Asosiy tayanch tushunchalar
Narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy
qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasi.
Bozor narxi – bir tomondan, tovarlarning sotilishini ta’minlovchi, boshqa
tomondan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltirmaydigan muvozanatlashgan
narx.
Moliya – pul mablag‘larining harakati, ya’ni ularning shakllanishi,
taqsimlanishi va foydalanilishi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan
munosabatlar.
Davlat budjeti – davlat daromadlari va xarajatlari hamda ularni moliyaviy
ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi.
Budjet taqchilligi – davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi.
Takrorlash uchun savollar
1.
Narxning tashkil topishi borasida qanday nazariyalar mavjud? Ularning
afzallik va kamchilik tomonlarini ko‘rsatib bering.
2.
Narxning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar nimalardan
iborat?
3.
Jamiyat va davlat moliya tizimlari asosiy bo‘g‘inlarining tavsifini
bering. Moliya tizimida davlat budjetining o‘rni qanday?
4.
Davlat budjeti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda
qanday rol o‘ynaydi? Bunda qanday usullardan foydalaniladi?
5.
Budjet taqchilligi nima? Ijobiy va salbiy budjet taqchilligini
tushuntiring.
6.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda budjet va soliq tizimini
takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni gapirib bering.
142
15-MAVZU: IJTIMOIY XAVFSIZLIK VA QARZLAR
1.Oddiy ijtimoiy ta’minot tizimi.
2.Ijtimoiy himoya
3.Pensiya inqirozi.
1.
Oddiy ijtimoiy ta’minot tizimi.
Mustaqillikka erishgan kundan boshlab, Respublikamizda alohida ijtimoiy
ta’minot tizimini ishlab chiqishga kirishildi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari Prezidentimiz tomonidan belgilab
berildi. Respublikamizda amal qilayotgan pensiya tizimi “avlodlar birdamligi”
tizimi bo‘lib, 1991 yilda pensiya miqdorini ish staji davomiyligi va o‘rtacha
oylik ish haqiga uzviy bog‘lash hamda maxsus pensiya jamg‘armasi hisobidan
tizimni moliyalashtirishni amalga oshirishga harakat qilindi va davlat tomonidan
dastlabki bosqichi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi
qonunning qabul qilinishi bilan tavsiflandi.
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat
qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisiz qolganda davlat
pensiyalarini tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to‘lash tartibini
belgiladi.
Davlat pensiya ta’minoti tizimida ushbu Qonunning 2-moddasiga asosan
davlat pensiyalarining turlari quyidagilar hisoblandi
1.
Yoshga doir pensiya. Ushbu pensiyani erkaklar – 60 yoshga to‘lganda
va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda, ayollar – 55 yoshga to‘lganda va ish
stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.
Yoshga doir pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan
shaxslarga yoshga doir pensiyalar O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning
davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni 37-moddasi birinchi qismining “a”,
“b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 5 yil ish staji mavjud bo‘lgan
taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.
Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyalar olish huquqiga O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil qarori bilan tasdiqlangan imtiyozli
shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar,
ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 1, 2 va 3-son ro‘yxatlariga asosan
alohida toifadagi fuqarolar egadirlar:
1-son ro‘yxat – yoshidan qat’iy nazar;
2-son ro‘yxat – umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirgan holda;
3-son ro‘yxat – umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirgan holda;
Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyalar olish huquqiga O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 maydagi 250-son qarori bilan
tasdiqlangan imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab
chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning 1, 2 va 3-
son ro‘yxatlariga asosan alohida toifadagi fuqarolar egadirlar:
143
1-son ro‘yxat
2-son ro‘yxat
3-son ro‘yxat
Umumiy belgilangan yoshni qisqartirgan holda imtiyozli shartlarda pensiyaga
chiqish huquqiga, shuningdek:
Urush nogironlari, bolalikdan nogironlar onalari – 5 yilga qisqartirgan holda;
liliput va pakanalar – 10 yilga qisqartirgan holda.
Imtiyozli shartlarda pensiyalarni tayinlash tartibining asosiy shartlari
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti
to‘g‘risida”gi Qonunining 10-13-moddalarida aks ettirilgan.
Qonunning 37-moddasini “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan
kamida yigirma yillik ish staji bo‘lgan ayollar ellik to‘rt yoshga to‘lganda pensiya
olish huquqiga ega bo‘ladilar.
2. Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh
nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va
nogironlikning qancha muddatga belgilanishi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari
(TMEK) tomonidan aniqlanadi. Ko‘rikdan o‘tkazish va kasbiy mehnat layoqatini
yo‘qotish darajasini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2011 yil 1 iyuldagi “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari
tomonidan
fuqarolarni
tibbiy
ko‘rikdan
o‘tkazish
tartibini
yanada
takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini
aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 195-
son qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar asosida amalga oshiriladi.
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda bepiladigan
nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’iy nazar tayinlanadi.
Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik
boshlangan paytga qadar O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat
pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasi 2-qismida belgilangan
ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi.
3. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi. Vafot etgan boquvchining
qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik
pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi.
Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar:
a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa
yoki 16 yoshdan katta bo‘lsa ham 16 yoshga to‘lmasdan nogiron bo‘lib qolgan
bo‘lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-
onasi bo‘lmasa;
b) ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada nazarda
tutilgan pensiya yoshiga to‘lgan yoki 1- yoki 2 - guruh nogironi bo‘lsalar;
v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’iy nazar, ota va onadan biri yoki er
(xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining
bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, 3 yoshga to‘lgunga qadar
boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;
144
g) buva va buvi agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar
bo‘lmasa;
O‘quvchilar 18 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi
olish huquqiga egadirlar.
O‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan
bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar.
Dostları ilə paylaş: |