Ijtimoiy ishdagi tadqiqot natijalarini tushuntirish tamoyillari Ijtimoiy ishdagi tadqiqot natijalarini tushuntirish tamoyillari: tadqiqot vazifalari bilan oldindan belgilash; tadqiqotning kontseptual va operatsional modeli doirasidagi “ish”, tadqiqot muammosi bilan aloqa; tadqiqot ko’rsatkichlari va ularning o’zaro aloqasini talqin etish; tadqiqot muammosiga tegishli bo’lgan “tashqi” sifatiy va miqdoriy ma`lumotlarni jalb etish.
Tadqiqot natijalarini tushuntirish protseduralari. Indikatorlardan ko’rsatkichlarga o’tish. Indeks, shkalali baholashlar tuzish. Tiplarga ajratish. Muhimlik bo’yicha ajratish. Sabab bo’lmagan omillar (sabablar)ni ajratish.
Natijalarni tushuntirishda gipotezalardan foydalanish. Tadqiqot natijalarini baholash. Ma`lumotlar nisbati baholash shakli sifatida. Ichki nisbat. Tashki nisbat. Ko’rsatkichlar xolatining o’zaro aloqasini aniqlash. Istisno metodlari.
Ijtimoiy ishdagi tadqiqot qonunlar va ularning olingan ma`lumotlarni tushuntirishdagi o’rni. Ijtimoiy ishdagi tadqiqot nazariya darajasi va uning tarkibi. Maxsus Ijtimoiy ishdagi tadqiqot nazariyalar, olingan natijalarni interpretatsiya qilish va tushuntirishda ularning o’rni. Ma`lumotlarni tushuntirishda sotsiologning ta`siri.
Ijtimoiy ishdagi tadqiqot hisobot tayyorlash Hisobot tuzish mantig’i. Hisobot tuzishda induktsiya metodi - Ijtimoiy ishdagi tadqiqot ma`lumotlarni kursatkichlardan namoyon bo’lishi. Xususiylikdan umumiylikka o’tish tadqiqotning asosiy gipotezasiga javobni asoslash jarayoni sifatida.
X,isobot strukturasi. Tadqiq etilgan muammo dolzarbligining mazmuni va asosi. Tadqiqot maqsadi uning umumiy natijasi sifatida. Tadqiqot ob`ekta va predmeti tavsiflari. Tadqiqotning nazariy va metodik asoslari. Tadqiqot gipotezalariga javoblarni asoslash — hisobotning asosiy qismi. Tadqiqot natijasi bo’yicha umumiy xulosalar. Xisobotga ilovalar.
Tavsiyalarni tushunish. Tavsiyalar berishning maqsadi — muammolarni echish bo’yicha konkret va asosli o’lchash usulini taklif qilish. Tavsiyalar vazifalari - maqsadga erishiga yo’naltirilgan harakatlarni asoslash. Tavsiyalar variantlari. Nazariy va amaliy tavsiyalar. Tavsiyalar ishlab chiqishga qo’yiladigan talablar: tadqiqot muammosi bilan natijasini mos kelishi; konkretlilik, amalga oshirishlik, moddiy va tashkiliy ta`minlanganlik, realligi.