15.2-jadval.
Buyuk Britaniya asosiy davlat pensiya uchun prognozlar
Sana
O’rtacha daromadning foiz nisbati
1975
39.3
1980
39.4
1985
35.8
1990
29.1
1995
28.3
2000
25.7
Manba:
UK
Department
of
Work
an
Pensions
(www.dwp.gov.uk/asd/asd1/abstract/Abstrat2003 .pdf).
2021-yilgi davlat dasturi doirasida bu sohada qator o’zgartirishlar kiritiladi
rejalashtirildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan 2021-yil uchun davlat dasturi
loyihasi muhokamalar uchun taqdim etildi. Unga ko’ra pensiya va nafaqalar
ta’minoti tizimida 2021-yil 1-iyundan boshlab:
160
pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji
to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr -2005 yildan
avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar
asosida hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi;
uch yildan ortiq davr uchun tayinlangan yoki qayta hisoblangan pensiya
va nafaqalarni tekshirish va ular bo‘yicha ortiqcha to‘lovini undirish bekor qilinadi;
ishlovchilar tomonidan ishlamaydigan turmush o‘rtoqlari kelgusida
pensiya ta’minotiga ega bo‘lishlari uchun o‘z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har
oyda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi beriladi;
pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga ko‘ra ro‘yxatga olingan
doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi;
pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz shaklda olish uchun arizalar
fuqarolar tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasining tegishli bo‘limiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklarida
plastik kartalarni ochish jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda
rasmiylashtiriladi;
fuqarolarning pensiyaga bo‘lgan huquqi yo‘qolganligini tegishli
idoralar tomonidan taqdim etiladigan elektron ma’lumotlar asosida aniqlash orqali
to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda oluvchilar tomonidan har olti oyda Pensiya
jamg‘armasining bo‘limiga kelish yoki joyiga chiqqan holda monitoring o‘tkazish
majburiyati bekor qilinadi.
Bundan tashqari, pensiya va nafaqalar to‘g‘ri tayinlanishi hamda to‘lanishi
bo‘yicha tekshirishlar natijasida aniqlangan ortiqcha to‘lov summasining 2021-yil
1-yanvar holatiga qarzdorligi hisobdan chiqarilishi ko’zda tutilgan.
Yoshga doir pensiya olish huquqiga:
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda
ega bo‘ladilar.
Pensiya tayinlash uchun (7-modda) yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan
shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi
qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji
mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlarga
muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga
ega bo‘ladilar, chunonchi:
Yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar,
muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli ro‘yxati;
Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish
huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va
ko‘rsatkichlarning 2-sonli ro‘yxati;
Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish
huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va
ko‘rsatkichlarning 3-sonli ro‘yxati.
161
Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan
nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega.
Yoshidan qat’i nazar, quyidagilar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega
bo‘ladilar:
a) kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari bo‘lgan xodimlar — basharti, ular
ana shu ishlarda kamida 20 yil ishlagan bo‘lsalar (1-sonli ro‘yxat, I qism);
b) bevosita yerosti va ochiq kon ishlarida (shu jumladan, kon-qutqaruv
qismlarining shaxsiy tarkibi) ko‘mir, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni
qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan
xodimlar — basharti, ular ana shu ishlarda kamida 25 yil ishlagan bo‘lsalar (1-sonli
ro‘yxat, II qism);
v) uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular
xizmat qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy bo‘ysunuvidan
qat’i nazar, belgilangan xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25
yil va ayollar kamida 20 yil ado etganlari taqdirda (1-sonli ro‘yxat, III qism).
Yuqorida qayd etib o‘tilgan xodimlar salomatligiga (kasalligiga) ko‘ra uchish
ishlaridan bo‘shatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini — erkaklar kamida
20 yil va ayollar kamida 15 yil ado etgan bo‘lsalar;
g) teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari:
ijodiy ish staji kamida 20 yil bo‘lganda (1-sonli ro‘yxat, IV qism);
ijodiy ish staji kamida 25 yil bo‘lganda (1-sonli ro‘yxat, V qism);
ijodiy ish staji kamida 30 yil bo‘lganda (1-sonli ro‘yxat,VI qism);
d) sportchilarning ayrim toifalari — ish staji kamida 20 yil bo‘lganda (1-sonli
ro‘yxat, VII qism).
Oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar ushbu Qonunning 7-
moddasida belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga
ega bo‘ladilar:
a) yerosti ishlarida, mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda to‘liq ish
kuni davomida band bo‘lgan xodimlar (2-sonli ro‘yxat, I qism):
erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib
o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda;
ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lib, bundan kamida 7 yilu 6 oyi ko‘rsatib
o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda.
Yer osti ishlaridagi mehnat staji erkaklarda 10 yildan kam va ayollarda 7 yilu
6 oydan kam bo‘lgan hollarda xodimlarga bu ishlardagi har bir to‘liq yil uchun ushbu
Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi 1 yilga qisqartiriladi.
Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda — erkaklar kamida 5 yil,
ayollar kamida 3 yil 9 oy — ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-
moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi shunday ishda band bo‘lingan har bir
to‘liq yil uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi;
b) sirklar va konsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari ijodiy ishdagi
staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda (2-sonli ro‘yxat, II qism).
162
Oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar ushbu Qonunning 7-
moddasida belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga
ega bo‘ladilar:
a) urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
b) mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band
bo‘lgan xodimlar (3-sonli ro‘yxat, I qism):
erkaklar — ish staji kamida 25 yil bo‘lib, bundan kamida 12 yilu 6 oyi
ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda;
ayollar — ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib
o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda.
Mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda — erkaklar kamida 6 yilu 3 oy,
ayollar kamida 5 yil — ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-
moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi erkaklarning bunday ishdagi har 2 yilu 6
oyi uchun va ayollarning bunday ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan holda
tayinlanadi;
z) bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha
tarbiyalagan bo‘lsa — ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda. Basharti, ayol o‘gay
o‘g‘il va o‘gay qizni ular 8 yoshga to‘lguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan bo‘lsa,
pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi;
k) nogiron bolalar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, “Mehribonlik”
uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o‘qituvchilari — maxsus ish
staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda (3-sonli ro‘yxat, VII qism);
l) ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o‘rta tibbiy xodimlari
— maxsus ish staji qishloq joyda kamida 25 yil va shaharlarda kamida 30 yil bo‘lgan
taqdirda (3-sonli ro‘yxat, VIII qism);
m) qariyalar, nogironlar va yolg‘iz fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda bevosita
band bo‘lgan ijtimoiy xodimlar (3-sonli ro‘yxat, IX qism):
erkaklar — maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — maxsus ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda.
Qonun 37-moddasining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan
kamida yigirma yillik ish staji bo‘lgan ayollar ellik to‘rt yoshga to‘lganda pensiya
olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 15 yilga qisqartirilgan holda
pensiya olish huquqiga gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda
tuzilishida mutanosiblik buzilgan pakanalar:
erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo‘lganda;
ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lganda ega bo‘ladilar.
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar,
xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar
hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan
ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:
erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;
ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda
pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
163
Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh
nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Sog‘lig‘ini yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga qarab,
nogironlikning uch guruhi aniqlanadi.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va
nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tasdiqlaydigan ular to‘g‘risidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-mehnat
ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi.
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan
nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi.
Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik
boshlangan paytga qadar quyidagicha ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi:
Dostları ilə paylaş: |