Ijtimoiy ishda ma`lumotlarni o’lchashning metodologik muammolari Sotsial hodisalar mohiyatining sifatiy va miqdoriy birligi. Sotsial ko’rsatkich tushunchasi, uning tabiati. Sotsiologiya, statistika va boshqa ijtimoiy fanlarda sotsial ko’rsatkich tushunchasi, umumiy va yakka tavsiflar. Sotsial ko’rsatkichlar tizimini yaratishning metadologik tamoyillari. Ko’rsatkichlarning mavjud turlari: sotsiologik, sotsial-statistik, iqtisodiy va boshqa ko’rsatkichlar. Sotsial statistika ko’rsatkichlari tizimi tavsifi sotsial jarayonlarning miqdoriy tavsiflarini asosi sifatida.
Sotsial ko’rsatkichlarni miqdoriy jihatdan o’lchash muammosi. Sifatiy xususiyatlarni tasvirlash o’lchash etalonlarini izlash bosqichi sifatida. Sotsial ob`ektning o’rganilayotgan sifatiy tavsiflarini miqdoriy ifodalash metodlarini tanlash. Sotsial ko’rsatkichning uch o’lchovligi o’lchash tamoyilining biri sifatida. Tadqiqot maqsadlari bilan ko’rsatkichlar tizimini asoslash o’rtasidagi aloqa.
O’lchash va shkalalashtirish. Sotsial tasniflarning birlamchi o’lchovi. SHkala-o’lchov etaloni. O’lchash etalonlarini izlash. Birlamchi o’lchov protsedurasining tekshirishda ishonchlilik usullari. SHkalalarning umumiy tasnifi. Oddiy nominal shkala. Qisman tartiblangan nominal shkala. Tartiblangan shkala, teng intervalli metrik shkala. Proportsional baholangan shkala, Gutman shkalasida bir yunalishga kontinumni izlash (tartiblangan nominal shkala). Tyorstounning teng intervalli shkalasida berilgan punktlarni tanlab olishda sud’yalardan foydalanish. Birlamchi sotsial tasniflarni belgilashda to’rtta cheklangan kvantifikatsiya.
Ijtimoiy ishdagi tadqiqotda tanlash metodi Ijtimoiy ishdagi tadqiqotda reprezentativlikni ta`minlash muammosi. Reprezentativlik tanlash metodining tasnifi sifatida Reprezentativlik tushunchasi va uning xususiyatlari. Reprezentativlik va ob`ektivlik.
Tanlash metodini qo’llashning xususiyatlari. Tanlash metodining mohiyati. Tanlashni amalga oshirish bilan bog’lik tushunchalar: umumiy va tanlanma majmua, tanlash birliklari. tahlil birliklari, dispertsiya. Tanlashni tashkil etish tamoyillari. Tanlash metodini qo’llashning shartlari. Tanlashni tuzishiming asosiy metodlari: ehtimoliy tanlash metodi va qat`iy bo’lmagan tasodifiy metodlar. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarda tanlashlarning matematik tahlili. Ehtimolli tanlash metodiga asoslangan tanlash turlari: oddiy tasodifiy, sistematik, seriyali; ko’p bosqichli, kombinatsiyalashgan, ko’p fazali, stratifikatsiyali va uyali. Kat’iy bo’lmagan tasodifiy metodlarga asoslangan tanlash turlari: maqsadli, kvotali, stixiyali va boshqa. Tanlash ko’lami. Proportsional va noproportsional tanlash. Tanlash hisob-kitobi.
Tanlash tadqiqoti natijalari bo’yicha umumiy majmuani baholash sifati. Tanlash tadqiqotida uchraydigan xatolar.
Ijtimoiy ishdagi tadqiqotning tashkiliy protsedurali rejasi
“Ijtimoiy ishdagi tadqiqotni tashkil etish” tushunchasi. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotni ilmiy tashkil etish - ishonchli ma`lumot olish sharti. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotni tashkil etish jarayoni strukturasi: mantiqiy va tashkshshy-protsedurali reja.
“Tadqiqotning ishchi plani”, “ishlarning tarmoqli grafigi” tushunchalari. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotni tashkil etish dasturi, uni amalga oshirish, ishchi rejasiga qo’yiladigan talablar. “Ijtimoiy ishdagi tadqiqot instrumentariysi” tushunchasi. Sotsial ma`lumotlar yig’ish va qayta ishlashning metod, metodika va texnik vositalarini tanlash. Tadqiqot o’tkazadigan Ijtimoiy ishda jamoaning strukturasi va uning ishlash tamoyillari.