xizmatlar oldi-
sotdisi bilan bog‘liq tijorat operatsiyalarini amalga oshirish, balki xarajatlarni 
qisqartirish va daromadlarni oshirish, marketing tadqiqotlarini olib borish, tovar va 
xizmatlarga talabni shakllantirish, mijozlarga qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish, 
raqobatbardoshlikni ta’minlash, hamkorlar bilan ishlash munosabatlarni 
takomillashtirish singari bir qator istiqbolli yo‘nalishlar asosini belgilab bermoqda. 
Hech kimga sir emaski, istalgan tadbirkorlik sub’ektining asosiy maqsadi 
iste’molchilar talabini imkon qadar to‘liqroq qondirish va shu asosda maksimal 
daromad olishga qaratilgan bo‘ladi. Elektron savdolarda ishtirok etuvchi 
iste’molchilar ham an’anaviy savdolardagi iste’molchilardan farqli ravishda 
“iste’molchi tabiati” nuqtai nazaridan ayrim xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkinki, 
C2C (Consumer
– to – Consumer)
B2C (Business
– to – Consumer)
B2B (Business
– to – Business)
B2G (Business
– to – Government)
Электрон
савдолар 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin