3. Budjet cheklovlari.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalar
va maqsadlarni amalga oshirishda davlat budjeti muhim ahamiyat kasb etadi. Biz
davlat budjetini maxmun mohiyatini anglash orqali qanday budjet cheklovlari
mavjud bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
Umumdavlat moliyasi davlat budjetini, ijtimoiy sug‘urta fondini hamda davlat
mol-mulk va shaxsiy sug‘urtasi fondini, soliq tizimini o‘z ichiga oladi. Davlat pul
mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat budjeti moliya
tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Davlat budjeti – bu davlat
daromadlari va xarajatlar hamda ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik
rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat budjeti orqali
o‘tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali
rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun
sharoit yaratishdir.
Davlat budjetining ikki tomoni bo‘lib, bir tomonida budjetga kelib tushadigan
daromadlar tarkibi va ularning manbalari, ikkinchi tomonida esa asosiy
xarajatlarning tarkibi va miqdori o‘z ifodasini topadi.
O‘zbekistonda davlat budjetining tuzilishi, daromadlari va xarajatlarining
tarkibi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi 14.1-jadval.
139
14.1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromadlari tarkibi
(YAIMga nisbatan %da)
Daromadlar qismi
tarkibi
Xarajatlar qismi
tarkibi
Shu jumladan:
Shu jumladan:
To‘g‘ri soliqlar
Ijtimoiy sohaga
Egri soliqlar
Ijtimoiy himoyaga
Mulk solig‘i va resurs
to‘lovlari
Iqtisodiyot uchun xarajatlar
Ijtimoiy
infratuzilmani
rivojlantirish uchun soliq
Markazlashtirilgan investitsiyalarni
moliyalashtirish xarajatlari
Davlat hokimiyati, boshqaruv va sud
organlariga xarajatlar
B
o
s
h
q
a
d
a
r
o
m
a
d
l
a
r
Boshqa xarajatlar
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari.
Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo‘lishini taqozo
qiladi. Lekin ko‘pchilik hollarda davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan
ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida budjet taqchilligi ro‘y beradi. Bu holning
sabablari ko‘p bo‘lib, ularning ichida davlatning jamiyat hayotining barcha
sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy
vazifalarining kengayishi alohida o‘rin tutadi. Budjet taqchilligining o‘sishi yoki
kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YAIM)ga nisbatida aniq
namoyon bo‘ladi.
Budjet taqchilligining o‘zgarishi xo‘jalik kon’yunkturasidagi joriy
tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi,
inqirozlar davrida davlat budjet mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum
sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan
tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo‘ladi. O‘rnatilgan
xalqaro standartlarga ko‘ra budjet taqchilligi YAIMning 5% darajasidan oshmasligi
lozim. Budjet taqchilligi, asosan, davlat qarzi hisobiga qoplanadi.
Davlat qarzi ichki va tashqi qarzlardan iborat bo‘ladi. Davlat ichki qarzi – bu
davlatning mamlakat ichida zayomlar va boshqa qimmatli qog‘ozlarini chiqarish,
turli nobudjet fondlari (sug‘urta fondi, ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash fondi, pensiya
fondi) dan qarz olish ko‘rinishidagi qarzlari.
Budjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko‘rinishlaridan
biri davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor
sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi.
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu
davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish
jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo‘sh
turgan pul mablag‘larini jalb qiladi.
140
Davlat o‘z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki
ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga
pulning tovar hajmining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha miqdorini
chiqaradi. Mazkur holda, davlat budjetini moliyalashtirish pul muomalasiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri inflyatsion ta’sir ko‘rsatadi. Pul massasining o‘sishi jamiyat
haqiqiy boyligining ko‘payishi bilan birga bormaydi.
Davlat qarzlarining to‘xtovsiz ko‘payib borishi, milliy daromadni foiz
to‘lovlari shaklida tobora ko‘proq qayta taqsimlanishga olib keladi.
Katta budjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo‘yicha foiz to‘lovlari o‘sish
sharoitida davlat qarzlarini to‘lash vaqtini imkon darajada cho‘zishga harakat qiladi.
Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat o‘zining
qisqa muddatli majburiyatlarini o‘rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U
o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini ancha yuqori foiz bo‘yicha yangi, uzoq
muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olishi mumkin. Bunday turdagi
tadbirlar qisqa davrli samara berishi va vaqtincha davlatning moliyaviy ahvolini
engillashtirishi mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz stavkasining oshishi va
qarzlar umumiy miqdorining o‘sishi bilan bog‘liq.
Xo‘jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o‘sishi, xalqaro
kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o‘ziga zarur bo‘lgan moliyaviy
resurslarni jalb qilish uchun bo‘sh pul mablag‘larining milliy chegaradan
tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga
keladi. Davlat tashqi qarzi – xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik
shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz.
Tashqi qarzning me’yoridan oshib ketishi milliy iqtisodiyotning
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar tashqi qarz bo‘yicha to‘lovlar mamlakat
tovar va xizmatlari eksportidan tushumning ahamiyatli qismi, masalan, 20-25% dan
oshib ketsa, bu holat mamlakatning kredit bo‘yicha reytingini pasaytirib yuboradi.
Natijada, chetdan yangi qarz mablag‘larini jalb etish mushkullashadi. Shunga ko‘ra,
davlatlar muntazam ravishda tashqi qarzni tartibga solish chora-tadbirlarini amalga
oshirib boradilar. Bular qatoriga mamlakat oltin-valyuta zaxirasi hisobidan qarzlarni
to‘lab borish; kreditorlarning qarz to‘lov muddatlarini o‘zgartirishlari, ayrim
hollarda ularning ma’lum qismidan voz kechishlariga erishish; qarzlarni
mamlakatdagi ko‘chmas mulklar, qimmatli qog‘ozlar, kapitalda ishtirok etish va
boshqa huquqlarni sotish hisobiga to‘lash; xalqaro banklar va boshqa moliyaviy
tashkilotlardan yordam olish va h.k.
Demak, davlat o‘z faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda ssuda
kapitallarining ham milliy bozoridan, ham tashqi bozoridan qarz olishi mumkin.
Xalqaro kreditning tez o‘sishi, kapitalning mamlakatlararo migratsiyasi
mamlakat va mintaqalar iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligi chuqurlashuvining muqarrar
natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning
ehtiyojlarini qondirish, ham davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun jalb qilish
imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu bilan birga tashqi qarzlarning o‘sishi bir
qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o‘rinda eng asosiy muammo milliy
iqtisodiyotning kreditor va debitor mamlakatlar iqtisodiyotiga bog‘liqligining
141
kuchayib borishi hisoblanib, bu jarayonni mamlakatdagi ichki moliyaviy dastaklar
bilan nazorat qilish imkoniyati bo‘lmay qoladi.
Dostları ilə paylaş: |