O`zbekiston respublikasi o`liy va o`rta maxsus tahlim vazirligi farg`ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


-§. Aqliy xujum usuli, asosiy xususiyatlari va bu



Yüklə 233,54 Kb.
səhifə10/14
tarix27.12.2023
ölçüsü233,54 Kb.
#199940
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
O`zbekiston respublikasi

2.2-§. Aqliy xujum usuli, asosiy xususiyatlari va bu
texnologiya bilan bog’langan texnologiyalar


Aqliy xujum - g’oyalarni generatsiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. «Aqliy xujum» metodi biror muammoni yechishda o`quvchilar tomonidan bildi rilgan erkin fikr va mulohazalarni to`plab, ular orqali mahlum bir yechimga kelinadigan eng samarali metoddir. Aqliy xujum metodining yozma va og’zaki shakllari mavjud. Og’zaki shaklida o`qituvchi tomonidan berilgan savolga o`quvchilarning har biri o`z fikrini og’zaki bildiradi. O`quvchilar o`z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga o`quvchilar o`z javoblarini qog’oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko`rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. «Aqliy xujum» metodining yozma shaklida javoblarni mahlum belgilar bo`yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to`g’ri va ijobiy qo`llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va no-standart fikrlashga o`rgatadi.
Aqliy xujum metodidan foydalanilganda o`quvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo`ladi, shu jumladan o`quvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. O`quvchilar o`z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko`nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi o`quvchilarda turli g’oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod o`quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Vazifasi. “Aqliy xujum” qiyin vaziyatlardan qutulish choralarini topishga, muammoni ko`rish chegarasini kengaytirishga, fikrlash bir xilli - ligini yo`qotishga va keng doirada tafakkurlashga imkon beradi. Eng asosiysi, muammoni yechish jarayonida kurashish muhitidan ijodiy hamkorlik kayfiyatiga o`tiladi va guruh yanada jipslashadi.
Obg’ekti. Qo`llanish maqsadiga ko`ra bu metod universal hisoblanib tadqiqotchilikda (yangi muammoni yechishga imkon yaratadi), o`qitish jarayonida (o`quv materiallarini tezkor o`zlashtirishga qaratiladi), rivojlantirishda (o`z-o`zini bir muncha samarali boshqarish asosida faol fikrlashni shakllanti - radi) asqotadi.
Qo`llanish usuli. “Aqliy xujum” ishtirokchilari oldiga qo`yilgan muammo bo`yicha xar qanday muloxaza va takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib borildi va ularning mualliflari o`z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo`ldi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflandi va xujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy xujum tugagach, muhimlik jixatiga ko`ra eng yaxshi takliflar generatsiyalanadi va muammoni yechish uchun zarurlari tanlanadi.
«Aqliy xujum» metodi o`qituvchi tomonidan qo`yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:

  1. O`quvchilarning boshlang’ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo`yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.

  2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog’lash maqsad qilib qo`yilganda - yangi mavzuga o`tish qismida amalga oshiriladi.

  3. O`tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo`yilganda - mavzudan so`ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.

«Aqliy xujum» metodining afzallik tomonlari:

  • natijalar baholanmasligi o`quvchilarni turli fikr-g’oyalarning shakllanishiga olib keladi;

  • o`quvchilarning barchasi ishtirok etadi;

  • fikr-g’oyalar vizuallashtirilib boriladi;

  • o`quvchilarning boshlang’ich bilimlarini tekshirib ko`rish imkoniyati mavjud;

  • o`quvchilarda mavzuga qiziqish uyg’otish mumkin.

«Aqliy xujum» metodining kamchilik tomonlari:

  • o`qituvchi tomonidan savolni to`g’ri qo`ya olmaslik;

  • o`qituvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab

etilishi.
«Aqliy xujum» metodining tarkibiy tuzilmasi


«Aqliy xujum» metodining bosqichlari:



  1. O`quvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo`yicha o`z javoblarini (fikr, mulohaza) bildirishlarini so`raladi;

  2. O`quvchilar savol bo`yicha o`z fikr-mulohazalarini bildirishadi;

  3. O`quvchilarning fikr-g’oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli qog’ozlarga yoki doskaga) to`planadi;

  4. Fikr-g’oyalar mahlum belgilar bo`yicha guruhlanadi;

  5. Yuqorida qo`yilgan savolga aniq va to`g’ri javob tanlab olinadi.

«Aqliy xujum» metodini qo`llashdagi asosiy qoidalar:
a) Bildirilgan fikr-g’oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
b) Bildirilgan har qanday fikr-g’oyalar, ular hatto to`g’ri bo`lmasa ham inobatga olinadi.
v) Bildirilgan fikr-g’oyalarni to`ldirish va yanada kengaytirish mumkin.
Ushbu usul bilim oluvchilarga turli vaziyat yoki muammo bo`yicha o`z fikrlarini ochiq-oydin bildirishiga imkon beradi. U bilim oluvchilarni tasavvur qilishga va ijodga undaydi. (masalan, “Qanday qilib ushbu masalani hal qilishimiz mumkin?”

O`TKAZILISH TARTIBI:


  1. Ishtirokchilardan qulay o`tirib olishlarini iltimos qiling.

  2. Beriladigan fikrlarni yozib borish uchun doska yoki katta hajmdagi qog’oz borligini tekshirib qo`ying.

  3. Savol bering yoki yechimini topish kerak bo`lgan muammoni ayting.

  4. Asosiy qoidalarni belgilang.

  5. Qatnashchilardan o`z fikrlarini aytishlarini iltimos qiling va yozib boring. Ularga hech qanday o`zgartirish kiritmang.

  6. Vatman ishlatayotgan bo`lsangiz, uni devorga yopishtirib qo`ying. Keyingi yozuvlar uchun boshqa vatman ishlating.

  7. Ishtirokchilarni faol ishtirok etishga undang, shu borada o`z fikrlaringizni ham qo`shib borishingiz mumkin.

  8. O`quvchilar bir-birlari berayotgan fikrlarni mazahlashiga yo`l qo`ymang, buni oldini olishga harakat qiling.

  9. Fikrlar tugamaguncha ushbu faoliyatni davom ettiravering.

  10. Yakuniy qismida berilgan fikrlarni mahokama qiling va baholang.

AQLIY XUJUMNI O`TKAZISH QOIDALARI:
1. Fikrlar jamlanishi jarayonida hech qanday baholovchi so`zlarni ishlatishga yo`l qo`yilmaydi. (Agar shunga yo`l qo`ysangiz, ishtirokchilarning aqliy faoliyati yangi fikrlar ishlab chiqishga emas, balki ko`proq o`z fikrlarini himoya qilishga qaratilib qoladi.)
Agar aqliy xujum davomida ishtirokchilar ko`p fikr bermayotgan bo`lsalar, bu ular qo`lgili vaziyatga tushib qolishdan, noto`g’ri fikr berib qo`yishdan qo`rqib, o`z fikrlarini “tsenzura”dan o`tkazayotganligidan habar berishi mumkin.

  1. Hammani yanada ko`proq fikrlarni ishlab chiqishga undash kerak. Hattoki fantastikaga o`xshash g’oya bergan ishtirokchini ham rag’batlantirib boring.

3. Fikrlar qanchalik ko`p bo`lsa, shunchalik yaxshi. (Bunda, oxir oqibat, fikrlar soni sifatga olib keladi. Fikrlar tez va ko`p miqdorda berilayotganda extibor ularni baholashga qaratilmaydi va ishtirokchilar o`z fantaziyalariga erk berib, bu o`z o`rnida yaxshi fikrlar yaratilishiga olib keladi).

  1. Barcha ishtirokchilarni boshqalar fikrini o`zgartirishga yoki rivojlantirishga undash kerak. (Bu yangi, oldingilardan ham yaxshiroq fikrlarni yaratilishiga olib keladi).

Sinf xonasiga qo`yidagi mazmundagi qoida ilib qo`yish mumkin:
QOIDA:

  1. Hayolingizga kelgan barcha fikrlarni aytavering.

  2. Boshqalar bergan fikrni muhokama yoki tanqid qilmang.

  3. Boshqa ishtirokchi tomonidan berilgan fikrni takrorlashingiz ham mumkin.

  4. Boshqalar tomonidan berilgan fikrni kengaytirilishi yoki rivojlantirilishi rag’batlantiriladi.

5.Fikrlaringiz tugab qoldi, deb o`ylasangiz ham o`ylashdan, izlanishdan to`xtamang
Aqliy xujum texnologiyasi bilan bog’liq texnologiyalar
Aqliy xujum texnologiyasi bilan bog’liq texnologiyalar sifatida qo`yidagi interaktiv texnologiyalarni xam keltirish mumkin:

  1. «Axborot uzatish». Biror mavzu bo`yicha xar bir o`quvchi o`z bilganini aytadi (bunda 1-o`quvchi boshlaydi, 2-3-4 davom etadi). Masalan : karrani aytish mavzusida o`qituvchi «5x2 = necha bo`ladi desa, 1-o`quvchi «10 deyidi, 2-o`quvchi esa «10x3 =15», deyidi va uyin shu tarika 5x4= ...... davom etadi..

  2. «Kichik guruxlarda ishlash». Bu usulda xar bir o`quvchi darsda faol ishtirokchi, boshlovchi, bir-biridan o`rganuvchi, turli nuktan nazarlarini kadrlashni o`rganadi.

Qo`llash usuli:
1.Faoliyat yunalishi aniqlanadi, muammodan bir-biriga bog’liq bo`lgan masalalar belgilanadi.
2.Kerakli asos yaratiladi, o`quvchilar mazkur muammo xakida tushunchaga ega bo`lishi lozim.
3.Guruxlar belgilanadi.
4.Aniq ko`rsatma beriladi.
5.Kullab-kuvvatlab yunaltirib turiladi.
6.Muxokama kilinadi.


  1. Yüklə 233,54 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin