O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

15.2-jadval. 
Buyuk Britaniya asosiy davlat pensiya uchun prognozlar 
 
 Sana 
O’rtacha daromadning foiz nisbati
1975
39.3 
1980
39.4 
1985
35.8 
1990
29.1 
1995
28.3 
2000
25.7 
Manba: 
UK 
Department 
of 
Work 
an 
Pensions 
(www.dwp.gov.uk/asd/asd1/abstract/Abstrat2003 .pdf). 
2021-yilgi davlat dasturi doirasida bu sohada qator o’zgartirishlar kiritiladi 
rejalashtirildi. 
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan 2021-yil uchun davlat dasturi 
loyihasi muhokamalar uchun taqdim etildi. Unga ko’ra pensiya va nafaqalar 
ta’minoti tizimida 2021-yil 1-iyundan boshlab: 


160 

pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr -2005 yildan 
avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar 
asosida hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi; 

uch yildan ortiq davr uchun tayinlangan yoki qayta hisoblangan pensiya 
va nafaqalarni tekshirish va ular bo‘yicha ortiqcha to‘lovini undirish bekor qilinadi; 

ishlovchilar tomonidan ishlamaydigan turmush o‘rtoqlari kelgusida 
pensiya ta’minotiga ega bo‘lishlari uchun o‘z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har 
oyda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi beriladi; 

pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga ko‘ra ro‘yxatga olingan 
doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi; 

pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz shaklda olish uchun arizalar 
fuqarolar tomonidan Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg‘armasining tegishli bo‘limiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklarida 
plastik kartalarni ochish jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda 
rasmiylashtiriladi; 

fuqarolarning pensiyaga bo‘lgan huquqi yo‘qolganligini tegishli 
idoralar tomonidan taqdim etiladigan elektron ma’lumotlar asosida aniqlash orqali 
to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda oluvchilar tomonidan har olti oyda Pensiya 
jamg‘armasining bo‘limiga kelish yoki joyiga chiqqan holda monitoring o‘tkazish 
majburiyati bekor qilinadi. 
Bundan tashqari, pensiya va nafaqalar to‘g‘ri tayinlanishi hamda to‘lanishi 
bo‘yicha tekshirishlar natijasida aniqlangan ortiqcha to‘lov summasining 2021-yil 
1-yanvar holatiga qarzdorligi hisobdan chiqarilishi ko’zda tutilgan. 
Yoshga doir pensiya olish huquqiga: 
erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; 
ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda 
ega bo‘ladilar. 
Pensiya tayinlash uchun (7-modda) yetarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan 
shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi 
qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji 
mavjud bo‘lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlarga 
muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga 
ega bo‘ladilar, chunonchi: 
Yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, 
muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli ro‘yxati; 
Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish 
huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va 
ko‘rsatkichlarning 2-sonli ro‘yxati; 
Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish 
huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va 
ko‘rsatkichlarning 3-sonli ro‘yxati. 


161 
Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan 
nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega. 
Yoshidan qat’i nazar, quyidagilar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega 
bo‘ladilar: 
a) kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari bo‘lgan xodimlar — basharti, ular 
ana shu ishlarda kamida 20 yil ishlagan bo‘lsalar (1-sonli ro‘yxat, I qism); 
b) bevosita yerosti va ochiq kon ishlarida (shu jumladan, kon-qutqaruv 
qismlarining shaxsiy tarkibi) ko‘mir, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni 
qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan 
xodimlar — basharti, ular ana shu ishlarda kamida 25 yil ishlagan bo‘lsalar (1-sonli 
ro‘yxat, II qism); 
v) uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular 
xizmat qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy bo‘ysunuvidan 
qat’i nazar, belgilangan xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25 
yil va ayollar kamida 20 yil ado etganlari taqdirda (1-sonli ro‘yxat, III qism). 
Yuqorida qayd etib o‘tilgan xodimlar salomatligiga (kasalligiga) ko‘ra uchish 
ishlaridan bo‘shatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini — erkaklar kamida 
20 yil va ayollar kamida 15 yil ado etgan bo‘lsalar; 
g) teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari: 
ijodiy ish staji kamida 20 yil bo‘lganda (1-sonli ro‘yxat, IV qism); 
ijodiy ish staji kamida 25 yil bo‘lganda (1-sonli ro‘yxat, V qism); 
ijodiy ish staji kamida 30 yil bo‘lganda (1-sonli ro‘yxat,VI qism); 
d) sportchilarning ayrim toifalari — ish staji kamida 20 yil bo‘lganda (1-sonli 
ro‘yxat, VII qism). 
Oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar ushbu Qonunning 7-
moddasida belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga 
ega bo‘ladilar: 
a) yerosti ishlarida, mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda to‘liq ish 
kuni davomida band bo‘lgan xodimlar (2-sonli ro‘yxat, I qism): 
erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib 
o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda; 
ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lib, bundan kamida 7 yilu 6 oyi ko‘rsatib 
o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda. 
Yer osti ishlaridagi mehnat staji erkaklarda 10 yildan kam va ayollarda 7 yilu 
6 oydan kam bo‘lgan hollarda xodimlarga bu ishlardagi har bir to‘liq yil uchun ushbu 
Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi 1 yilga qisqartiriladi. 
Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda — erkaklar kamida 5 yil, 
ayollar kamida 3 yil 9 oy — ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-
moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi shunday ishda band bo‘lingan har bir 
to‘liq yil uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi; 
b) sirklar va konsert tashkilotlari artistlarining ayrim toifalari ijodiy ishdagi 
staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda (2-sonli ro‘yxat, II qism). 


162 
Oxirgi ish joyidan qat’i nazar, quyidagilar ushbu Qonunning 7-
moddasida belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga 
ega bo‘ladilar: 
a) urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar; 
b) mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band 
bo‘lgan xodimlar (3-sonli ro‘yxat, I qism): 
erkaklar — ish staji kamida 25 yil bo‘lib, bundan kamida 12 yilu 6 oyi 
ko‘rsatib o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda; 
ayollar — ish staji kamida 20 yil bo‘lib, bundan kamida 10 yili ko‘rsatib 
o‘tilgan ishlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda. 
Mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda — erkaklar kamida 6 yilu 3 oy, 
ayollar kamida 5 yil — ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-
moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi erkaklarning bunday ishdagi har 2 yilu 6 
oyi uchun va ayollarning bunday ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan holda 
tayinlanadi; 
z) bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha 
tarbiyalagan bo‘lsa — ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda. Basharti, ayol o‘gay 
o‘g‘il va o‘gay qizni ular 8 yoshga to‘lguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan bo‘lsa, 
pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi; 
k) nogiron bolalar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, “Mehribonlik” 
uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o‘qituvchilari — maxsus ish 
staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda (3-sonli ro‘yxat, VII qism); 
l) ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o‘rta tibbiy xodimlari 
— maxsus ish staji qishloq joyda kamida 25 yil va shaharlarda kamida 30 yil bo‘lgan 
taqdirda (3-sonli ro‘yxat, VIII qism); 
m) qariyalar, nogironlar va yolg‘iz fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda bevosita 
band bo‘lgan ijtimoiy xodimlar (3-sonli ro‘yxat, IX qism): 
erkaklar — maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; 
ayollar — maxsus ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda. 
Qonun 37-moddasining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan 
kamida yigirma yillik ish staji bo‘lgan ayollar ellik to‘rt yoshga to‘lganda pensiya 
olish huquqiga ega bo‘ladilar. 
Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 15 yilga qisqartirilgan holda 
pensiya olish huquqiga gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda 
tuzilishida mutanosiblik buzilgan pakanalar: 
erkaklar — ish staji kamida 20 yil bo‘lganda; 
ayollar — ish staji kamida 15 yil bo‘lganda ega bo‘ladilar. 
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, 
xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar 
hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan 
ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar: 
erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; 
ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda 
pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. 


163 
Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh 
nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi. 
Sog‘lig‘ini yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga qarab, 
nogironlikning uch guruhi aniqlanadi. 
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va 
nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tasdiqlaydigan ular to‘g‘risidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-mehnat 
ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi. 
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan 
nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi. 
Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik 
boshlangan paytga qadar quyidagicha ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin