O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov


-MAVZU: VAQTINCHALIK SAMARADORLIK



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

14-MAVZU: VAQTINCHALIK SAMARADORLIK 
1. Bozor narxlari.
2. Nomukammal raqobat turli shakllari.
3. Budjet cheklovlari. 
1. Bozor narxlari. 
Vaqt iqtisodiy faoliyatning eng muhim tarkibiy qismidir. Vaqt o‘tishi bilan 
iste’molchilarning tug‘ilish va o‘limi bor, shuningdek, sotib olish, amortizatsiya va 
oxir-oqibat eskirish. U yangi mahsulotlar va ishlab chiqarish jarayonlari qanday 
joriy etilayotganligi, qarz olish va jamg‘arishni rag‘batlantiradi. Shuningdek, vaqt 
xukumat oldiga, ijtimoiy ta’minotni yaxshilanishi davlat siyostiga va iqtisodiy 
o‘sishiga ta’siri xususida yangi va muhim masalalarni ilgari suradi.
Raqobatli iqtisodiyot statistik nuqtai-nazardan iqtisodiy samaradorlik 
mustahkam asosini ta’minladi. Ushbu jihat samaradorlikni pasayishi tahliliga 
asoslangan bo‘lib unga nisbatan siyosiy tadbirlarni o‘zida mujassam etgan. 
Narx – bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U o‘zining 
vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal 
qilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot 
turli tarmoq va sohalari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari bo‘yicha taqsimlanishiga, 
aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab 
chiqaruvchilarni rag‘batlantirib, sog‘lom raqobat muhitining yaratilishiga katta 
ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu bobda narxning iqtisodiy mazmuni va vazifalari, shakllanish 
tamoyillari, narx darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, narx turlari batafsil bayon 
etiladi. Shuningdek, turli darajadagi raqobat sharoitida narxning shakllanish 
xususiyatlari, davlatning narx siyosati va uning O‘zbekistondagi o‘ziga xos jihatlari 
ham ko‘rib chiqiladi. 
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o‘zlarining namoyon bo‘lishini narxda 
topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa 
iste’molchilarni rag‘batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal 
qiladi. 
Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, lekin doimo bir-birini taqozo 
etadigan, birisiz ikkinchisi bo‘lmaydigan ikki xususiyatga, ya’ni ma’lum bir 
naflilikka (iste’mol qiymatiga) va qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki 
xususiyat birligidan iborat ekanligi o‘quvchiga oldingi boblardan ma’lum. Oldingi 
o‘rinlarda biz tovarning qiymati har qanday sarflarni emas, balki mavjud sharoitda 
shu tovarni ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish, ya’ni ijtimoiy-
zaruriy naflilikni yaratish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni ifoda 
etishini aytib o‘tgan edik. Narxlar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki 
xil xususiyatning, ya’ni ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik birligini, bunda iste’mol 
qiymati (naflilik) qiymatni o‘zida olib yuruvchi moddiy asos ekanligini to‘g‘ri 
hisobga olmaslik natijasida narx mazmuni turli olimlar va oqimlar tomonidan 
turlicha aniqlanmoqda va unga turlicha ta’rif berilmoqda. Buning ustiga narxning 


130 
darajasiga (yuqori yoki past bo‘lishiga), uning o‘zgarishiga turli xil omillar ta’sir 
qiladiki, bu ham masalani to‘g‘ri tushunishni bir oz chigallashtiradi. Masalan, ingliz 
klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g‘oyalarida hamda oldingi siyosiy iqtisod 
darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo‘lsa, marjinalizm 
yo‘nalishidagi va hozirgi davrdagi P.Samuelson, K.Makkonnell va S.Bryularning 
«Ekonomiks» darsliklarida, shuningdek, yaqinda chop etilgan ayrim iqtisodiyot 
nazariyasi darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarida tovar narxining asosini uning 
nafliligi, aniqroq aytganda, qo‘shilgan miqdor nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda 
so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga alohida e’tibor beriladi. Uchinchi guruh 
olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri 
o‘zlaricha turli dalillar topib, o‘z g‘oyalarini isbotlashga harakat qiladilar. 
Rosiyada chop etilgan bir qator «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida 
tovarning ikki xil xususiyati va binobarin, har ikki nazariyaning mohiyati, mazmuni 
va ularning narxni to‘g‘ri aniqlashdagi roli beriladi, lekin narxning asosida nima 
yotishi haqida aniq fikr berilmaydi. 
Alohida tovarlarga qilingan mehnat sarflari turlicha bo‘lib, ulardan ayrimlari 
ijtimoiy mehnat sarfi sifatida to‘liq tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, 
uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, 
bozordagi mavjud narxlarga mehnat sarflari yoki qiymatning aynan o‘zi deb qarash 
noto‘g‘ridir. Chunki unga mehnat sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada 
narx qiymatdan past yoki yuqori bo‘lishi mumkin. Jumladan, o‘zgarib turuvchi talab 
va taklif ta’siri ostida biror tovarning bozor narxi tebranib, uning qiymatidan u yoki 
bu tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham qiymat – narx nisbatiga xuddi talab 
va taklif kabi ta’sir ko‘rsatadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, xaridor u yoki bu 
tovarni sotib olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning 
iste’mol xususiyatlari o‘zining ehtiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, ya’ni 
uning nafliligini ham hisobga oladi. Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan 
bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy 
qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining 
o‘zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qimmatga egaligini 
ko‘rsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx o‘zida faqatgina 
qiymat yoki naflilikning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini 
va ularning ma’lum miqdorini pul ko‘rinishida ifoda etadi. Tovardagi ikki xususiyat 
birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo‘lmaydi. Chunki 
tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste’mol qiymati) 
tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi tovar ishlab chiqarish 
sarflarini qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha ko‘proq foyda olishni ta’minlashi 
mumkin bo‘lgan qiymatni pul shaklida o‘zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha 
sarflayotgan pulining har bir birligiga ko‘proq naflilik (iste’mol qiymati) olishga 
harakat qiladi. Ularning manfaatlari to‘g‘ri kelgan nuqtada, darajada narx o‘rnatilib, 
tovar-pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo‘ladi.
Tovarning narxi ma’lum bir iqtisodiy jarayonni ifoda etuvchi mustaqil ilmiy 
tushuncha ekanligi, tovarning ikki xususiyatiga asoslanishini, ular bilan 
chambarchas bog‘liqlikda o‘zgarishini ko‘rish mumkin. Undan tashqari, hozirgacha 


131 
iqtisodiy fanlarda real hayotda turli-tuman tovarlar va xizmatlar nafliligini, ularning 
o‘zgarishini bir ko‘rsatkichga keltirib hisoblashning pul ko‘rinishidan boshqa 
o‘lchami topilgan emas. Naflilikning marjinalistlar tomonidan kiritilgan shartli 
o‘lchami – yutil (inglizcha utility – naflilik) ham turli tovarlar nafliligi hisobini olib 
borishga qodir emas. Bulardan xulosa qilib aytish mumkinki, narx – real bozor 
iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy 
nafliligining puldagi ifodasidir. 
Bu yerda shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, narxda alohida olingan ishlab 
chiqaruvchilarning individual sarflari emas yoki alohida olingan individual 
shaxslarning psixologik jihatdan naflilikka bergan bahosi ham emas, balki jamiyat 
tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bo‘lgan miqdorda va 
sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (iste’mol qiymat) o‘z ifodasini 
topadi. Tovarlar va xizmatlar uchun qilingan ijtimoiy sarflarning asosli ravishda 
o‘sishi yoki tovar va xizmatdagi sifat ko‘rsatkichlarining o‘sishi ushbu tovar 
narxining oshishiga olib keladi. Masalan, avtomobil dvigatelida ot kuchining 
oshishi, saloni, boshqaruv tizimi va tezligida bo‘lgan o‘zgarishlar uning narxi 
oshishiga sabab bo‘ladi. Chunki shu o‘zgarishlar bilan bir vaqtda unga sarflangan 
xarajatlar ham oshgan bo‘ladi. Bunday ikki tomonlama o‘zgarishlar natijasida 
narxlarning o‘zgarishi hamma tovarlar va xizmatlarga xosdir. Narx tovar va 
xizmatlardagi ikki xususiyatning puldagi ifodasi sifatida, ularning o‘zgarishi 
natijasida o‘zgaradi.
Narxning mazmunini to‘laroq tushunishda, uning darajasiga ta’sir etuvchi 
omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari –bo‘lib qiymat yoki 
ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif 
nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati va h.k. hisoblanadi.
Hozirgi davrda iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha chop etilayotgan ko‘plab 
darslik va o‘quv qo‘llanmalarda narx darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar qatorida 
pulning qadr-qimmati e’tibordan chetda qolmoqda. Holbuki, pulning qadr-
qimmatining o‘zgarishi ham narx darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu, ayniqsa, 
milliy valyutani chet el valyutalariga ayirboshlash nisbatining o‘zgarishi orqali 
yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Masalan, 1 AQSH dollari 1300 so‘mga teng bo‘lgan 
chog‘da 10 dollar turuvchi qandaydir tovarning narxi 13000 so‘m bo‘ladi. Agar 
so‘mning qadri oshib, 1 dollar 1000 so‘mga tenglashsa, u holda shu tovarning narxi 
10000 so‘m bo‘ladi. Narx darajasiga boshqa omillarning ta’siriga alohida 
to‘xtalmasa ham bo‘ladi. Chunki soliq miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, narx darajasi 
shuncha yuqori bo‘lishi hammaga ayondir. Narxning iqtisodiy mazmuni uning 
vazifalari ko‘rib chiqilganda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. 
Narx bozorda talab va taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni 
muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi – bu muvozanatlashgan narx bo‘lib, u 
birinchidan, tovarlarning sotilishini ta’minlaydi, ikkinchidan, bozorda tovarlar 
taqchilligini yuzaga keltirmaydi.
Bozor holati (kon’yunkturasi) talab va taklif hamda ularning nisbatiga bog‘liq. 
Talabning ortishi muayyan tovarni ishlab chiqarishni kengaytirishni, askincha 
holatda esa tovar ortiqchaligini, uni ishlab chiqarishni qisqartirish zarurligini 


132 
bildiradi. Bozor narxi tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ularning daromadlari 
orqali ta’sir ko‘rsatadi. Muayyan ishlab chiqarish xarajatlari saqlangan holda narx 
yuqori bo‘lsa, foyda miqdori ortadi, narx tushsa, foyda kamayadi va hatto ishlab 
chiqaruvchilar zarar ko‘rishi ham mumkin. Bu ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga 
ta’sir ko‘rsatadi. Bozorda narx oshsa, ishlab chiqarish kengayadi. Boshqa kapitallar 
ham foyda yuqori bo‘lgan soha va tarmoqlarga oqib kela boshlaydi. Xullas, narx 
ishlab chiqarishni tartibga solib, uni o‘zgartirib turadi va rivojini ta’minlaydi.
Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish 
sharoitlarining xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi 
darajasidagi farqlar narx turlarini farqlash zaruratini tug‘diradi. Iqtisodiyotda amal 
qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narxlar tizimida ularning 
ayrim turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha qarab chiqamiz.
Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta miqdordagi tovarlar bir 
yo‘la ko‘tarasiga sotilganda qo‘llaniladigan narx. Ulgurji narx ishlab chiqaruvchilar 
va ta’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning ma’lum 
miqdorda foyda ko‘rishini ta’minlashi zarur. Ulgurji narx tovar birjalari va savdo 
uylarida ham qo‘llaniladi. 
Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular 
tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx. Shartnoma narx odatda 
shartnoma bitimi amal qilib turgan davrda o‘zgarmaydi. Mazkur narx ham milliy, 
ham xalqaro bozorlarda qo‘llaniladi. U xalqaro bozorda qo‘llanilganda tovar 
(xizmat)larning jahon narxlariga yaqin turadi. 
Chakana narx – tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narx. Chakana 
narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va 
ularning oladigan foydasi kiradi. Chakana narx tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni 
bog‘lovchi rolini o‘ynaydi hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past bo‘lishi 
mumkin. 
Davlatning narxlarni tartibga solish faoliyati chegaralangan (limitlangan) va 
dotatsiyalangan narxlarni vujudga keltiradi. Chegaralangan narx – davlat tomonidan 
yuqori va quyi chegaralari belgilanib, shu doirada o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx. 
Bunday narx yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narx darajasini nazorat 
qiladi. Dotatsiyalangan narx – davlat budjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan 
narx. Bunday narxdan kam daromadli oilalar, beva-bechoralar, ishsiz va 
nogironlarni hayotiy zarur ne’matlar bilan eng kam darajada ta’minlab turishda 
foydalaniladi. 
Demping narx – bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini 
bozordan siqib chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx. 
U «bozorga kirib olish narxi» deb ham ataladi. Demping narxda rasmiy narxning bir 
qismidan kechib yuboriladi.
Nufuzli narx – sotish hajmini o‘zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish 
uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx. Bu narxni qo‘llash uchun bozorda 
raqobat cheklangan bo‘lib, monopol vaziyat mavjud bo‘lishi zarur. Mazkur 
vaziyatda talab narxga bog‘liq bo‘lmaydi, shu sababli narxning ko‘tarilishi tovar 
sotilishini keskin kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori daromad 


133 
oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli 
narxlarda sotiladi. Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami 
uchun dala hovliga ega bo‘lish, mashhur kurortlarda dam olish, so‘nggi nusxadagi 
kiyimlar kiyish, yangi modeldagi avtomashinada yurish – martabali yoki obro‘talab 
iste’mol hisoblanadi. Martabali iste’mol nufuzli narxlarni yuzaga keltiradi. Ular 
odatdagi narxlardan ancha yuqori bo‘ladi. Nufuzli narxlarni qo‘llashda tovarlarni 
ishlab chiqarish xarajatlari va rentabellik darajasi, bozordagi talab, uning o‘zgarishi 
va bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab, ma’lum 
davrgacha o‘zgarmaydigan qat’iy (standart) narx va o‘zgaruvchan narx qo‘llaniladi. 
Shunday tovarlar borki, iste’molchilar ularning narxi o‘zgarmasligini afzal ko‘radi. 
Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati tariflari shunday narxlar jumlasiga 
kiradi. 
Erkin bozor narxi – bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor 
narxidir. Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda erkin narx jamiyat 
va bozor munosabatlari barcha sub’ektlari manfaatlarini eng maqbul tarzda 
uyg‘unlashtirishga imkon beradi. 
Narx diapazoni narxlar oralig‘ining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, 
o‘rta va yuqori narxlarni o‘z ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik keng bo‘lsa, 
tovar muomalasi shunchalik tez yuz beradi, chunki talab bilan narx o‘zaro 
bog‘lanadi. 
Bozor ko‘lami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro 
narxlar mavjud bo‘ladi. Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo‘lib, u 
shu hudud doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo‘ladi. Milliy bozor narxi bir 
mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxdir. 
Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarf-xarajatlarni, milliy bozordagi talab 
va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi. Jahon 
bozori narxi muayyan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan baynalminal 
xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro 
bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi. 
Narxning xilma-xil turlari mavjud bo‘lsada, ular bir-biri bilan o‘zaro 
bog‘langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi 
o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati degan tushuncha bor, u 
narx pariteti deb ham yuritiladi. Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir-biriga bog‘liq 
bo‘lganidan narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi metall narxiga, 
metall narxi mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxi tarkibiga kiradi, chunki bu 
narxlarning har biri o‘zidan keyingi mahsulot xarajatlarini shakllantiradi. Bozorga 
shunday o‘ziga xos tovarlar chiqadiki, ular ko‘pchilik sohalarda ishlatiladigan eng 
muhim iqtisodiy resurslar hisoblanadi. Bular metall, neft, ko‘mir, gaz, yog‘och, 
bug‘doy, paxta kabi tovarlar bo‘lib, ular narxining o‘zgarishi butun narxlar nisbatini 
o‘zgartiradi. 
Bozor narxi erkin shakllanadigan yoki tashkil topish xususiyatlarini tadqiq 
etgan dastlabki iqtisodchilardan biri A.Marshall hisoblanadi. Uning fikricha, bozor 
narxini shakllanishi jarayonida ikki xil, ya’ni sotuvchi va xaridor narxlari mavjud 
bo‘ladi. Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi darajalari mavjud. 


134 
Sotuvchi o‘z tovari narxining imkon qadar yuqori bo‘lishidan manfaatdor, chunki 
bunday narx uning foydasi hajmini oshiradi. Sotuvchi narxining eng past darajasi 
shu tovarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni qoplashi kerak. Xaridor 
tovarni eng past narxda sotib olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor 
sharoitida uning ham tovar sotib ololmay qolish xavfi mavjud bo‘ladi.
Sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi qulay narxga erishish borasidagi kurash har 
ikki narxning mosligi ta’minlangunga, ya’ni bozor narxi paydo bo‘lgunga qadar 
davom etadi. Shunday qilib, sotuvchining narxi tomonidan ishlab chiqarish 
xarajatlari, xaridor narxi tomonidan esa so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligi 
maydonga tushib, ularning nisbati asosida bozor narxi paydo bo‘ladi. Bu holatni 
Marshall shunday ifodalaydi: «…«ishlab chiqarish xarajatlari» prinsipi hamda 
«so‘nggi qo‘shilgan naflilik» prinsipi, shubhasiz, yagona talab va taklif umumiy 
qonunining tarkibiy qismi hisoblanib, ulardan har birini qaychining bitta kesuvchi 
tomoniga qiyoslash mumkin» . Talab va taklifning muvozanati bozor narxning 
shakllanishiga muvofiq keladi 14.1 - rasm. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin