O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov


Iqtisodiyot resurslarini raqobatdoshlar o‘rtasida taqsimlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

2. Iqtisodiyot resurslarini raqobatdoshlar o‘rtasida taqsimlash 
mexanizmini ta’minlash 
 
Resurslarni 
samarali 
taqsimlash 
– bu cheklangan resurslardan 
foydalanishning bir qancha muqobil variantlardan eng maqbulilini tanlashni 
bildiradi. 
Resurslarni samarali taqsimlash iqtisodiyotning markazida turuvchi 
masalalaridan biridir. 
Iqtisodiy sub’ektlarning alohida va jamoaviy extiyojlari ishlab chiqarish 
imkoniyatlaridan yuqori turadi. Chunki, extiyoj darasiga nisbatan resurslar miqdori 
cheklangan va resurslardan foydalanishning turli variantlari nazarda tutiladi, bu esa 
maqbul tanlov muammosini yuzaga keltiradi. Tanlov jarayonida agentlar, 
iste’molchilar va jamiyat nafaqat xarajat va naflilikni taqqoslashga duch keladi 
balki, boshqa imkoniyatlardan voz kechish bilan bog‘liq bo‘lgan muqobil xarajatlar 
ham mavjud.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx signallaridan foydalangan holda 
markazlashmagan tanlov amalga oshiriladi. Raqobatli iqtisodiyotda narxning ortishi 
tovarga bo‘lgan talabni ortganini namoyon etadi, bu o‘z navbatida firmalar foydani 
ko‘paytirish imkoniyatiga ega bo‘lganligi bilan jozibadordir. Talab yuqori bo‘lgan 
tovarlarni ishlab chiqarish uchun firmalar boshqa soha va tarmoqlardan ishchi kuchi 
va kapital resurslarni oqib o‘tishiga imkon beradi. Bundan tashqari firmalar bozorga 
kirishlari jarayonida texnologiyalar darajasini takomillashtirishadi. 
Bozor iqtisodiyoti ushbu muammoni hal etishdagi hatti-xarakati eng 
mukammal bo‘lmasligi mumkin, bular quyidagilar bilan izohlanadi: 
1. 
Monopoliya va har qanday ko‘rinishdagi nomukammal raqobat 
firmalarda bozor xukmronligini paydo bo‘lishi, namoyon etishiga sabab bo‘ladi. 
Ular tovar sifatini mos holda yaxshilamasdan, narxni oshirish imkoniga ega. 
2. 
Ijtimoiy ne’matlar – alohidalik xususiyatiga ega bo‘lmagan resurslar, 
ya’ni ulardan foydalanish to‘lovlar to‘lash kerakligi bilan cheklovlarni yuzaga 
keltiradi. Shu sabab yuqori talab bo‘lishiga qaramay firmalarni ularni yetarli 
miqdorda ta’minlay olmaydi. 
3. 
Eksternallar – ishlab chiqarish va iste’moldan olinadigan naflilik va 
xarajatlar, uchinchi shaxslargi nasib etishi. Masalan, patent tizimni mavjud emasligi 
kashfiyot, yangi texnologiyalardan olinadigan naflilikka boshqalar ega bo‘lishi 
mumkin, bu esa talab bo‘lishiga qaramasdan firma foydasini kamaytiradi va 
innovatsiyaga bo‘lgan intilishni barbod qiladi.


115 
Bunday holatlar davlat tomonidan korrektirovka kilinishini ya’ni tartibga 
solinishini talab qiladi. 
Xozirgi zamon rifvojlangan bozor iqtisodiyotida, davlat iqtisodiy siyosati 
hisobiga alohida iqtisodiyot sektorlarini rag‘batlantirishga xarakat qiladi. Misol 
tariqasida quyidagilarni kertirishimiz mumkin: 
1. 
Ijtimoiy ne’matlar taklifi. 
2. 
Alohida tarmoqlarga soliq imtiyozlarini berish. 
3. 
Antimonopol tartibga solish. 
4. 
Eksternallarni bartaraf etish (masaoan, Pigu solig‘i). 
Iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo‘llar bilan 
amalga oshiriladi: 
tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizini shakllantirish va 
takomillashtirish; 
valyuta bilan tartibga solish; 
soliq bilan tartibga solish; 
tarif va notarif tartibga solish; 
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga rioya etilishi uchun 
himoya, kompensatsiya va dempingga qarshi choralarni qo‘llash; 
tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash, shu jumladan, 
miqdoriy cheklovlar o‘rnatish hamda tovarlarning ayrim turlari eksport va import 
qilinishi ustidan davlat monopoliyasini o‘rnatish; 
eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab qilinadigan 
hujjatlarning to‘liq ro‘yxatini belgilash; 
olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni sertifikatlash; 
texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, 
fitosanitariya, ekologiya standartlari, talablari, qoidalari va normalarini belgilash; 
tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlari uchun preferensiya va imtiyozlar berish. 
Davlat jamiyat aʼzolari oʼrtasida daromadlarni qayta taqsimlashda soliq 
imtiyozlarini belgilash orqali soliq tizimidan ham keng foydalanadi.
Bozor mexanizmining resurslarni qayta taqsimlashdagi layoqatsizligi ikki 
holatda koʼrinadi, yaʼni raqobatli bozor tizimi: 1) maʼlum tovarlar va xizmatlarning 
kam miqdorini ishlab chiqaradi; 2) ishlab chiqarishi oʼzini oqlagan ayrim tovarlar 
va xizmatlarga resurslarning har qanday turini ajratish holatida boʼlmaydi.
Resurslarning qayta taqsimlanishi tovarlarni ishlab chiqarish yoki isteʼmol 
qilish bilan bogʼliq foyda yoki zarar uchinchi tomonga, yaʼni bevosita xaridor yoki 
sotuvchi hisoblanmaganlar tomonga «siljigan» chogʼda vujudga keladi. Bu 
qoʼshimcha samara deb ataladi, chunki u bozor qatnashchisi hisoblanmaganlar 
hissasiga toʼgʼri keluvchi foyda yoki zararni ifodalaydi. Bunga atrof-muhitning 
ifloslanishini misol qilib keltirish mumkin. Kimyo korxonasi oʼzining sanoat 
chiqindilarini koʼl yoki daryoga oqizsa, bu ushbu suv havzasida choʼmiluvchilar, 
baliqchilar va atrofdagi aholiga zarar keltiradi. Ishlab chiqaruvchi esa atrof-muhitni 
muhofazalovchi inshoot va qurilmalar oʼrnatmaslik hisobiga oʼz ishlab chiqarish 
xarajatlarining ancha past darajasini taʼminlaydi. Resurslarning nomutanosib 


116 
taqsimlanishi natijasida vujudga keladigan bunday holatlarni tartibga solish uchun 
davlat qonunchilik tadbirlarini qoʼllaydi yoki maxsus soliq va jarimalardan 
foydalanadi. Masalan, atrof-muhit va suv havzalarining ifloslanishini taqiqlovchi 
yoki cheklovchi qonunlar ishlab chiqaruvchilarni oʼzlarining sanoat chiqindilarini 
ishlab chiqarish jarayonida ifloslangan suvni tozalovchi qurilmalar sotib olish va 
oʼrnatish bilan yoʼqotishga majbur qiladi. Shuningdek, davlat maxsus soliqlarni 
kiritish orqali atrof-muhitning ifloslanishidan boshqalarga kelishi mumkin boʼlgan 
zararni korxonalarning oʼziga yuklashga harakat qiladi.
Davlat bir qator yoʼllar bilan resurslarning nomutanosib taqsimlanishi keltirib 
chiqaradigan oqibatlarni yumshatishga ham harakat qiladi. Birinchidan, 
isteʼmolchilarning muayyan tovar va xizmatlarni xarid qilish qobiliyatini oshirish 
yoʼli bilan ularning talabi kengaytiriladi. Masalan, respublikamizda bozor 
munosabatlariga oʼtishning dastlabki davrida oziq-ovqat mahsulotlariga talon tizimi 
joriy etilishi past daromadli oilalarning oziq-ovqat mahsulotlariga boʼlgan talabini 
oshirdi va shu orqali resurslarning nomutanosib taqsimlanishini bartaraf qildi. 
Ikkinchidan, davlat taklifni oshirish maqsadida ishlab chiqarishni subsidiyalashi 
mumkin. Subsidiyalar ishlab chiqaruvchilarning zararlarini qisqartiradi va 
mahsulotlar ishlab chiqarishda resurslarning yetishmasligi muammosini bartaraf 
qiladi. Uchinchidan, davlat ayrim tovarlar va ijtimoiy neʼmatlarning ishlab 
chiqaruvchisi sifatida chiqadi. Bunday tarmoqlar davlat mulkiga asoslanadi va 
davlat tomonidan bevosita boshqariladi yoki ularni moliyalashtirishni davlat oʼz 
zimmasiga oladi. Fan, taʼlim, sogʼliqni saqlash, milliy mudofaa, favqulodda roʼy 
beradigan tabiiy hodisalarga qarshi kurash, ichki tartibni saqlash shular 
jumlasidandir.
Davlat byudjet mablagʼlari hisobiga resurslarni xususiy sohada 
qoʼllanilishdan boʼshatadi hamda ularni ijtimoiy neʼmat va xizmatlar ishlab 
chiqarishga yoʼnaltirishi mumkin. Shunday qilib, davlat mamlakat milliy mahsuloti 
tarkibida muhim oʼzgarishlarni amalga oshirish maqsadida resurslarni qayta 
taqsimlaydi. 
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, yaʼni iqtisodiyotning barcha sohalarini 
resurslar bilan taʼminlash, toʼla bandlik va narxlarning barqaror darajasiga 
erishishda yordam berish hamda iqtisodiy oʼsishni ragʼbatlantirish davlatning eng 
muhim vazifasi hisoblanadi. 
Tabiiy resurslardan foydalanish shartlari 
Tabiiy resurslardan foydalanishga tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlariga rioya etish, tabiat majmualari yaxlitligini saqlab qolish, jonli 
tabiat obyektlarining yashash va o‘sish muhiti buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, boshqa 
tabiiy resurslardan foydalanuvchilarning huquqlarini buzmaslik sharti bilan yo‘l 
qo‘yiladi. 
Tuproqdan foydalanish shartlari 
Tuproq deyilganida yer qobig‘ining tiriklik uchun foydalaniladigan va 
o‘simliklar bilan birga amal qiladigan yuzadagi unumdor qatlami tushuniladi. 
Tuproqdan uning unumdorligini pasaytirmagan holda tabiiy va madaniy 
o‘simliklardan hosil olish uchun foydalaniladi. 


117 
Tuproqning inshoot ostida qoladigan gumusli qatlami boshqa joylarda 
hosildorlikni oshirish uchun olib ketilishi kerak. 
Yer osti boyliklari va foydali qazilmalardan foydalanish shartlari 
Yer osti boyliklari va foydali qazilmalardan foydalanishga quyidagi shartlar 
asosida yo‘l qo‘yiladi: 
qazib olishda yer osti boyliklari va foydali qazilmalar hamda ularga qo‘shilib 
chiqadigan boshqa tabiiy resurslardan kompleks va tejamli foydalanish ta’minlansa, 
shuningdek atrof-muhit va yer qa’ri ifloslanishining oldi olinsa; 
foydali qazilmalarni qazib olish chog‘ida holati o‘zgargan yerlar 
rekultivatsiya qilinsa; 
qayta tiklanadigan foydali qazilmalardan tabiiy qayta tiklanishiga 
erishiladigan darajadagina foydalanilsa; 
yer osti boyliklaridan va keng tarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish 
sohasida belgilangan qoidalarga rioya etilsa; 
foydali qazilma konlarini ishga solish loyihalari bo‘yicha, shuningdek mineral 
xomashyoni qazib olish va qayta ishlash korxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish 
hamda kengaytirish loyihalari yuzasidan davlat ekologik ekspertizasining ijobiy 
xulosasi mavjud bo‘lsa; 
yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya mavjud 
bo‘lsa yoki yer qa’ri uchastkalarini foydalanishga berish nazarda tutilgan mahsulot 
taqsimoti to‘g‘risidagi bitim mavjud bo‘lsa; 
foydali qazilmalarning yuzasini olishda hosil bo‘ladigan va sig‘diradigan 
jinslar ag‘darmalari, saqlagichlar, terrikonlar ularning atrof-muhitga eng kam 
darajada zararli ta’sir ko‘rsatishi ta’minlangan holda joylashtirilsa. 
Suvlar va suv havzalaridan foydalanish shartlari 
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yer usti, yer osti va dengiz suvlaridan 
zarur miqdordagi suvning tabiiy aylanishini saqlash, uning normativda ko‘rsatilgan 
darajada tozaligini ta’minlash, suv o‘simliklari va hayvonlarini asrash, suv 
havzalarining ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularda ekologiya muvozanatini saqlash 
va suv havzasiga landshaft elementi sifatida ziyon yetkazmaslik sharti bilan yo‘l 
qo‘yiladi. 
Mahalliy hokimiyat idoralari, o‘rmon va suv xo‘jaligi idoralari daryo 
irmoqlari hosil bo‘ladigan joylarda, suv havzalari sohili mintaqalarida daraxtzorlarni 
tiklashlari va dov-daraxtni ko‘paytirishlari hamda ularning saqlanishini 
ta’minlashlari shart. 
Atmosfera havosidan foydalanish shartlari 
Atmosfera havosi deyilganida O‘zbekiston Respublikasi hududi ustidagi havo 
bo‘shlig‘i tushuniladi. Havodan foydalanishga muayyan hudud havosining sifatini 
o‘zgartirmaslik, uni belgilangan normativlardan ortiq darajada ifloslantirmaslik yoki 
siyraklashtirmaslik sharti bilan yo‘l qo‘yiladi. 
Xalqaro bitimga muvofiq vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlar, xususiy shaxslar ozon qatlamiga zararli ta’sir etuvchi kimyoviy 
moddalar ishlab chiqarish hamda bunday moddalardan foydalanishni qisqartirishlari 
va kelgusida batamom to‘xtatishlari shart. 


118 
Jonli tabiat obyektlaridan foydalanish shartlari 
Jonli tabiat deyilganida tabiiy o‘simliklar, shu jumladan o‘rmon, tabiatda 
erkin yashaydigan hayvonlar va boshqa jonli organizmlar tushuniladi. 
Jonli tabiat obyektlaridan: 
ularning qayta tiklanish qobiliyatini saqlash; 
ularning xilma-xil turini va to‘dalarining barqarorligini saqlash; 
atrof tabiiy muhitning biologik jihatdan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik sharti 
bilan foydalaniladi. 
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish shartlari 
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda olib boriladi. 
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning atrof muhitga xavfsizligi 
uchun chiqindilarning mulkdorlari javob beradilar. Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni 
amalga oshirish obyektlarini tegishli hududga joylashtirish masalalarini mahalliy 
davlat hokimiyati organlari hal qiladi. 
Tabiiy resurslardan foydalanish huquqidan mahrum etish
Tabiiy resurslardan foydalanish talablarini muttasil buzadigan foydalanuvchi 
tabiiy resurslardan foydalanish huquqidan mahrum etilishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin