O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

Yosh
Ish staji
23 yoshga qadar 

23 yoshdan 26 yoshga qadar 

26 yoshdan 31 yoshga qadar 

31 yoshdan 36 yoshga qadar 

36 yoshdan 41 yoshga qadar 

41 yoshdan 46 yoshga qadar 
11 
46 yoshdan 51 yoshga qadar 
14 
51 yoshdan 56 yoshga qadar 
17 
56 yosh va undan oshganda 
20 
20 yoshga to‘lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash 
to‘xtatilganidan keyin nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga pensiyalar ish stajidan qat’i 
nazar tayinlanadi. 
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan 
nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga 
o‘tkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab 
aniqlanadi. 
Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan (17-modda) 
umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor 
stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi. 
Xulosa qilib aytganda, pensiya inqirozining asoslari aniqlandi va ularni 
kelajakda to‘lanadigan davlat pensiyalariga qanday ta’sir qilishi ko‘rsatildi. Ushbu 
inqirozning chuqur amal qilishi, nima uchun ijtimoiy ta’minot masalasi muhim 
siyosiy masala ekanligini ifodalaydi. 
 
 
 
 


164 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Fiskal (soliq-budjet) siyosati – davlat tomonidan iqtisodiyotga ta’sir 
ko‘rsatish maqsadida soliqqa tortish va davlat sarfi tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha 
qo‘llaniluvchi chora-tadbirlar.
Davlat budjeti – davlat daromadlari va xarajatlari hamda ularni moliyaviy 
ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi. 
Budjet taqchilligi – davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi. 
Davlat ichki qarzi – davlatning mamlakat ichida qimmatli qog‘ozlarini 
chiqarish, turli nobudjet fondlaridan olgan qarzi.
Davlat tashqi qarzi – xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik 
shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz.
Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga 
tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi. 
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam 
ko‘rsatishga qaratilgan turli xil to‘lovlar. 
Ijtimoiy siyosat – davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni, 
iqtisodiyot qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan 
siyosat. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin