v
c
h
i
s
i
n
i
y
o
’
q
o
t
g
a
n
l
i
k
pensiyasi
145
g) har ikkala ota-onasini yo‘qotgan bolalarga (chin yetimlarga) boquvchisini
yo‘qotganlik pensiyasi uchun yoki vafot etgan yolg‘iz onaning bolalariga har bir
bola uchun - pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining
30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida.
Pensiya tayinlash uchun talab qilinadigandan ortiq ish stajining har bir to‘liq
yili uchun pensiyalarning bazaviy miqdorlari:
a) yoshga doir pensiyalar - pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan
o‘rtacha oylik ish haqining 1 foiziga;
b) I va II guruhlar nogironlariga nogironlik pensiyalari - pensiyani hisoblash
uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foiziga; (15.2-rasm)
15.2-rasm. Tayinlanadigan pensiya miqdorining tarkibi
v) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari oilaning har bir mehnatga layoqatsiz
a’zosiga - boquvchi o‘rtacha oylik ish haqining 0,5 foiziga oshiriladi.
15.3-rasm. O‘rtacha pensiyaning tashkil topishi
Ish staji uchun
pensiyaning oshirilishi
(talab qilinadigan stajga
qo‘shimcha xar bir yil
uchun ish haqining 1
foizi)
Pensiyaning tayanch
miqdori (pensiya
tayinlash uchun
olinadigan o‘rtacha
oylik ish haqining 55
foizi)
Pensiyaga qo‘shiladigan
ustama haqlar (0,5
barobardan 3
barobargacha eng kam
ish haqi)
Tayinlanadigan pensiya miqdorining tarkibi
146
Otasidan ham, onasidan ham judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga
tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarni oshirish ota va ona ish
haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, eng kam oylik ish haqining sakkiz
barobari miqdori doirasida amalga oshiriladi.”
O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha pensiyaning tashkil topishini quydagi
ko‘rinishda ko‘rish mumkin (15.3-rasm). 60,7% - tayanch miqdorining ulushi,
17,3% - ustamalarning ulushi, 21,6% - talab qilingandan ortiqcha staj uchun
oshirilish ulushi.
Ijtimoiy taʼminot - keksaygan, mehnatga layoqatsiz boʻlgan va boquvchisini
yoʻqotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha davlat
tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi. Ijtimoiy himoyaning
muhim tarmogʻi.
Ijtimoiy taʼminot toʻgʻridan-toʻgʻri davlat byudjetidgn ajratiladigan
mablagʻlari, homiylar (turli jamgʻarma va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar)
mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy taʼminot miqdori va taqdim etish
tartibi milliy urf-odatlar va xalqaro meʼyorlarga asosan ishlab chiqilgan qonunchilik
hamda davlatning iqtisodiy imkoniyati doirasida amalga oshiriladi. Pensiyalar
(keksalik boʻyicha, nogironlik boʻyicha, boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha va
ijtimoiy nafaqa (nogiron bolalarga, bolalikdan nogironlarga, ishlamagan yolgʻiz
nogiron va keksalarga) toʻlovlari ijtimoiy taʼminot ning eng muhim turlari
hisoblanadi. Qariyalar va nogironlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish — nogironlarni
"Mu-ruvvat" uylariga, yolgʻiz qariyalarni "Sahovat" uylariga joylashtirish,
muhtojlarni protez-ortopediya va harakatlanish vositalari bilan taʼminlash, nogiron
bolalarni kasbga oʻqitish va ishga joylashishda yordam koʻrsatish, pensionerlarni
sanatoriy va dam olish uylarida sogʻlomlashtirish, ularga shahar jamoa
transportlaridan foydalanishda, turar joy, maishiy xizmat va soliklarga aloqador
imtiyozlar berish ijtimoiy taʼminotda katta rol oʻynaydi.
Oʻzbekistonda ijtimoiy taʼminot tizimi 20-asrning 20-yillari boshidan
shakllana boshlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan soʻng 90-yillar
boshidan bozor munosabatlariga oʻtish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish
davrida aholini, ayniqsa nochor guruxlarni aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy
himoya qilish tizimi barpo etildi, pensiya jamgʻarmasi, ijtimoiy nafaqalar, pensiyalar
va nafaqalar indeksatsiyasi kabi tushunchalar va tuzilmalar amal qila boshladi.
Quyidagilar Ijtimoiy ta’minot vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
mehnatga layoqatsiz aholining ijtimoiy ta’minoti va ularga ijtimoiy yordam
berish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va olib borish;
vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, hokimliklar, korxonalar va tashkilotlarning pensiya ishini
rivojlantirish va mehnatga layoqatsiz aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish masalalari
bo‘yicha faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirish;
shakllanayotgan yangi iqtisodiy munosabatlar va mulkchilik shakllarining
xilma-xilligi sharoitida keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarni ijtimoiy himoya
qilish sohasida maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
147
pensiyalar va nafaqalar to‘lashga yo‘naltiriladigan ijtimoiy sug‘urta
mablag‘laridan samarali foydalanish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining
amaldagi
qonunchiligida
nazarda
tutilgan
imtiyozlarni
berish
ishlarini
muvofiqlashtirish;
xalqaro aloqalarni amalga oshirish, aholini ijtimoiy ta’minlash ishida chet el
tajribasidan foydalanishni o‘rganish;
aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlarning samaradorligini tahlil qilish uchun sotsiologik tadqiqotlarni tashkil
etish;
aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha davlatga qarashli bo‘lmagan
tashkilotlar, muassasalar va korxonalar barpo etishga va ularning faoliyatini tashkil
etishga ko‘maklashish; ijtimoiy yordam dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash va
ijtimoiy ta’minot tizimining moddiy negizini mustahkamlash uchun budjetdan
tashqari mablag‘larni jalb etish;
axborotni umumlashtirishning, ijtimoiy ta’minot bo‘yicha pensiyalar va
nafaqalar tayinlash va to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va joriy
etishni tashkil qilish;
davolash-mehnat ekspertizasini tashkil etish, bu sohada davolash-mehnat
ekspert komissiyalariga va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, nogironlarning
tibbiy-ijtimoiy ekspertizasini va ularning mehnat qobiliyatini tiklashni tashkil etish;
aholiga protez-ortopediya yordamini tashkil etish;
nogironlar va keksalar uchun internat uylardagi, pansionat va sanatoriylardagi
fuqarolarga moddiy-maishiy, tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.
Ijtimoiy ta’minot vazirligi unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi
asosiy xizmatlarni amalga oshiradi:
a) ijtimoiy ta’minot tizimini rivojlantirish bo‘yicha:
respublika davlat boshqaruv organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahrining ijro etuvchi hokimiyat organlari ishtirokida
pensionyerlarni, nogironlarni, voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarni va
aholining davlatning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lgan boshqa guruhlarini
ijtimoiy himoya qilish ishining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ishlab
chiqadi;
turmush darajasini tahlil qilish va istiqbolini belgilash asosida aholining qayd
etib o‘tilgan toifalarini ijtimoiy himoya qilish yuzasidan respublika dasturlari
loyihalarini ishlab chiqadi, mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish uchun uslubiy
tavsiyalarni tayyorlaydi;
pensionyerlar, nogironlar va davlatning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lgan
voyaga yetmagan bolali onalarni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha ilmiy
tadqiqotlarning yo‘nalishini belgilaydi va ularni muvofiqlashtiradi;
b) pensiya xizmatlari ko‘rsatish va nafaqalar bilan ta’minlashni tashkil etish
bo‘yicha:
148
davlat boshqaruvining manfaatdor respublika organlari, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ijro etuvchi hokimiyat organlari
bilan birgalikda ijtimoiy ta’minot bo‘yicha pensiyalar va nafaqalar bilan ta’minlash
ishida davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
pensiyalar va nafaqalar tayinlash va to‘lash ishlarini tashkil etishni va ularga
uslubiy rahbarlik qilishni amalga oshiradi;
davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badallar va ajratmalar to‘lanishi va jamlanishini
amalga oshiradi; pensiyalar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar belgilangan
miqdorda to‘lanishiga sarflanadigan xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlaydi.
ijtimoiy ta’minot bo‘yicha pensiyalar va nafaqalar bo‘yicha qo‘shimcha
imtiyozlar belgilash hamda bunday imtiyozlar va qo‘shimchalarni mintaqaviy
darajada joriy etish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqish ishini tashkil etadi;
imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, ishlar,
kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlar ro‘yxatlarini qo‘llanish masalalari bo‘yicha
respublika organlari, tarmoq uyushmalari, konsernlar va birlashmalar bilan o‘zaro
hamkorlik qiladi, ularni takomillashtirish bo‘yicha kelishilgan takliflarni
tayyorlaydi;
pensiya ta’minotining davlatga qarashli bo‘lmagan tizimini rivojlantirish
metodologiyasini ishlab chiqishda va uning uchun sharoitlar yaratishda ishtirok
etadi;
respublika oldidagi alohida xizmatlar uchun tayinlangan shaxsiy pensiyalarni
to‘lashni tashkil etadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar
ijtimoiy ta’minot organlarining bu sohadagi ishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
v) ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida:
ijro etuvchi hokimiyatning respublika, viloyat, tuman, shahar organlari
ishtirokida keksa fuqarolar, nogironlar, voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalar va
davlatning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lgan aholining boshqa guruhlariga
ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatishni;
ularga qonunchilik bilan belgilangan imtiyozlarni, sanatoriy-kurortda
davolanish yo‘llanmalarini va harakat qilishning maxsus vositalarini berishi, natural
yordamning yangi shakllari va turlarini joriy etishni;
ijtimoiy ta’minot muassasalarida (internat uylarda, pansionatlarda,
sanatoriylarda) bo‘lgan keksa fuqarolar va nogironlarga moddiy-maishiy, tibbiy
ijtimoiy va madaniy xizmat ko‘rsatishni, bu muassasalarning moddiy negizini
mustahkamlashni;
yolg‘iz keksa fuqarolarga ijtimoiy yordam xizmatining kompleks tarmoqlarini
tashkil etishni, ularning ishi ustidan nazoratni;
pensionyerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam beruvchi va xizmat
ko‘rsatuvchi davlatga qarashli bo‘lmagan xizmatlar va muassasalar tashkil etishga
ko‘maklashishni;
149
aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatishning dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o‘ziga qarashli ijtimoiy-maishiy muassasalar va
tashkilotlarning amalga oshiriladigan ishini, shu jumladan, ularning tijorat
faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etadi;
g) davolash-mehnat va tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, nogironlarning mehnat
qobiliyatini tiklash hamda protez-ortopediya yordami ko‘rsatish bo‘yicha:
davolash-mehnat va tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmatiga, nogironlarning
mehnat qobiliyatini tiklash bo‘yicha ishlarga rahbarlikni amalga oshiradi;
nogironlarga hunar o‘rgatish va ularni qayta o‘qitish bo‘yicha o‘ziga qarashli
o‘quv yurtlariga rahbarlik qiladi;
infrastruktura obyektlarining va keksa fuqarolar uchun qulayligini
ta’minlovchi shaharsozlik sohasida davlat siyosatini shakllantirishda qatnashadi;
nogironlar uchun ish joylari tashkil etishda va ularni ishga joylashtirishda
nogironlarning jamoat tashkilotlariga yordam beradi;
nogironlar va pensionyerlarning mehnatidan foydalanish bo‘yicha
ixtisoslashtirilgan korxonalar tashkil etilishi va rivojlanishi, mehnatning
kasanachilik turlarini va ish bilan ta’minlashning boshqa shakllarini rivojlantirishga
ko‘maklashadi;
nogironlarni ijtimoiy jihatdan tiklash bosqichi sifatida ularning jismoniy
tarbiyasi va sport harakati rivojlanishiga ko‘maklashadi;
ishlab chiqarish va maishiy tusdagi moslangan maxsus transport vositalari,
nogironlarning mehnat qobiliyatini tiklash va ularni parvarish qilishning boshqa
texnik vositalariga bo‘lgan talabni aniqlaydi va ularni ishlab chiqarish uchun
buyurtmalarni amalga oshiradi;
aholiga protez-ortopediya yordami ko‘rsatishni tashkil etishni, boshqa
vazirliklar, sanoat birlashmalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahri ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda protez-ortopediya
buyumlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish, tayyorlash texnologiyasini
takomillashtirish, ularning yangi turlarini ishlab chiqarishlari amalga oshirilishini
ta’minlaydi;
nogironlarni protez-ortopediya buyumlari va harakat qilish vositalari bilan
ta’minlash tartibini belgilaydi, “Protezist” respublika ishlab chiqarish
birlashmasining ishiga rahbarlik qiladi;
nogironlar tibbiy-ijtimoiy va kasb qobiliyatini tiklash ilmiy-tadqiqot
tashkilotlari, markazlari hamda nogironlar va keksalarni ijtimoiy himoya qilish
funksiyalarini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlarni tashkil etishga va ularning
faoliyatini takomillashtirishga ko‘maklashadi;
d) ijtimoiy ta’minot bo‘yicha qonunchilik sohasida:
qonunchilik va normativ hujjatlarning bajarilishini tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligiga tegishli bo‘lgan
masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarining qo‘llanilishi amaliyotini umumlashtiradi,
150
manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahri ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda aholini ijtimoiy
himoya qilishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish to‘g‘risidagi masalalarni
ishlab chiqadi va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga binoan
qonunchilik hujjatlari loyihalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot
vazirligiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha vazirliklar va idoralarning normativ
hujjatlari bo‘yicha xulosalarni tayyorlaydi;
aholini ijtimoiy ta’minlashga doir O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlarining respublikaning butun hududida bir xilda qo‘llanilishini ta’minlaydi;
e) xalqaro hamkorlik sohasida:
pensionyerlarni, nogironlarni va aholining boshqa toifalarini ijtimoiy himoya
qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar faoliyatida belgilangan
tartibda ishtirok etadi;
MDH tarkibiga kiruvchi davlatlar bilan pensionyerlarni, nogironlarni, voyaga
yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha bitimlar
loyihalariga, shuningdek, ijtimoiy siyosat masalalari bo‘yicha boshqa xorijiy
mamlakatlar bilan tuziladigan bitimlar loyihalariga takliflar tayyorlanishini
ta’minlaydi;
aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan shartnomalar
tuzishda va ularni tayyorlashda o‘z vakolati doirasida ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida pensionyerlarni,
nogironlarni va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj fuqarolarning boshqa
toifalarini ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish dasturlarini
ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
j) moliya va xo‘jalik faoliyati bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi tizimida reja-moliya
ishlarini, o‘ziga qarashli tashkilotlar va muassasalar tomonidan o‘tkaziladigan
ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlarni hamda bu sohadagi ilmiy-tadqiqotlarni
mablag‘ bilan ta’minlashni tashkil etadi;
aholiga ijtimoiy yordam berishning har xil turlarini tashkil etishni iqtisodiy
jihatdan asoslab boradi;
pensionyerlar va nogironlarga soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berish to‘g‘risidagi
takliflarni ishlab chiqarishda qatnashadi;
tizim xodimlari mehnatiga haq to‘lashni tashkil etish, normallashtirish
bo‘yicha tadbirlarni o‘z vakolati doirasida amalga oshiradi;
o‘ziga qarashli tashkilotlar va muassasalar xo‘jalik faoliyatiga doir balanslar
va hisobotlarni ko‘rib chiqadi;
tarmoqda nazorat-taftish ishlarini tashkil etadi va ichki idoraviy moliyaviy
nazoratni amalga oshiradi;
151
o‘ziga
qarashli
tashkilotlar
va
muassasalar
tomonidan
davlat
markazlashtirilgan sarmoya mablag‘larining oqilona foydalanilishini ta’minlaydi,
Ijtimoiy ta’minot vazirligi tizimida yangi tashkilotlar va muassasalar qurish, ishlab
turganlarini qayta qurish va texnika bilan qayta jihozlash bo‘yicha istiqboldagi
dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shahri ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ijtimoiy
ta’minot muassasalari tarmog‘i qurilishi va ularni rivojlantirish hamda O‘zbekiston
Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar
bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
aholiga ijtimoiy yordam berish dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun
mablag‘larni jalb etish ishida davlat, jamoat, diniy va xayriya tashkilotlari,
muassasalar va korxonalarning o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;
pensionyerlar, nogironlar, voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarni ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlashning respublika va hududiy jamg‘armalarini belgilangan tartibda
tashkil etadi. Bu jamg‘armalarga tushuvchi mablag‘larning to‘liqligini, o‘z vaqtida
tushishini va maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi. Jamg‘arma to‘g‘risidagi
nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |