126
elektron savdoni tashkil etayotgan tadbirkorlik sub’ektlari savdolarda ana shu
iste’molchi tabiati omillarini ham inobatga olishi maqsadga muvofiq. Bunda
elektron savdolar an’anaviy savdolarga nisbatan o‘zining qator xususiyatlariga ega,
jumladan:
-
bozordagi umumiy vaziyat va talabga tezkorlik bilan moslashish;
-
muomala xarajatlari, shu jumladan, saqlash, tashish, sotish
va personal xarajatlarini iqtisod qilish;
-
bozor(iste’molchi)larning geografik joylashuvi bilan bog‘liq
noqulayliklarni istisno etish.
Shu o‘rinda elektron savdoning instrumentlariga ham alohida to‘xtalib o‘tish
joizdir. Amaliyotda elektron savdoning eng ko‘p uchraydigan instrumentlari (turlari)
quyidagilardan iborat (13.2-rasm).
13.2-rasm. Elektron savdo instrumentlari (turlari)
Elektron do‘kon – bu ixtisoslashtirilgan veb-sayt bo‘lib, u orqali tovar va
xizmatlarni sotish va sotib olish amalga oshiriladi. Elektron do‘konda tovarlarni
tanlash, buyurtmalarni rasmiylashtirish, elektron to‘lovlarni amalga oshirish va
yetkazib berish xizmatlaridan foydalanish mumkin.
Elektron auksion – an’anaviy auksiondagi lotlar bo‘yicha savdolar jarayonini
o‘zida aks ettiradigan veb-sayt hisoblanadi. Elektron auksionlar ikki xil ko‘rinishda
amalga oshiriladi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri va teskari auksionlar. To‘g‘ridan – to‘g‘ri
auksionlarda eng yuqori narxni belgilagan holda iste’molchilar raqobatlashsa,
teskari auksionda tovarga eng past narxni belgilagan holda sotuvchilar bellashadi.
Savdolar onlayn rejimida amalga oshadi. Lekin, elektron do‘kondagi kabi elektron
to‘lovlar qilish va tovarlarni yetkazib berish xizmatlaridan foydalanish unchalik
muhim ahamiyatga ega emas.
Elektron birja – elektron birja savdosi operatsiyalarini o‘tkazish tizimidir. Bu
ham an’anaviy birjadagi lotlar bo‘yicha savdolar jarayonini o‘zida aks ettiradigan
Электрон дўкон
Электрон аукцион
Электрон биржа
Электрон савдо
майдончаси
Электрон савдо маркази
Dostları ilə paylaş: