O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi


Sotsial eksperiment metodi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə35/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   118
Sotsial eksperiment metodi
Eksperiment metodining tabiiy va ijtimoiy fanlarda tutgan o’rni. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarda eksperimentdan foydalanishning o’ziga xosligi, uning qo’llanish imkoniyatlari va chegaralari. eksperiment o’tkazishgi qo’yiladigan talablar: eksperiment sharoitlari ustidan nazorat, nazorat omillarini izolyatsiya qilish muammosi, eksperimental sharoitlarnn tenglashtirish. eksperimentning mantiqiy strukturasi. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotda o’zgaruvchanlik tushunchasi. O’zgaruvchanlik turlari: bog’liq, bog’liq bo’lmagan (mustaqil), neytral. eksperimentda o’zgaruvchanliklarni o’lchash vositalari. O’lchash natijalari asosida xulosalar strukturasi. eksperiment turlari va eksperimental guruxlarni tanlash. eksperimentlar tasnifi: o’tkazish sharoitlariga ko’ra; dalil va gipotezalarning mantiqiy strukturasining xarakteriga ko’ra; yaratilgan eksperimental holat tipiga ko’ra. Dala va laboratoriya eksperimentlari. CHizikli eksperiment. Parallel eksperiment. eksperimentda qutbli tanlash metodi. Strukturali identifikatsiya metodi. Tasodifiy tanlash metodi. eksperimentni amalga oshirish rejasi va mantiqi.
Sifatiy metodlar
Sifatiy metodlarning bilish imkoniyatlari. Sifatiy metod turlari va ularni amalga oshirishning o’ziga xos xususiyati: keys-stadi, etnografik tadqiqot, “fokus gurux” metodi, narrativ va fokuslashtirilgan interv’yu, Sifatiy va miqdoriy metodlar mazmuni va protseduralarining farqli tomonlari, Sifatiy metodlarni qo’llash sohalari va bu metodlardan foydalanadigan sotsiologga qo’yiladigan kasbiy talablar.
Fokus guruh metodi
Fokus guruh tushunchasi. Turli Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarda fokus gurux metodini qo’llanishi. Guruhiy dinamika va etnodeiografik yondashuv fokus guruh metodini qo’llashning asosiy metodologik tamoyillari sifatida. Fokus guruhlarning turli ko’rinishlari (rasmiylashgan, yarim rasmiylashgan, norasmiylashgan). Guruhiy diskussiya sotsial informatsiya olishning vositasi sifatida. Guruxiy diskussiyani tashkil etish usullari. «Qor uyumi”, video tasmalar, “bir tomonlama ko’zgu” fokus guruhda ishlarni tashkil etishning asosiy shakllari sifatida. Guruhiy diskussiya (muhokama) strukturasi; kirish qismi (“chigalyozdi”), asosiy qism (fokuslashgan muxokama), yakuniy kism (natijalar yakuni). Diskussiyani optimallashtirish uchuk guruh ichidagi kommunikatsiya konuniyatlaridan foydalanish. Guruhiy diskussiyada moderatorning funktsiyalari. Fokus guruh tadqiqotini o’tkazishning metodik protseduralari. Guruhiy diskussiya dasturini (fokus guruh stsenariyasini) tayyorlash. Mavzularni aniqlash, guruhiy muhokama savollarini tizimlash va ularni ifodalashni ishlab chiqish, “utish joylari strukturalari”ni tashkil qilish. Guruhlar sonini belgilash, fokus guruh a`zolarini tanlash, diskussiya o’tkazish joyi, quklay vakti, davom ettshini aniqlash. Instrumentariya: guruhiy diskussiya dasturlari, ma`lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish dasturlari, kognitiv kartalar, audio va texnik vositalarni tayyorlash. Tadqiqot jamoasida funktsiyalar taqsimoti. Pilotaj tadqiqotda instrumentariy va moderator ish uslubini ishlab chiqish. Moderator uchun instruktsiya (yo’l-yo’riqlar) ishlab chiqish. Fokus guruh ma`lumotlarini taxlil qilish metodlari. Kontent analiz. Guruhlararo kiyoslashlar metodi. Lingvistik tahlil. Diskurs-tahlil. Videotasmalar taxdili.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin