O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

Asosiy tayanch tushunchalar 
Narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy 
qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasi. 
Bozor narxi – bir tomondan, tovarlarning sotilishini ta’minlovchi, boshqa 
tomondan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltirmaydigan muvozanatlashgan 
narx. 
Moliya – pul mablag‘larining harakati, ya’ni ularning shakllanishi, 
taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan 
munosabatlar. 
Davlat budjeti – davlat daromadlari va xarajatlari hamda ularni moliyaviy 
ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi. 
Budjet taqchilligi – davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi. 
Takrorlash uchun savollar 
1. 
Narxning tashkil topishi borasida qanday nazariyalar mavjud? Ularning 
afzallik va kamchilik tomonlarini ko‘rsatib bering. 
2. 
Narxning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar nimalardan 
iborat? 
3. 
Jamiyat va davlat moliya tizimlari asosiy bo‘g‘inlarining tavsifini 
bering. Moliya tizimida davlat budjetining o‘rni qanday? 
4. 
Davlat budjeti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda 
qanday rol o‘ynaydi? Bunda qanday usullardan foydalaniladi?
5. 
Budjet taqchilligi nima? Ijobiy va salbiy budjet taqchilligini 
tushuntiring. 
6. 
Keyingi yillarda O‘zbekistonda budjet va soliq tizimini 
takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni gapirib bering. 


142 
15-MAVZU: IJTIMOIY XAVFSIZLIK VA QARZLAR 
1.Oddiy ijtimoiy ta’minot tizimi.
2.Ijtimoiy himoya
3.Pensiya inqirozi. 
1. 
Oddiy ijtimoiy ta’minot tizimi. 
Mustaqillikka erishgan kundan boshlab, Respublikamizda alohida ijtimoiy
ta’minot tizimini ishlab chiqishga kirishildi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari Prezidentimiz tomonidan belgilab 
berildi. Respublikamizda amal qilayotgan pensiya tizimi “avlodlar birdamligi”
tizimi bo‘lib, 1991 yilda pensiya miqdorini ish staji davomiyligi va o‘rtacha
oylik ish haqiga uzviy bog‘lash hamda maxsus pensiya jamg‘armasi hisobidan
tizimni moliyalashtirishni amalga oshirishga harakat qilindi va davlat tomonidan 
dastlabki bosqichi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi
qonunning qabul qilinishi bilan tavsiflandi.
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat 
qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisiz qolganda davlat 
pensiyalarini tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to‘lash tartibini 
belgiladi. 
Davlat pensiya ta’minoti tizimida ushbu Qonunning 2-moddasiga asosan 
davlat pensiyalarining turlari quyidagilar hisoblandi
1. 
Yoshga doir pensiya. Ushbu pensiyani erkaklar – 60 yoshga to‘lganda 
va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda, ayollar – 55 yoshga to‘lganda va ish 
stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar. 
Yoshga doir pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan 
shaxslarga yoshga doir pensiyalar O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning 
davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni 37-moddasi birinchi qismining “a”, 
“b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 5 yil ish staji mavjud bo‘lgan 
taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi. 
Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyalar olish huquqiga O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil qarori bilan tasdiqlangan imtiyozli 
shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, 
ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 1, 2 va 3-son ro‘yxatlariga asosan 
alohida toifadagi fuqarolar egadirlar: 
1-son ro‘yxat – yoshidan qat’iy nazar; 
2-son ro‘yxat – umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirgan holda; 
3-son ro‘yxat – umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirgan holda; 
Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyalar olish huquqiga O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 maydagi 250-son qarori bilan 
tasdiqlangan imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab 
chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 1, 2 va 3-
son ro‘yxatlariga asosan alohida toifadagi fuqarolar egadirlar: 


143 
1-son ro‘yxat
2-son ro‘yxat
3-son ro‘yxat
Umumiy belgilangan yoshni qisqartirgan holda imtiyozli shartlarda pensiyaga 
chiqish huquqiga, shuningdek: 
Urush nogironlari, bolalikdan nogironlar onalari – 5 yilga qisqartirgan holda; 
liliput va pakanalar – 10 yilga qisqartirgan holda. 
Imtiyozli shartlarda pensiyalarni tayinlash tartibining asosiy shartlari 
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti 
to‘g‘risida”gi Qonunining 10-13-moddalarida aks ettirilgan. 
Qonunning 37-moddasini “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan 
kamida yigirma yillik ish staji bo‘lgan ayollar ellik to‘rt yoshga to‘lganda pensiya 
olish huquqiga ega bo‘ladilar. 
2. Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh 
nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va 
nogironlikning qancha muddatga belgilanishi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari 
(TMEK) tomonidan aniqlanadi. Ko‘rikdan o‘tkazish va kasbiy mehnat layoqatini 
yo‘qotish darajasini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2011 yil 1 iyuldagi “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari 
tomonidan 
fuqarolarni 
tibbiy 
ko‘rikdan 
o‘tkazish 
tartibini 
yanada 
takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini 
aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 195-
son qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar asosida amalga oshiriladi. 
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda bepiladigan 
nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’iy nazar tayinlanadi. 
Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik 
boshlangan paytga qadar O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat 
pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasi 2-qismida belgilangan 
ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi. 
3. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi. Vafot etgan boquvchining 
qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik 
pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. 
Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar: 
a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa 
yoki 16 yoshdan katta bo‘lsa ham 16 yoshga to‘lmasdan nogiron bo‘lib qolgan 
bo‘lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-
onasi bo‘lmasa; 
b) ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada nazarda 
tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki 1- yoki 2 - guruh nogironi bo‘lsalar; 
v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’iy nazar, ota va onadan biri yoki er 
(xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining 
bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, 3 yoshga to‘lgunga qadar 
boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa; 


144 
g) buva va buvi agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar 
bo‘lmasa; 
O‘quvchilar 18 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi 
olish huquqiga egadirlar. 
O‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan 
bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin