O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

2.
 
Ijtimoiy himoya 
Odatda, ijtimoiy ta’minot tizimi ishsizlik davrida, sog‘ligi yomonlashganda 
yoki nogironlikda daromad manbai bo‘ladi, shuningdek nafaqaxo‘rlar uchun pensiya 
shaklida moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi. 
Tizimlarning ijtimoiy himoyasi mamlakatlarda farq qilsa-da, bu elementlar 
barcha rivojlangan iqtisodiyotda mavjud. Ushbu bobda nafaqaxo‘rlar uchun 
moliyaviy yordamning iqtisodiy tomonlariga qaratilgan. Ketma-ket avlodlar 
aylanishi iqtisodiyotda buning uchun ideal yechim bo‘ladi. 
Iqtisodiy jihatdan ijtimoiy ta’minot tizimining ta’minlovchi qismini tahlil 
qilamiz ishsizlik yoki sog‘lig‘i yomon bo‘lgan paytlarda yordam berish noaniqlik va 
sug‘urta masalalari bilan bog‘liq. Xususan, ishsizlik va sog‘liqdagi yomon holat 
sifatida ko‘rish mumkin bo‘lganlarni ijtimoiy xavfsizliklarini ta’minlash sug‘urta 
tizimining vazifasidir. Aksincha, pensiya yoshiga yetganidan keyin pensiyasiyaga 
chiqish kamida qo‘shimcha variant bo‘lishi mumkin. Shuning uchun sug‘urta asosiy 
muammo emas (to‘plangan boylik moliyalashtirishi mumkin). 
Buning o‘rniga, pensiya bilan bog‘liq masalalar resurslarni potensial avlodlar 
o‘rtasida uzatishdir va iqtisodiyotda tejash xatti-xarakatiga ta’siridir. Ikkala 
muammo ham aniq vaqt doirasida yechimni tashkil etishni talab qiladi. 
Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda pensiya tizimlari"pensiya inqirozi"deb 
ataladigan bosimi ostida qolgan. Bu inqiroz ildizlari tizimlarni loyihalashda va aholi 
strukturasini o‘zgarishi jarayonida yotadi. 
Ushbu inqirozning potensial ko‘lami pensiya tizimini isloh qilishning hozirgi 
kunda eng dolzarb iqtisodiy siyosatning vazifalaridan ekanligini ifodalaydi. 


152 
Pensiya tizimlarining muqobil shakllarini ta’riflanganidan so‘ng, pensiya 
inqirozi tavsiflangan. Bu pensiya va pensiya badallari bilan bog‘liq nisbati 
tushunchasini joriy qiladi.
Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy tahlili uning iqtisodiyot muvozanatiga ta’sirini 
o‘rganishdan boshlanadi. Avlodlar ketma-ketligi pensiya iqtisodiyotini joriy 
etilishi, uning raqobat jarayonida qanday qilib samarasiz bo‘lishi mumkinligini 
ko‘rsatdi. Samarasizlik salohiyati samaradorlikni oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish 
siyosatiga imkoniyat ochadi. Shu nuqtai nazardan, biz ijtimoiy ta’minlash 
samaradorlikni oshirish uchun foydalanish mumkin yoki yo‘qligini ko‘rib chiqamiz. 
Ijtimoiy ta’minot dasturi samaradorlikni oshirishi mumkin ekanligini, asosiy kapital 
darajasida ijtimoiy ta’minot ta’siridan tushunish mumkin.
Ijtimoiy ta’minot dasturi majburiy shaklda tejash bo‘lsa, iste’molchilar 
albatta, ko‘proq ikkinchi davrda daromad olish uchun, tejamkorlikni oshirib, 
kapitalni oshirishni dasturini ishlab chiqarishni tanlagan bo‘lardi. Bu iqtisodiyotning 
yetarli darajada kapitallashuvi mavjud bo‘lmagan sharoitida foydali bo‘ladi. 
Aksincha, dastur shunchaki ishlayotgandan olib pensiyaga chiqqanga 
berishga moslashgan bo‘lsa, jamg‘arish darajasi pasayadi, shuningdek, kapital 
darajalari ham kamayadi. Ushbu kuzatishlar ijtimoiy ta’minot dasturlarini, 
iqtisodiyotni oltin qoidasiga olib kelishi mumkin bo‘lgan izlanishlarga undaydi. 
Tug‘ilish darajasining tushib ketishi pensiya inqirozining sabablaridan biridir. 
Tug‘ilish darajasining o‘zgarishi farovonlik darajasiga qanday ta’sir qilishini ko‘rib 
chiqish, iqtisodiyotining barqaror holati avlodlar ketma-ketligi bilan ta’minlanishini 
o‘rganish juda qiziq masala. Bu savolni ijtimoiy ta’minot dasturi mavjudligida ham 
yo‘qligida ham, tug‘ilish darajasi iste’mol imkoniyati chegarasining tuzilishiga 
qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganamiz. Ijtimoiy ta’minot iqtisodiyot uchun yaxshi 
bo‘lishi mumkin, lekin, dasturni davom ettirish, siyosiy iqtisod masalalari bilan 
bog‘liq. Dasturning tuzilishi bilan bajarilishi kuzatilganda amalda pensionerlar 
birinchi avlod uchun keyingi avlodlardan resurslarni, mablag‘larni o‘tkazishga olib 
keladi (ular qabul qiling, lekin hissa qo‘shmang). Bunday dastur odatda qanday 
qo‘llab-quvvatlanadi degan savolni ko‘taradi chunki, bu har bir avlodda mablag‘ 
qabul qilish, olish , lekin hissa qo‘shmaslik uchun rag‘bat bor. Yakuniy tahliliy 
Rikardiya ekvivalentligi tushunchasi va uning ijtimoiy ta’minotga ta’siri savolini 
ko‘rib chiqishdan iborat. Rikardian ekvivalentligi – kuzatishlar natijasi ya’ni 
iste’molchilar o‘z xulq-atvorini o‘zgartirish orqali hukumat harakatlarini qoplash 
(kompensatsiyalash) imkoniga ega ekanligidir. Buning ijtimoiy ta’minot uchun 
qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini va argumentning cheklovlarini 
ko‘rsatib o‘tamiz. Nihoyat, tahliliy material qurib chiqib, ijtimoiy ta’minot 
dasturlarini isloh qilish to‘g‘risida bildirilgan ayrim takliflarni o‘rganib chiqishga 
o‘tamiz. 
Tizimlarning turlari. 
Ijtimoiy ta’minot tizimining belgilovchi xususiyatlaridan biri pensiyalar 
jamg‘arma fondidan to‘lanadimi yoki joriy soliq badallaridanmi kabi masalaga 
to‘xtalib o‘tish zarur. Bu xususiyat to‘liq moliyalashtiriladigan va pullik ijtimoiy 
ta’minot tizimlari o‘rtasida farqni tashkil qiladi. Bu ikki shakllar orasida iqtisodiy 


153 
samaralar, samaradorlik va taqsimlash jihatidan ham, tizimning sezilarli farqlari 
mavjud. 
Ijtimoiy ta’minot dasturi doirasida, o‘z-o‘zini ish bilan band quluvchi 
shaxslar, soliq orqali joriy to‘lovlar orqali nafaqaga chiqganlar uchun pensiya bilan 
ta’minlashda o‘z hissasini ko‘shadi.
Har qanday vaqtda tizimga qo‘shilgan badallar tizimi tomonidan yaratilgan 
pensiya to‘lovlariga mos kelishi kerak. Hozirda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk 
Britaniya va boshqa ko‘plab mamlakatlar amal qilayotgan ijtimoiy ta’minot tizimlari 
ushbu shaklga mosdir. 
Saralash "keng", chunki ishlatiladi, masalan, amerika tizimi ba’zi aktivlar 
bilan va qisqa muddatli yetishmovchilik, kamomadni yopish imkoniyaga ega 
bo‘lishi mumkin, lekin u aktivlar faqat juda qisqa muddatda to‘lovlarni 
moliyalashtiradi. Har qanday vaqtda, ish haqi tizimi Pensionerlar tomonidan 
olinadigan pul = ishchi-xodim To‘lovlari tengligini ta’minlab turadi. 
Pensionerlar oladigan pul = ishchi-xodim To‘lovlari (15.1)
Bu tenglikni ishchi va pensionerlar soni bo‘yicha ifodalash mumkin 
Β R = τ E, (15.2) 
bu yerda, τ-har bir xodimning o‘rtacha ijtimoiy ta’minotdagi hissasi,
β-o‘rtacha pensiya miqdori,
Ye - ish bilan band xodimlar soni,
R - pensiyadagilar soni. 
Agar aholining doimiy o‘sish sur’ati ega bo‘lsa, ishchi kuchi doimiy bir necha 
marotaba pensiyadagi aholidan ortiq bo‘lishi, u holda E = [1 + n]R. Buning 
yordamida (15.2) beradi 
βR = τ [1 + n] R, yoki 
β = [1 + n] τ. (15.3) 
Bu nisbat, yoshlikda to‘lanadigan soliq, keksayib pensiya sifatida 
qaytarilishidan avval n stavka bo‘yicha foiz olishini nazarda tutadi. Binobarin, badal, 
soliq orqali daromadni shakllantiradigan to‘lov asosida pensiya tizimi, aholi o‘sish 
sur’ati bilan belgilanadi. 
To‘liq moliyalashtiriladigan tizimda har bir xodim soliq orqali ijtimoiy 
ta’minotga soliq orqali hissa qo‘shadi, va bu hissa ijtimoiy ta’minot dasturi 
tomonidan investitsiya qilinadi. 
Shunday qilib, dastur har bir xodim uchun pensiya jamg‘armasini yaratadi. 
Pensiyaning umumiy miqdori nafaqaga chiqqan xodim tomonidan olingan hissasi 
va investitsiyadan olingan daromadga teng. Bunday dastur tengliklarni 
qanoatlantiradi 


154 
Pensiyalar = ijtimoiy ta’minotga soliq + foiz = investitsiya + daromadlilik. 
(15.4) 
Ushbu cheklovning natijasi shundaki, fond r stavkasida foiz oladi, shuning 
uchun pensiya va soliq bilan bog‘liq 
β = [1 + r] τ. (15.5) 
To‘liq moliyalashtiriladigan ijtimoiy ta’minot tizimi har bir xodimni kamida 
ular to‘laydigan soliqqa teng miqdorni ijtimoiy ta’minotga ajratishga majbur qiladi. 
Agar xodim ushbuni amalga oshirishga jazm qilsa, ko‘proq jamg‘arish imkoniga ega 
bo‘ladi. Agar ijtimoiy ta’minot bo‘lmasa, barcha xodimlar, dastur tomonidan 
undiriladigan soliqdan ortiqcha, ma’lum bir miqdorni tejashga qaror qilsalar, keyin 
bu doimiy bo‘lsa, davlat jamg‘arma tizimining ekvivalent miqdorini xususiy 
jamg‘armalar bilan almashtiradi. Bunday holda, to‘liq moliyalashtiriladigan tizim 
muvozanat natijaga ta’sir qilmaydi. Biz bu kuzatishni rikardo ekvivalentligi 
muhokamasida ko‘rib o‘tamiz.
Umumiy jihatdan turli investitsiyalar imkoniyatlar doirasida qaraganda, 
xususiy jamg‘armalarni foyda me’yori, davlat jamg‘armalaridan farq qilishi 
mumkinligini hisobga olish kerak. Qachon to‘liq moliyalashtiriladigan tizim 
muvozanatni ta’sir qilishi mumkin, bunday holat sodir bo‘lishi mumkin.
Bunday holat pensiya islohoti tahlili jarayonida yuzaga kelishi mumkin. 
Tizimning bu ikki shaklini bir-birlariga qarama-qarshi qo‘yib shuni ta’kidlash 
mumkin, ish haqi tizimi resurslarni joriy ishchilardan joriy nafaqa oluvchilarga 
berishni ifodalasa, to‘liq moliyalashtiriladigan tizim har bir avlod uchun eng yaxshi 
qayta taqsimlanishiga olib kelishi mumkin. Bu kuzatish ikki tizimda ham 
farovonlikka aytarli farqlanadigan oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin, ular quyidagi 
bo‘limlarda o‘rganiladi. Bundan tashqari, imkoniyatga qarab to‘lash tizimi hissasi 
bo‘yicha n daromadlilikka ega, to‘liq moliyalashtiriladigan tizim r daromadlilikka 
ega. r hosilga ega. Bu daromadlar qachonki iqtisodiyot Oltin qoida bo‘yicha 
taqsimlash darajasida bo‘lmasa farq qiladi.
Bu ikki ekstremum (qutb) orasiga tushadigan tizimlar to‘liq 
moliyalashtirilmagan deyiladi. Bunday tizimlar muayyan investitsiyalar qilishadi, 
lekin har qanday davrda amalga oshirilgan to‘lovlar soliq to‘lovlari plyus qilingan 
investitsiyalardan daromaddan ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin. 
To‘lovlar va daromad o‘rtasidagi farq pensiya jamg‘armasi investitsiya qilish 
kerak yoki kerak emasligini o‘z ichiga oladi. 
Aholining kam ta'minlangan va zaif qatlamlarini ijtimoiy yordam tizimiga 
kiritish va ularning mehnat bozoridagi ishtirokini kengaytirish mexanizmlarini 
takomillashtirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya 
vazirligi bilan birgalikda Jahon banki ishtirokida "Аholini ijtimoiy muhofaza qilish 
tizimini mustahkamlash" loyihasini amalga oshirmoqda. 


155 
O'zbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o'rtasida 2019 yil 
19 iyuldagi 6446-UZ-sonli 50 million AQSh dollari miqdoridagi kredit 
mablag'larini ajratish uchun moliyalashtirish shartnomasi imzolandi. 
Loyiha Jahon banki vitse-prezidentining 2019 yil 18-19 iyul kunlari 
O'zbekistonga tashrifi chog'ida kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha "Yo'l 
xaritasi" hamda XTU/XTB bilan 2020-21 yillar uchun hamkorlik dasturi doirasida 
amalga oshirilmoqda. 
Loyihani amalga oshirish muddati 5 yildan iborat. (2020-2024). 
Loyiha qashshoq oilalarning mehnatga layoqatli ishsiz a'zolari, aholi 
bandligiga ko'maklashish markazlarida (ABKM) ro'yxatdan o'tgan ishsizlar va 
boshlang'ich tadbirkorlarga ko’maklashishga qaratilgan. 
Ushbu loyiha uchta tarkibiy qismdan iborat: 
I. Ijtimoiy yordam tizimini modernizatsiya qilish. Bunga: 
a) yagona ijtimoiy reyestrni joriy etish va joylashtirish, shuningdek miliiy 
ijtimoiy reyestrga o'tish; 
b) kam ta'minlangan oilalar uchun ijtimoiy nafaqalar samaradorligini oshirish 
orqali ijtimoiy yordam tizimini mustahkamlashni qo'llab-quvvatlash; 
c) pul nafaqasini to’lab berishdagi pilot loyihani ishlab chiqish, amalga 
oshirish va baholashni qo'llab-quvvatlash; 
d) ijtimoiy nafaqalar tizimining nazorati, hisobdorligi va shaffofligini 
oshirishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar kiradi. 
II. Mehnat bozorini jonlantirishga qaratilgan dasturlarning samaradorligini 
oshirish, shu jumladan: 
a) yangi biznesni boshlash uchun subsidiyalarni oluvchilarga, shuningdek 
ishsizlar uchun imtiyozli mikrokreditlar oluvchilarga o'z biznesining rentabelligi va 
muvaffaqiyatini oshirishga qaratilgan ta’lim dasturlari; 
b) bandlik va tadbirkorlikni rag'batlantirishga, shuningdek ish beruvchilar va 
ishsizlarga subsidiyalar berish orqali ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan mehnat 
bozori dasturlarini amalga oshirishni moliyaviy qo'llab-quvvatlash; 
c) yagona milliy mehnat tizimini (YMMT) takomillashtirish, shu jumladan 
milliy vakansiyalar platformasi bilan integratsiyalash, BMMV AT bo'limlari 
salohiyatini oshirish va ABKMlardagi AKT resurslarini modernizatsiya qilish; 
d) ABKMlarga bandlikka ko’maklashish daturlari va xizmatlarini ko’rsatish 
uchun xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini qamrab olish, mehnat inspeksiyasini 
kuchaytirish, zamonaviy IT-texnologiyalaridan foydalangan holda xatolar va 
suiiste'molliklarni kamaytirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishda 
texnik yordam ko’rsatish; 
e) 
xizmat 
oluvchilarning 
profillashning 
va 
shaxsiy 
yondashuv 
metodologiyasining samarali vositalarini ishlab chiqish, ABKM xodimlari uchun 
muntazam treninglar. 
III. Loyihani monitoring qilish va boshqarish, shu jumladan: 
a) mehnat bozoridagi aralashuvlar monitoringini kuchaytirish, mavjud 
dasturlarning ta'sirini baholashda Mehnat vazirligi qoshidagi Respublika ilmiy 
markazining salohiyatini oshirish, malakali kadrlarga bo'lgan talabni o'rganish, 


156 
mehnat organlarining ish jarayonlarini baholash, dasturlarning benefitsiarlari 
o’rganishga qaratilgan chora-tadbirlar; 
b) loyihaning barcha uchta komponentlarining monitoringini o’tkazish va 
boshqarish bo’yicha tadbirlar. 
Oʻzbekistonda ijtimoiy sohaga jamiyat eʼtiborini kuchaytirish, manzilli 
ijtimoiy himoyani kafolatlash davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan 
biridir. Ayniqsa, soʻnggi yillarda mazkur sohada mamlakatimizda beqiyos ishlar 
amalga oshirildi. Bunda Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017–2021-
yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi 
boʻyicha Harakatlar strategiyasi muhim dasturilamal boʻlayotir. Ijtimoiy sohaga oid 
qator huquqiy hujjatlar, maqsadli dasturlar qabul qilindi. 
Bundan tashqari, joriy yilda koronavirus tarqalishi tufayli global inqiroz 
holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini kamaytirish, aholi va 
tadbirkorlik subyektlarini manzilli qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-
tadbirlari yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan va oʻta muhim vazifalarni oʻz ichiga 
olgan huquqiy hujjatlar qabul qilinib,pandemiya oqibatlarini yumshatishga erishildi. 
Hech bir sohani uning qonunchilik asoslarini mustahkamlamasdan turib, 
rivojlantirib boʻlmaydi. Shu maʼnoda, soʻnggi uch yilda Oliy Majlis tomonidan 
ijtimoiy sohaga oid 30 dan ziyod qonun qabul qilingani soha taraqqiyotida muhim 
omil boʻldi. “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning 
reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida”gi, “Ilm-fan va ilmiy faoliyat 
toʻgʻrisida”gi, “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir. 
Joriy yilda esa Qonunchilik palatasi tomonidan “Nogironligi boʻlgan 
shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi, “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi qonunlar qabul 
qilinib, Senatga yuborildi. Parlamentimiz tomonidan 10 dan ortiq xalqaro 
shartnoma, xususan Xalqaro mehnat tashkilotining 4 ta konvensiyasi ratifikatsiya 
qilindi. 
Shuningdek, keyingi yillarda kambagʻallikka barham berish, aholi sogʻligʻini 
saqlash, ayniqsa, xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashish, gender 
tenglikni taʼminlash kabi muhim sohalardagi ishlarni tashkil etishning huquqiy 
asoslarini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 
Birgina 2019-yilda ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun davlat 
byudjetidan umumiy xarajatlarning 53,8 foizi miqdorida mablagʻ sarflandi. Bu 
xarajatlar YAIMga nisbatan 12,4 foizni tashkil etdi. Ushbu xarajatlarning 93,5 foizi 
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari hissasiga toʻgʻri 
keldi. Ijtimoiy sohani rivojlantirish sohasida aholi bandligini taʼminlash va yangi ish 
oʻrinlarini tashkil etishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Shuningdek, xotin-
qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish borasida tizimli ishlar amalga 
oshirilmoqda. Xususan, tegishli dasturga asosan, 2019-yilda ogʻir turmush 
sharoitida yashayotgan 13 ming 44 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlandi. 
Dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik kuzatilayotgan bugungi murakkab 
davrda mamlakatimizda inson manfaatlarini barcha narsadan ustun qoʻyib, amalga 
oshirilayotgan bunday xayrli ishlar xalqimizning turmush farovonligini yuksaltirish, 
oilalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 


157 
Bunday ezgu ishlar tizimli asosda davom ettirilishi yurt taraqqiyotini yana-da 
jadallashtirishda oʻz samaralarini beraveradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin