O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov


- rasm. Bozor narxning shakllanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

 
14.1- rasm. Bozor narxning shakllanishi 
Bozordagi yagona muvozanatlashgan, nisbatan uzoq vaqt barqaror amal 
qiluvchi narx sifatida talab hajmi taklif hajmiga muvofiq kelgan holdagi narx RЕ 
maydonga tushadi. Muvozanat narxi har doim ham darhol, bir zumda tarkib 
topmaydi. Unga erishishda toki talab va taklif muvozanatga kelgunga qadar bozor 
narxi atrofidagi tebranishlarni o‘z ichiga oluvchi ma’lum davrlar taqozo etilishi 
mumkin. 
2. Nomukammal raqobat turli shakllari. 
Iqtisodiyotda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida ajratib 
ko‘rsatiladi. Bular sof raqobat, sof monopoliya, monopolistik raqobat va 
oligopoliyadir. 


135 
Sof raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko‘p 
sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko‘plab 
sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. Ayni paytda, ushbu mahsulot 
xaridor va iste’molchilarining soni ham juda ko‘p bo‘ladi. Sof raqobatli bozorda 
alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan nazorat o‘rnata olmaydi yoki nazorat 
sezilarsiz darajada bo‘ladi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi 
uncha katta bo‘lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning 
ko‘payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatmaydi. Sof raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, 
tarmoqda mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. 
Xususan, yangi korxonalarning paydo bo‘lishi va ularning raqobatli bozorda 
mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy 
to‘siqlar bo‘lmaydi. 
Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo‘lganligi sababli, u mavjud 
mahsulot 
(xizmat)ning 
yagona 
ishlab 
chiqaruvchisi 
hisoblanadi 
va 
yakkahukmronlik shakllanadi. Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli 
nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy bo‘lib, u mahsulot (xizmat)ning 
yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan 
nazorat qiladi. 
Monopolistik raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini 
oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab chiqaruvchilari bir-
birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida 
raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini 
tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat 
darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo‘yicha farqlantirish orqali 
uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.
Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud 
bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisi bo‘lib, 
qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar 
hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi 
mumkin. Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari – po‘lat, mis, aluminiy, qo‘rg‘oshin, temir 
va shu kabilar fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya 
sharoitida ishlab chiqariladi. Iste’mol tovarlari – avtomobillar, kir yuvish vositalari, 
sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar 
tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi. 
Oligopoliya sharoitida korxonalar o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. 
Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o‘zining narx siyosatini mustaqil 
o‘zgartirishga botina olmaydi.
Biz qarab chiqqan raqobatning to‘rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda 
alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil 
o‘rganish, cheksiz ko‘p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir 
xil tarmoqni topish qiyinligini ko‘rsatadi. Hozirda turli darajadagi monopolistik 
tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular o‘rtasidagi raqobatning shakllari ham turli 


136 
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib bormoqda. Jumladan, turli monopollashuv 
darajasidagi tuzilmalar o‘rtasida mavjud bo‘lishiga ko‘ra quyidagi raqobat turlarini 
ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1) 
monopollashmagan korxonalar o‘rtasidagi raqobat; 
2) 
monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab 
chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat; 
3) 
turli monopoliyalar o‘rtasidagi raqobat; 
4) 
monopolistik birlashmalar ichidagi raqobat.
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda g‘irrom va halol raqobatlashuv usullari 
ham ajratib ko‘rsatiladi. Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof 
etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, 
jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga putur yetkazish va h.k.) 
usullaridan foydalanish g‘irrom raqobat deb yuritiladi. G‘irrom raqobat orqali 
firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz 
bartaraf qilishi mumkin. Banklarni, moddiy resurs ta’minotchilarini kredit va 
materiallar yetkazib berishdan voz kechishga majburlash, yetakchi mutaxassislarni 
og‘dirib olish, narxni keskin pasaytirish g‘irrom raqobatning oddiy usullaridir.
Halol raqobat – raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan iqtisodiy 
usullarni qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat 
manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo‘llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi. Shu 
o‘rinda halol raqobatning quyidagi belgilarini ham ko‘rsatib o‘tish maqsadga 
muvofiq hisoblanadi: 

qalbaki bellashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi; 

boqimandalik, befarqlik, yuzakichilik, ko‘zbo‘yamachilik kabi salbiy 
holatlarga barham beradi; 

qarindosh-urug‘chilikni, oshna-og‘aynigarchilikni, tanish-bilishlikni, 
ma’muriy-buyruqbozlikni tan olmaydi . 
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va 
narxsiz raqobat. 
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab 
chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday 
mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Uning asosiy va eng ko‘p 
qo‘llaniladigan ko‘rinishi – «narxlar jangi» deb ataladiki, bunda yirik ishlab 
chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan 
yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash uchun ishlab chiqaruvchi 
boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq 
ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi kerak bo‘ladi. 
Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo‘lib, 
mazkur tovar narxini pasaytirish imkonini beradi. 
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – demping narxlarni 
qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa 
mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past 
bo‘lgan narxlarda sotadi. Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga 


137 
erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish 
va unda o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi. 
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan 
chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‘shib berish, 
muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi. 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida 
raqobat qilish o‘z o‘rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o‘z 
mahsuloti narxini pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday harakat 
qilishiga olib keladi. Natijada firmalarning bozordagi mavqei o‘zgarmay, faqat 
tarmoq bo‘yicha foyda hajmini kamaytiradi. 
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy 
omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab 
chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi. 
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham 
bo‘lishi mumkin. Bunday holatda yangi tovarlar sifatining oshishi va iste’mol 
xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‘y 
beradi. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularni sotishni 
rag‘batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan foydalanishni 
keltirib chiqarmoqda. Iste’mol bozorlarida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish orqali 
xaridorlarni o‘ziga jalb qilish keng tarqalmoqda. 
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, 
bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‘lishi, lekin 
turli-tuman iste’mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin. 
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar 
tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari mumkin. 
Bunda dastlab, tovar narxining faqat bir qismi to‘lanadi, uning qolgan qismi esa 
shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to‘lanadi. 
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va 
texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning 
asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi 
korxonalar xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan 
iste’mol tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatishni amalga 
oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi firma o‘z mahsulotini 
shunchaki sotish bilan cheklanmasdan, balki uni o‘rnatib berish, korxona 
xodimlarini kompyuterdan foydalanishga o‘rgatish, kafolatlangan muddatda va 
undan keyingi davrda ta’mir ishlarini bajarish, texnikaviy xizmat ko‘rsatish 
kabilarni ham amalga oshiradi; mahsulot xossa va o‘lchamlarini buyurtmachi 
ehtiyojlariga yaqinlashtiradi. 
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u 
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar 
tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‘rgangan va 
iste’molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat 
kurashida yutib chiqadi. 


138 
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zlarining 
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni 
kamaytirib tovar taklifini 
qisqartiradilar. Shu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx barqarorligicha 
qolaveradi. Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo‘lgan sharoitda narxsiz 
raqobat muhim o‘rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar 
tovar sifatini oshirish, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash yo‘li bilan 
sotiladigan tovar hajmini ko‘paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy 
jihatdan kuchli bo‘lganligi sababli mahsulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta 
jihozlash va reklamaga zarur bo‘lgan mablag‘ni sarflay oladilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin