O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

3. Cheklovlarni aniqlash. 
O‘zbekiston Respublikasida qonun hujjatlari bilan tovarlar eksporti, importini 
taqiqlash hamda cheklash belgilanishi mumkin va ular quyidagi maqsadlarni 
ko‘zlaydi: 
O‘zbekiston Respublikasi xalqining madaniy merosini saqlash; 
madaniy boyliklarni noqonuniy olib chiqish, olib kirish va ularga bo‘lgan 
mulk huquqlarini boshqaga o‘tkazishdan himoya qilish; 
O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansini saqlab turish; 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish; 
tiklab bo‘lmaydigan tabiiy resurslar tugatilishining oldini olish; 
O‘zbekiston Respublikasining boshqa manfaatlarini himoya qilish. 
Tovarlarning ayrim turlarini eksport va import qilish faqat ularni olib kirish 
yoki olib chiqish uchun tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olinganidan keyin amalga 
oshiriladi. Tovarlar ayrim turlarining eksporti va importini amalga oshirish uchun 
litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organlar 
tomonidan beriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim tovarlar turlarini 
eksport va import qilishga nisbatan miqdoriy cheklovlar (kvotalar) belgilashi 
mumkin. 
Kvotalarni taqsimlash, qoida tariqasida, tanlov yoki kim oshdi savdosi asosida 
amalga oshiriladi. 
Eksport va import qilinishi, litsenziyalanishi hamda kvotalanishi zarur 
bo‘lgan tovarlar ayrim turlarining ro‘yxati, shuningdek, litsenziyalarni berish va 


119 
kvotalarni taqsimlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadi. 
Tovar importining ko‘payganligiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan muhofaza choralari qo‘llanilishi mumkin. 
Muhofaza choralarining qo‘llanilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
Demping narxlaridagi tovar importiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan antidemping bojlari qo‘llanilishi mumkin. 
Antidemping bojlarining qo‘llanilish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
Subsidiya bilan ta’minlangan tovar importiga nisbatan O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan kompensatsiya bojlari 
qo‘llanilishi mumkin. 
Kompensatsiya bojlarining qo‘llanilish tartibi qonun hujjatlari bilan 
belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlar O‘zbekiston 
Respublikasida belgilangan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, 
veterinariya-sanitariya, fitosanitariya va ekologiya standartlari, talablari, qoidalari 
va normalariga muvofiq bo‘lishi lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi hududiga: 
ko‘rsatilgan standartlar, talablar, qoidalar va normalarga mos kelmaydigan 
tovarlarni; 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sertifikatga, markirovkaga yoki 
muvofiqlik belgisiga ega bo‘lmagan tovarlarni olib kirish taqiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining hududida erkin iqtisodiy zonalar uchun tashqi 
iqtisodiy faoliyatning alohida tartibi (bojxona, valyuta, soliq va boshqalar) 
o‘rnatilishi mumkin bo‘lib, u erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
bilan tartibga solib turiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi bojxona bojlari, soliqlar va ularga teng kuchga ega 
bo‘lgan yig‘imlarni bekor qilishga, tovarlarni eksport va import qilishning miqdoriy 
cheklovlariga, tovarlarning erkin harakat qilishi yo‘lidagi boshqa to‘siqlarni bekor 
qilishga qaratilgan erkin savdo to‘g‘risida xorijiy davlatlar bilan xalqaro 
shartnomalar tuzishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin