Tadqiqot natijalaridan amaliyotda foydalanish Ilmiy tadqiqotlarni hayotga kiritash tizimi. Ilmiy natijalarni joriy etishning og’zaki, yozma, targ’ibot, elektron usullari. Ijtimoiy ishdagi tadqiqot yakunlari bo’yicha fikr va tavsiyalar, ularning tuzilishi va mazmuni. Tavsiyalarni jamoa ishlariga joriy etish, ommaviy axborot vositalaridan foydalanish. Korxona, tashkil ot, muassasalar bo’yicha mos keladigan hujjatlar chikarish.
Amaliy mzshgulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar: Amaliy mashgulotlar fan bo’yicha bilimlarni kengaytirishni va chuqurlashtirishni talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga yo’naltirilgan, bilim qobiliyatlarini o’stirish, ma`ruzada bayon qilingan nazariy bilimlarni amaliy jihatdan mustag’kamlash maqsadida o’tkaziladi. Nazariy o’tilgan ma`ruza materiallari asosida amaliy mashg’ulotlar o’tkazish orqali bilimlarni mustahkamlash, talabalarda Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarni tashkil etish va uni o’tkazish bo’yicha ko’nikma va malakalar hosil qilishdan iborat.
Amaliy mashgulotlarni tashkil etish bo’yicha taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
Seminar mashgulotlarnni tashkil etish bo’yicha kursatma va tavsiyalar: Seminar mashgulotlari Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarning metodikasi va texnikasi fani bo’yicha bilimlarni kengaytirishni va chukurlashtirishni talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga yo’naltirilgan, bilim qobiliyatlarini o’stirish, ma`ruzada bayon qilingan nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi. Nazariy o’tilgan ma`ro’za materiallari asosida mushohada yuritish va kalokium o’tkazish orkali mustaxkamlash, talabalarda yangi pedagogik texnologiyalarga ko’nikmalar hosil qilish va boshqalardan iborat.
Seminar mashg’ulotlarda talabalar “Ijtimoiy ishdagi tadqiqot”, “texnika”, “tanlash”, “O’lchash”, “Ijtimoiy ishdagi tadqiqot taxdil” tushunchalari va Ijtimoiy ishdagi tadqiqot va uning bosqichlari, birlamchi ma`lumotlar yig’ish metodlari, Ijtimoiy ishdagi tadqiqot mag’lumot to’plashning qonuniyatlari, ma`lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish to’g’risidagi bilimlar shakllantiradi, tasavvurga ega bo’ladi va boshqa nazariy kismlari bilan chuqur tanishadilar.