O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi


Dasturning informasion uslubiy ta’minoti



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə43/118
tarix02.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#123618
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118
Dasturning informasion uslubiy ta’minoti
Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo’llash nazarda tutilgan:
- ijtimoiy ish tarixi, jamiyat va inson muammolarini mavzular zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentasiya va elektron-didaktik texnologiyalaridan foydalanilgan holda o’tkaziladi;
- hozirgi zamon jamiyatida tadqiqotlarda inson omilini qo’yilishi va inson ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan masalalarni yechishga bag’ishlangan amaliy mashg’ulotlarda aqliy xujum, guruhli fikrlash, “ish o’yini” va boshqa pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi;
«Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarning metodologiyasi, metodikasi va texnikasi’’ fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni.
«Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarning metodologiyasi, metodikasi va texnikasi’’ fani bo’yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o’tkaziladi:
joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg’ulotlarda og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin;
oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda bir marta o’tkaziladi va shakli (yozma, og’zaki, tyest va hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin